Georg von Hertling
Georg Fridrix Karl Freiherr von Xertling, 1914-yildan Count von Hertling, (1843-yil 31-avgust — 1919-yil 4-yanvar) katolik Markaz partiyasining nemis siyosatchisi edi. 1917-yil 1-noyabrdan 1918-yil 30-sentyabrgacha Bavariyaning tashqi ishlar vaziri va prezidend-vaziri, keyin Germaniya Reyxining kansleri va Prussiya vazir-prezidenti boʻlgan. U ikki lavozimni egallagan birinchi partiya aʼzosi boʻlgan siyosatchisi edi, qolganlarning hammasi partiyasiz edi.
Georg von Hertling (Count) | |
---|---|
nemischa: Georg Friedrich Karl Freiherr von Hertling | |
Germaniya Imperiyasi kansleri | |
Mansab davri 1-noyabr 1917-yil – 30-sentabr 1918-yil | |
Monarx | Wilhelm II |
Oʻtmishdoshi | Georg Michaelis |
Vorisi | Max von Baden |
Prussiya vazir-prezidenti | |
Mansab davri 1-noyabr 1917-yil – 30-sentabr 1918-yil | |
Monarx | Wilhelm II |
Oʻtmishdoshi | Georg Michaelis |
Vorisi | Max von Baden |
Bavariya vazir-prezidenti | |
Mansab davri 9-fevral 1912-yil – 3-otabr 1917-yil | |
Monarx |
Otto Ludwig III |
Oʻtmishdoshi | Clemens von Podewils-Dürniz |
Vorisi | Otto von Dandl |
Bavariya Tashqi ishlar vaziri | |
Mansab davri 1912-yil – 1917-yil | |
Monarx |
Otto Ludwig III |
Oʻtmishdoshi | Clemens von Podewils-Dürniz |
Vorisi | Otto von Dandl |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Georg Friedrich Freiherr von Hertling 31-avgust 1843-yil Darmstadt, Gessen knyazligi, Germaniya konfedratsiyasi |
Vafoti |
4-yanvar 1919-yil (75 yoshda) Ruhpolding, Bavariya xalq davlati, Veymar Respublikasi |
Millati | nemis |
Siyosiy partiyasi | Markaz |
Turmush oʻrtogʻi |
Anna Freiin von Biegeleben (turm. 1845) |
Bolalari |
oʻgʻli:1 qizi:4 |
Onasi | Antonie Georgine von Guaita |
Otasi | Jakob Maximilian von Hertling |
Qarindoshlari |
Bettina fon Arnim (amakisi) Klemens Brentanoning (amakisi) Gila fon Vaytershauzen (Aktrisa, 1944-yil tugʻ.— uning chevarasi) |
Taʼlim | Myunxen Universiteti |
Dini | katolik |
Imzosi | |
Janglar | Birinchi jahon urushi |
Hertlingning katolikligi uning ilmiy va siyosiy hayotida muhim rol oʻynadi. U Markaz partiyasining konservativ qanotiga mansub edi va hukumatni imperatorga emas, balki parlament boʻyinsundirish harakatlariga qarshilik koʻrsatdi. Bu esa birinchi jahon urushining soʻnggi oylarida uning hukumatini agʻdarishga sabab boʻldi.
Taʼlim va faoliyati
tahrirHertling Gessen Buyuk Gertsogligining katolik xizmatchilari oilasida tugʻilgan. Uning otasi Darmshtadtda, Hessian sud maslahatchisi boʻlib ishlovchi Yakob Freyxer fon Xertling, onasi esa Antonie edi.
Onasi orqali olgan diniy taʼlimi uni ruhoniy boʻlish haqida oʻylashga majbur qildi. U Lyudvig-Georgs-Gimnaziyasida oʻqigan[1]. Keyin Myunxen, Myunster va Berlinda falsafani oʻrganib, 1864-yilda doktorlik darajasini oldi.
