Taha Akgül (tugʻ. 1990-yil 22-noyabr, Sivas, Turkiya[1]) — turkiyalik erkin kurashchi, 125 kg gacha vazn toifasida, Turkiya terma jamoasi aʼzosi. Ikki karra Jahon chempioni, sakkiz karra Yevropa chempioni (2012, 2013, 2014, 2017, 2018, 2019, 2021, 2022) va 2015-yilgi Yevropa oʻyinlari chempioni. 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari chempioni va 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari bronza medali sovrindori.

Taha Akgül

Taha Akgül 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Fuqaroligi Turkiya bayrogʻi Turkiya
Tavallud sanasi 22-noyabr 1990-yil (1990-11-22) (34 yosh)
Sivas, Turkiya
Vazni 125 kg gacha
Sport
Qaysi sport erkin kurash

Faoliyati

tahrir

1990-yilda Sivasda tugʻilgan. Olimpiada chempioni, Jahon va Yevropa chempioni, 125 kg gacha vazn toifasida kurashayotgan turkiyalik erkin kurashchi. Karamandagi Karamanoglu Mehmetbey universitetida jismoniy tarbiya va sport tahsil oladi.

2003-yilda otasi va akasi ortidan kurash bilan shugʻullana boshlagan. 2012-yilda kurash boʻyicha Yasar Doʻgu nomidagi 40-xalqaro turnirda oltin medalni qoʻlga kiritdi. 2012-yilda Belgrad shahrida (Serbiya) oʻtkazilgan kurash boʻyicha Yevropa chempionatida Taha Akgul oʻz vazn toifasida chempion boʻldi. Endi u Abdulrashid Sadulaev bilan eng yaxshi faol kurashchi sanaladi[2].

2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga u yoʻllanma oldi. U 1/8 finalda rossiyalik Bilyal Makhovga imkoniyatni boy berib, chorak finalga chiqa olmadi. 2012-yilda Kuortane shahrida (Finlandiya) oʻtkazilgan kurash boʻyicha talabalar oʻrtasidagi Jahon chempionatida u oʻz vazn toifasida oltin medal sohibi boʻlgan.

2013-yilda Tbilisi shahrida (Gruziya) boʻlib oʻtgan Yevrop chempionatida Taha Akgul Yevropa chempionligini himoya qildi. 2013-yilda Budapesht shahrida (Vengriya) oʻtkazilgan kurash boʻyicha Jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi. 2014 va 2015-yillarda 125 kg gacha vazn toifasida Jahon chempioni boʻlgan. 2014-yili Turkiya kurash federatsiyasi tomonidan yilning eng yaxshi kurashchisi deb topilgan. U 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida finalda Komeil Ghasemini magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi[3].

2019-yilda Nur-Sultonda (Qozogʻiston) boʻlib oʻtgan Olimpiada oʻyinlari oldidan Jahon chempionatida 125 kg gacha vazn toifasida Taha kumush medalni qoʻlga kiritdi va oʻz milliy olimpiya qoʻmitasiga olimpiya litsenziyasini oldi.

2021-yilda Tokioda (Yaponiya) Yozgi Olimpiada oʻyinlarida u 1/8 finalda kanadalik Amar Dhesi bilan 5:0 hisobida gʻalaba qozondi. 1/4 finalda u oʻsib borayotgan ogʻir vaznli yulduz Gable Steveson bilan uchrashdi va unga 0:8 hisobida yutqazdi[1]. Oʻsha yili oktyabr oyida Osloda (Norvegiya) boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida 125 kg gacha vazn toifasida bronza medali sohibiga aylandi. Yarim finalda eronlik kurashchi Amir Hossein Zarega imkoniyatni boy berdi.

Manbalar

tahrir