Geofazoviy tahlil - kartografik maʼlumotlarni tahliliy uslublari GAT da anʼanaviy kartalardagi axborotni tahlil qilish uslublaridan deyarli farq qilmaydi. Ob’yektlarning miqdori parametrlarini oʻlchash va ularga matematik ishlov berish umumqabul qilingan hisoblanadi. Biroq hisob-kitoblar shunday tez oʻtkaziladiki, bu qisqa vaqt ichida taxminlar va gipotezalarning ulkan sonini tekshirish hamda ulardan eng toʻgʻri keladiganlarini tanlab olish imkoniyatini beradi.

Ob’yektlarning fazoviy joylashuvi ob’yektlarning va ularning atributivlarining joylashuvi, bogʻlanishi va boshqa geofazoviy oʻzaro munosabatlarini tahlil qilish operatsiyalari yordamida tadqiq qilinadi. Buferizastiyalashni, yaqinlik tahlilini, overley va tarmoq tahlilini, rayonlashtirishni va boshqalarni bunday operatsiyalar sarasiga kiritish mumkin. Sanab oʻtilgan operatsiyalarni kombinastiyalab, ancha murakkab fazoviy masalalarni yechish mumkin. Bu yogʻigaob’yektlarning fazoviy joylashuvini tahlil qilishning baʼzi eng qimmatli funksiyalarini batafsil koʻrib chiqishni eʼtiboringizga havola qilamiz, zero GAT da tavsifi axborotga ishlov berish funksiyalari (sortirovka, guruhlash, qiymatlarni qidirish, kalkulyastiya, statistika va boshq.) odatdagi MBBT da foydalaniladigan funksiyalarga oʻxshashdir. [1]

Manbalar

tahrir
  1. "Avtomobil yo‘llari va muhandislik kommunikasiyalari qurilish jarayonlarining dolzarb muammolari"
    Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
    https://t.me/Conference_november_2021
    Road_engineering_science