U dars berish uchun 1867-yilda Bonnda universitet malakasini oshirdi, lekin katolik boʻlgani sababli faqat 1880-yilda dotsentlik unvonini oldi. Ushbu kechikish sababi Prussiyada hukumat va katolik cherkovi oʻrtasida boʻlib oʻtgan «Kulturkampf» (madaniyat kurashi) edi. Bu tajriba Hertlingning 1876-yilda katolik Germaniyasida ilm-fanni rivojlantirish boʻyicha ilmiy uyushmasi boʻlgan Gorres jamiyatiga asos solishida muhim rol oʻynadi. U 1919-yilda vafotiga qadar uning prezidenti boʻlib qoldi. Hertling 1882-yilda Myunxen universitetida toʻliq professor unvonini oldi. 1871-yilda Aristotel va 1880-yilda Albert Magnus haqida kitoblarni nashr etirdi.
Hertling katolik talabalar birodarlik harakatining pionerlaridan biri edi. U 1862-yilda Myunxendagi Katolik nemis talabalar birodarligi boʻlgan Aenaniyaga, keyinroq Bonndagi Arminia katolik talabalar uyushmasiga qoʻshildi. Uning 1863-yilda Frankfurtdagi katolik kongressidagi nutqida u din, ilm-fan va doʻstlikni talabalarning katolik birodarligining asosiy tamoyillari sifatida taqdim etdi. Bu esa Vyurtsburg federatsiyasiga asos solishi uchun katalizator boʻlib xizmat qildi. Bugungi kunda ushbu fediratsiya «Kartellverband» nomi ostida mavjud.
Gertling 1893-yildan 1911-yilgacha nemis xristian sanʼati jamiyatining prezidenti boʻlgan.
U davlat xizmatchilarining nufuzli oilasidan boʻlgan Anna Freiin fon Biegeleben (1845—1919) bilan turmush qurgan. Gertlinglarning bir oʻgʻli va besh qizi bor edi, ulardan biri yoshligida vafot etdi. Hertling romantik yozuvchi Bettina fon Arnim va shoir Klemens Brentanoning jiyani edi. Aktrisa Gila fon Vaytershauzen (1944-yilda tugʻilgan) — uning chevarasi edi.
Parlament aʼzosi va Bavariya vaziri-prezidenti
tahrir1875—1890 va 1896—1912-yillarda Gertling katolik Markaz partiyasi vakili sifatida Germaniya Reyxstagi aʼzosi boʻlgan. U oʻzini dastlab ijtimoiy-siyosiy masalalarga, keyin esa birinchi navbatda tashqi va moliyaviy siyosatga bagʻishladi. 1909—1912-yillarda u nemis katolikligining asosan protestantlar va prussiya taʼsiri ostida boʻlgan milliy davlat bilan murosaga kelishi tarafdori boʻlgan Markaz parlament guruhining raisi boʻlgan. 1891-yilda Bavariya shahzodasi Regent Luitpold uni Reyxsrat, Kammer der Reichsräte, Bavariya Landtagining yuqori palatasi yoki parlamentining umrbod aʼzosi qilib tayinladi[2].
1912-yil 9-fevralda shaxzoda regent Hertlingni Bavariya davlat vazirligining raisi va Bavariya tashqi ishlar vaziri, yaʼni vazir-prezidenti etib tayinladi, oʻsha paytda sobiq regent, hozirgi qirol Lyudvig III ham uni graf etib tayinladi. Shtat parlamentidagi koʻpchilik partiya vakilining hukumat boshligʻi lavozimiga tayinlanishi birinchi voqea boʻlib, Bavariya parlamentarizatsiyasi boshlanganidan dalolat beradi. Oʻzidan oldingi liberal Klemens fon Podevils-Dyurnizdan farqli oʻlaroq, u ishonchli parlament bazasiga ega edi va oʻz kabinetini tuzdi.
Ijtimoiy masalalar siyosatdagi eng dolzarb muammolardan biri boʻlib, 1913-yilda Bavariya hukumati ishsizlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash rejalarini ishlab chiqdi, ammo ular yuqori palatada muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Natijada, 1914-yil boshida Bavariya boʻylab namoyishlar boʻlib oʻtdi.
