George Minot
George Minot (2-dekabr 1885 – 25-fevral 1950) — amerikalik patofiziolog va gematolog. Garvard universitetini tugatgan (1912), shu universitet professor (1928). Ilmiy ishlari har xil anemiyalarning kelib chiqishi va ularni davolashga oid. Pernitsioz anemiyani davolashda "jigar parhez"ni kashf qilgan. Nobel mukofoti laureati (1934; William Murphy va George Whipple bilan hamkorlikda).[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |