Genrix Altshuller
Genrix Saulovich Altshuller (taxallusi Genrix Altov, 1926-yil 15-oktabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR – 1998-yil 24-sentabr, Petrozavodsk, Kareliya Respublikasi, Rossiya) – sovet fantastik yozuvchisi va ixtirochi, Ixtirochilik masalalrini yechish nazariyasi muallifi. Ixtirochilik muammolari rivojlanish nazariyalari texnik tizimlari hamda ijodiy shaxsni rivojlantirish nazariyasi muallifi[1].
Genrix Altshuller | |
---|---|
Tavalludi |
1926-yil 15-oktyabr Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
Vafoti |
1998-yil 24-sentyabr (71-yosh) Petrozavodsk, Rossiya |
Fuqaroligi | SSSR, Rossiya |
Kasbi | yozuvchi, ixtirochi |
Mukofotlari | Aleksandr Belyayev nomidagi adabiy mukofot |
Biografiyasi
tahrirGenrix Saulovich 1926-yil 15-oktyabrda Toshkent shahrida (SSSR, Oʻzbekiston) Saul Efimovich Altshuller va Rebeka Yulyevna Altshuller oilasida tavallud topgan. Genrix Saulovichning shaxsiy eslashlariga koʻra, uning ota-onasi Ozarbayjon telegraf agentligida uchrashgan va ular oʻrtasida muhabbat paydo boʻlgan. Ammo otasi allaqachon oila qurganligi sababli, diniy urf-odatlar uning yangi turmush qurishiga toʻsqinlik qilgan, shuning uchun yoshlar Toshkentga qochishga majbur boʻlishgan[2].
1928-yilda oilasi Bokuga (SSSR, Ozarbayjon) qaytib keldi, u yerda Rebekka Yulyevnaning qarindoshlari bilan yarashishdi. Altshuller Ketsxoveli koʻchasi, 113-uyda joylashgan xonadon egasidan ikki xonani ijaraga olgan. Bu hovlida Genrix doimiy ravishda shaxmat, velosport, rasm chizish yoki yangi bilimlarni oʻzlashtirish bilan shugʻullanardi. Keyin Geynrix oʻzining birinchi oqilona taklifini, yaʼni bayramlar vaqtida kerak boʻluvchi koʻchma hojatxonani taqdim etdi[3].
Genrix oʻrta maktabni aʼlo baholarga tamomladi. Ozarbayjon sanoat institutiga oʻqishga kirdi. 1944-yil fevral oyida neft mexanikasi fakultetining birinchi kursidan boshlab ixtiyoriy ravishda Sovet Armiyasi safiga qoʻshildi.
U bolaligimdan ixtirolar qilardi. Uning birinchi ixtirolari orasida raketa dvigatelli qayiq, oʻt oʻchiruvchi toʻpponcha va skafandr bor edi.
Genrix 1960-yillarning yetakchi rus ilmiy fantastika yozuvchilaridan biri. „Registra nauchno-fantasticheskix idey i situatsiy“ asari, ilmiy-fantastik ocherklar, shuningdek, J. Vern, H. Wellsning, A. Belyayev bashoratlari haqidagi esselar muallifi.
1990-yillardan boshlab ixtirochilik masalalarini yechish nazariyasini tan olish davri dunyoning eng yirik mamlakatlarida boshlandi. TRIZ AQShda jadallik bilan rivojlandi. Bunga AQSh, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda Altshuller kitoblarining nashr etilishi va shaxsiy kompyuterlar uchun intellektual dastur „Izobretayushaya mashina“ ning yaratilishi yordam berdi.
1990-yilda Genrix Saulovich va uning rafiqasi Valentina Juravlyova Bokudan Petrozavodskga koʻchib oʻtdilar[4].
Manbalar
tahrir- ↑ [https://trizway.com/info/gsa.html „АЛЬТШУЛЛЕР Генрих Саулович Source: https://trizway.com/info/gsa.html“]. Qaraldi: 2023-yil 26-noyabr.
- ↑ Игорь Вёрткин. „Альтшуллер Г.С. Жизнь человека 1-Ч-502, рассказанная им Игорю Верткину“. altshuller.ru. Официальный Фонд Г.С. Альтшуллера (автора ТРИЗ-РТВ-ТРТЛ) (1996). 2022-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-noyabr.
- ↑ „Генрих Альтшуллер“. Qaraldi: 2023-yil 26-noyabr.
- ↑ Михаил Кордонский. „Преобразователь человека в личность“. Мигдаль таймс. Клуб еврейского студента Международного Еврейского Общинного Центра "Мигдаль". 2022-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-noyabr.