1914-yil iyun oyida Avstriya taxti vorisi ertsgertsog Frans Ferdinand Sarayevoda oʻldirilganidan soʻng, 15-iyulda boʻlib oʻtgan Bavariya Vazirlar Kengashi yigʻilishida Bolqondagi vaziyat muhokama qilinmadi. Vyurtemberg vazir-prezidenti Karl fon Vaytszeker kichik federal yerlar uchun umumiy pozitsiyani ishlab chiqish uchun Bundesrat qoʻmitasini chaqirishni taklif qilganida, Myunxen buni rad etdi.
Birinchi jahon urushi davrida Hertling mustaqil Reyx kansleri Betman Xollveg siyosatini qoʻllab-quvvatladi. Oldenburg Buyuk Gertsogi Fridrix Avgust II Germaniyaning urushdagi taxminiy gʻalabasidan soʻng chet el hududini qoʻshib olishni istaganlarning vakili sifatida Germaniya knyazlari nomidan, 1915-yil mart oyida Bavariya qiroli Lyudvig III ga imperator Vilgelm II dan Betman Xollvegning ishdan boʻshatilishi talab qilishni taklif qildi. Gʻalabadan keyin Bavariyani kattalashtirmoqchi boʻlgan qirol bu talabni bajarmadi, chunki Xertling ushbu talabni amalga oshishini oldini olishga muvaffaq boʻldi.
Urush paytida oziq-ovqat taqchilligi sababli fermerlar va shahar aholisi oʻrtasidagi shiddatli mojaro sababli, Bavariya parlamentidagi partiyalar oʻrtasida ham nizo yuzaga keldi va 1916-yil dekabr oyida vazirlarning barchasi isteʼfoga chiqishiga sabab boʻldi. Lekin Hertling vazir-prezidenti boʻlib qoldi. Bavariyaning ijtimoiy ahvoli tobora yomonlasha bordi.
1916-yil 31-avgustda Oliy Armiya qoʻmondonligi Erich Ludendorff va Pol fon Hindenburg tomonidan ishlab chiqilgan Hindenburg dasturini eʼlon qildi. Ushbu dastur iqtisodiy ishlab chiqarishni koʻpaytirish uchun keskin choralar koʻrishni talab qilardi. Imperator hokimiyatining ommaviy ravishda kuchayishi federal yerlarning siyosiy faoliyat qobiliyatining mos ravishda zaiflashishiga olib keldi.
1917-yil iyul oyida Betmann Xollveg hokimiyatdan chetlatilganidan keyin Hertling Reyx kansleri lavozimini egallashdan bosh tortdi. Betmanning vorisi Georg Michaelis muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan keyingina 74 yoshli va jismonan zaif Hertling[3]. 1917-yil 1-noyabrda Prussiyaning reyx kansleri va vazir-prezidenti lavozimlarini egalladi. U birlashtirilgan ikki lavozimni egallagan birinchi partiya siyosatchisi edi. Uning oʻtmishdoshlari davlat xizmatchilari yoki harbiy xizmatchilar boʻlgan. Avvaliga Michaelisning Prussiya vaziri lavozimini davom ettirishi rejalashtirilgan edi, biroq u parlamentda kerakli ovozlarga ega boʻla olmadi. Bavariyada Hertling oʻrnini Otto fon Dandl egalladi.
