Georgiy Malenkov
Georgiy Maksimilianovich Malenkov (1901.26.12, Orenburg — 1988.14.1, Moskva) — davlat arbobi, general-leytenant (1943). Turkiston fronti siyosiy boshqarmasida xizmat qilgan (1920-1921). 1939-1946 va 1948-1953 yillarda KPSS MK kotibi. 1953—1955 yillarda SSSR Ministrlar Soveti raisi, 1955—1957 yillarda SSSR elektr stansiyalari vaziri. 1957-yilda Nikita Xrushchyovning siyosiy yoʻliga qarshi chiqqan (L. M. Kaganovich, Vyacheslav Molotov va boshqalar bilan birga). Iosif Stalinning yaqin safdoshlaridan, 1930—50 yillardagi ommaviy qatagʻonlarning faol tashkilotchilaridan biri.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |