Geno Petriashvili
Geno Petriashvili (gruzincha: გენო პეტრიაშვილი; tugʻ. 1994-yil 1-aprel, Gori, Gruziya) — gruziyalik erkin kurashchi, 125 kg gacha vazn toifasida, Gruziya terma jamoasi aʼzosi. Uch karra Jahon chempioni, ikki karra Yevropa chempioni, Jahon chempionatlari, Yevropa chempionatlari, Yevropa va Yozgi Olimpiada oʻyinlari gʻolibi.
Geno Petriashvili | |
---|---|
Geno Petriashvili 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | erkak |
Tavallud paytidagi ismi | gruzincha: გენო პეტრიაშვილი |
Fuqaroligi | Gruziya |
Tavallud sanasi |
1-aprel 1994-yil Gori, Gruziya |
Vazni | 125 kg gacha |
Sport | |
Qaysi sport | erkin kurash |
Faoliyati
tahrir1994-yilda Gori shahrida tugʻilgan. 2005-yil 19-avgustda Geno Petriashvili oʻgʻirlab ketilgan va 3 oy davomida asirlikda boʻlgan.
2013-yilda Jahon va Yevropa chempionatlarida bronza medallarini qoʻlga kiritgan. 2015-yilda Yevropa oʻyinlari va Jahon chempionatining bronza medali sovrindori boʻldi. 2016-yilda Yevropa chempioni boʻldi. 2016-yilda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) Yozgi Olimpiada oʻyinlarida bronza medali qoʻlga kiritgan. 2017-yilda Parijda (Fransiya) Jahon chempioni boʻldi. 2018-yilda Budapeshtda (Vengriya) boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida Geno final bahsida xitoylik kurashchi Deng Zhiweini magʻlub etib, ketma-ket ikkinchi yil Jahon chempionligini qoʻlga kiritdi[1].
2019-yilda Buxarestda (Ruminiya) boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida Geno turkiyalik chempion Taha Akgüldan keyin kumush medalni qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili Nur-Sultonda (Qozogʻiston) boʻlib oʻtgan Olimpiada oldidan Jahon chempionatida 125 kg gacha vazn toifasida Geno chempion sifatida oltin medalni qoʻlga kiritdi va Milliy olimpiya qoʻmitasiga olimpiya litsenziyasini oldi.
2020-yil fevral oyida Italiya poytaxtida boʻlib oʻtgan qitʼa chempionatida 125 kilogramm gacha vazn toifasida Geno chempionlik uchun kurashda polshalik sportchi Robert Baranni magʻlub etib, Yevropa chempionatining oltin medalini qoʻlga kiritdi.
2021-yilda Osloda (Norvegiya) boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida 125 kg gacha vazn toifasida Jahon chempionatining kumush medali sovrindori boʻldi. Finalda u eronlik kurashchi Amir Hossein Zarega yutqazdi[2].
Manbalar
tahrir- ↑ https://www.iat.uni-leipzig.de/datenbanken/dbwrestling/daten.php?spid=72AEF9B1121F42FD8A041549EE94C3A0
- ↑ Кавказский Узел. „Грузинский борец завоевал серебряную медаль чемпионата мира“. Кавказский Узел. 2021-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-oktyabr.