Germaniya kantsleri va Prussiya vaziri-prezidenti
tahrirHertling Markaz partiyasining oʻng qanotiga mansub boʻlib, u soʻlchilardan farqli oʻlaroq parlamentarizatsiyani rad etdi, yaʼni vazirlar imperator emas, balki parlament oldida mas’ul edi. U, shuningdek, bu holat federalizmga putur yetkazishi va Sotsial-demokratik partiyani (SDP) yanada kuchaytirishidan qoʻrqardi. Uning Reyx kansleriligida nemis davlatlarining alohida huquqlariga eʼtibor qaratishni istagan Markaz va soʻl-liberal Taraqqiyot Xalq Partiyasi ustunlik qildi[4]. Shunga qaramay, Hertling hukumati olib borgan dsiyosat Reyxni parlamentarizatsiya qilish yoʻlidagi muhim qadam boʻldi, chunki yangi kansler oʻz hukumat dasturini Reyxstagning koʻpchilik partiyalari bilan oldindan kelishib olishi kerak edi. Ushbu partiyalarning eng kattasi 35 % oʻringa ega SDP edi. Markaz partiyasi esa 16 % ga ega edi. Shunday qilib, Markaz partiyasiga „protoparlament boshqaruvi“ va SDP hamda soʻl liberallar bilan hamkorlik qilishga koʻnikish uchun vaqt berildi[5].
Vazirlar mahkamasiga ikki nafar faxriy parlamentariy Progressiv Xalq partiyasidan soʻl qanot liberali Fridrix fon Payer -vitse-kansler va Milliy liberal partiyadan Robert Fridberg -Prussiya bosh vaziri oʻrinbosari sifatida partiyalar bilan aloqa oʻrnatuvchi sifatida kiritildi. Hukumat tuzishni qiyinlashtirmaslik uchun sotsial-demokratlar chetda qoldirildi. Fridrix fon Payer SDP va hukumat oʻrtasidagi aloqa uchun mas’ul edi[6].
Hertlingning hokimiyat davrida parlamentarizatsiya va demokratlashtirish yoʻlida bir qator muhim qadamlar qoʻyildi, masalan, proporsional vakillik elementlari bilan birgalikdagi saylov islohoti. Biroq, umuman olganda, SDP undan norozi edi, chunki Oliy Armiya qoʻmondonligining taʼsiri kuchligicha qoldi va islohotlarning borishi sekin edi[7]. 1918-yil sentabr oyining oxiriga kelib, Hertling faqat siyosat oʻzgarishi bilan hukumatga kirishni istagan SDPning ishonchini yoʻqotdi. Bavariya va Baden hukumatlari ham Hertlingni izchil tinchlik siyosatini ishlab chiqish uchun toʻgʻri odam emas deb oʻylashdi. Taraqqiyot Xalq Partiyasi ham shunday fikrda edi, lekin koalitsiyani xavf ostiga qoʻyishni istamadi[8].
Harbiy vaziyatning yomonlashishini hisobga olgan holda, Partiyalararo qoʻmita partiyalari, shu jumladan Hertlingning Markaz partiyasi, Anneksiyalarni oʻz ichiga olmaydigan, shuningdek, reyxni parlamentarizatsiya qilish uchun ittifoqchilar bilan alohida tinchlik oʻrnatish uchun muzokaralar olib borishga chaqirdi. Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritish orqali hukumat Reyxstagning ishonchiga qaram boʻlishi kerak edi. Hertling bu talablarga qarshi turishga qaror qildi. 1918-yil 26-sentyabrda Bosh shtab boshliqlari tashqi ishlar vazirligining davlat kotibi Pol fon Hintsega umidsiz harbiy vaziyat toʻgʻrisida maʼlumot berishdi. Hintze yuqoridagi inqilob kontseptsiyasini ishlab chiqdi. 28-sentyabr kuni Oliy Armiya qoʻmondonligi ham hukumatdan kengroq bazani talab qildi — ehtimol ushbu magʻlubiyat uchun javobgarlikni demokratik partiyalar zimmasiga yuklash edi. Hertlingning chiqish yoʻli yoʻq edi. Uning kanslerligining tugashi 29-sentabr kuni Belgiyaning Spa shahridagi armiya bosh qarorgohida hal qilindi[9]. Hertling oʻrniga 3-oktabr kuni uning Baden shahzodasi Maksimilian keldi.
Georg fon Hertling uch oydan soʻng Bavariyada, oʻzining asrab olingan uyi Rupoldingda vafot etdi hamda u yerda dafn qilindi.
Orden va mukofotlar
tahrir- Bavariya Qirolligi:[10][11]
- „Bavariya Qirolligi oldidagi xizmatlari“ uchun ordeni kavaleri, 1898
- Avliyo Mixail Qirollik katta xoch ordeni, 1912
- Avliyo Yuber Qirollik ordeni ritsari
- Qirol Lyudviy xochi
- Baden: Birinchi Berthold ordeni Katta xochi, tilla tasma bilan[12]
- Brunsvik: Genrix Arslon ordeni Katta xochi[12]
- Hessenlar Buyuk knyazligi: Buyuk Filipp ordeni Katta xochi, toji bilan, with Crown[12]
- Lippe knyazligi: Harbiy xizmat xochi[11]
- Prussiya Qirolligi:[11][12]
- 1-darajali Qizil lochin ordeni kavaleri
- 2-darajali Qirollik Toji ordeni kavaleri, yulduzi bilan
- 2-darajali Temir xoch Iron Cross (1914), oq-qora tasmali
- Hohenzollern: 1-darajali Gogenzollernlar knyazlik xonodoni ordeni faxriy xochi[11]
- Saksoniya Qirolligi: Albert ordeni Katta xochi, oltin yulduz bilan[12]
- Vyurtemberg: Vyurtemberg Toj ordeni Katta xochi[12]
- Austriya-Vengriya:[13]
- Leopold Avstriya Imperiyasi ordeni Katta xochi, 1913; javohiri bilan, 1914
- Avliyo Stefan Vengriya Qirollik ordeni Katta xochi, 1917
- Vatikan:[12]
- Piya IX ordeni Katta xochi
- Avliyo Buyuk Gregoriy ordeni Katta xochi
Manbalar
tahrir- ↑ Becker, Winfried. Georg von Hertling 1843–1919. Jugend und Selbstfindung zwischen Romantik und Kulturkampf (olmoncha). Mainz: Matthias-Grünewald-Verlag, 1981 — 29-bet. ISBN 3-7867-0882-7.
- ↑ Löffler, Bernhard. Die Bayerische Kammer der Reichsräte von 1848 bis 1918. Grundlagen, Zusammensetzung, Politik. (= Schriftenreihe zur bayerischen Landesgeschichte. Band 108) (olmoncha). Munich: C.H. Beck, 1996 — 611-bet.
- ↑ Epstein, Klaus (1960). „Der Interfraktionelle Ausschuss und das Problem der Parlamentarisierung 1917–1918“. Historische Zeitschrift. 191-jild. 582-bet. doi:10.1524/hzhz.1960.191.jg.562.
{{cite magazine}}
: Unknown parameter|trans_title=
ignored (|trans-title=
suggested) (yordam) - ↑ Rauh, Manfred. Die Parlamentarisierung des Deutschen Reiches (olmoncha). Düsseldorf: Droste, 1977 — 383–384-bet.
- ↑ Rauh, p. 386.
- ↑ Rauh, pp. 401 & 405.
- ↑ Rauh, p. 423.
- ↑ Rauh, pp. 425-426.
- ↑ Neitzel, Sönke. Weltkrieg und Revolution. 1914–1918/19 (olmoncha). Berlin: be.bra-Verlag, 2008 — 150f-bet.
- ↑ „Königliche Orden“, Hof- und – Staatshandbuch des Königreichs Bayern (olmoncha), Munich: Druck and Verlag, 1914, 23, 32-bet
{{citation}}
: CS1 maint: unrecognized language () - ↑ 11,0 11,1 11,2 11,3 Handbuch über den Königlich Preußischen Hof und Staat (1918), Genealogy p. 61
- ↑ 12,0 12,1 12,2 12,3 12,4 12,5 12,6 „K. Staatsministerium des Königl. Hauses nd des Äußern“, Hof- und – Staatshandbuch des Königreichs Bayern (olmoncha), Munich: Druck and Verlag, 1914, 157-bet
{{citation}}
: CS1 maint: unrecognized language () - ↑ „Ritter-Orden“, Hof- und Staatshandbuch der Österreichisch-Ungarischen Monarchie, 1918, 56, 75-bet, qaraldi: 23-iyul 2020-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format ()