Georgiy Polejayev
Georgiy Mixaylovich Polejayev (1900-yil 9-dekabr, Kirsanov, Tambov viloyati, Rossiya imperiyasi – 1986-yil, Perm, SSSR) – ukrain va sovet teatr arbobi, teatr va kino aktyori, rejissyor, oʻqituvchi. RSFSRda xizmat koʻrsatgan artist (1937). Ukraina SSR xalq artisti (1943)[1].
Georgiy Mixaylovich Polejayev | |
---|---|
Tavalludi |
9-dekabr 1900-yil |
Vafoti |
1986-yil RSFSR |
Fuqaroligi | Rossiya imperiyasi→ SSSR |
Kasbi | aktyor |
Hayoti
tahrirGeorgiy Mixaylovich Polejayev 1900-yil 9-dekabrda Rossiya imperiyasining Tambov viloyatida tugʻilgan[2].
1921–1925-yillarda teatr texnikumida va Moskvadagi oliy rejissyorlik kurslarida taʼlim olgan.
U Moskva Maly teatri sahnasida rollar oʻynagan. Georgiy Mixaylovich Polejayev 1927—1931-yillarda Ukrainaning Dnepropetrovsk, Xarkov, Makeyevka, Voroshilovgrad teatrlarida mehnat faoliyatini olib borgan. U 1931–1936-yillarda Qizil mash’al (Novosibirsk) teatrining aktyori va rejissyori boʻlgan.
1936–1937-yillarda Dnepropetrovsk musiqa va drama teatrida konsertlar bergan. 1937-yildan Kiyev Qizil Armiyasi KOVO teatri (hozirgi Lvovdagi Gʻarbiy Operativ Qoʻmondonligining drama teatri) aktyori, 1944–1948-yillarda Markaziy teatrning aktyori va direktori (Moskva) bo'lgan. Georgiy Polejayev 1950–1954-yillarda Grozniy rus teatrining bosh rejissyori boʻlgan. 1956–1958-yillarda Turkiston harbiy okrugi teatrida, 1958–1960-yillarda Shimoliy kuchlar guruhi teatrida ishlagan.
Georgiy Polejayev teatr va oʻqituvchilik faoliyatidan tashqari, filmlarda ham rol oʻynagan.
1937–1941-yillarda Kiyev teatr institutining aktyorlik kursiga rahbarlik qilgan. 1955–1958-yillarda esa Toshkent teatr institutida dars bergan[3]. 1943-yilda Ukraina SSR xalq artisti unvoniga sazovor boʻlgan.
1962-yildan Sverdlovsk teatr maktabining badiiy rahbari va oʻqituvchisi boʻlgan.
Georgiy Mixaylovich Polejayev 1986-yilda Permda vafot etgan.
Teatrdagi rollari
tahrir- Saten („Quyi chuqurlikda“ M.Gorkiy) (rus tilida: На дне),
- Polejayev („Betoqat qarilik“, L.Raxmanov) (rus tilida: Беспокойная старость),
- Korchagin („Poʻlat qanday qattiqlashgan“, N.Ostrovskiy) (rus tilida: Как закалялась сталь),
- Suvorov („Komandir Suvorov“, Baxterev) (rus tilida: Полководец Суворов).
Filmlardagi rollari
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Митці України. Енциклопедичний довідник (за редакцією А. В. Кудрицького). — К.: УЕ ім. М. П. Бажана, 1992. — с. 467(ukr.)
Manbalar
tahrir- ↑ „Москва и москвичи Александра Тимофеичева (Александрова). Часть II. Список людей, вошедших в проект (К-П)“. www.fabulae.ru. Qaraldi: 18-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Георгий Полежаев“. www.kinorium.com. Qaraldi: 17-noyabr 2023-yil.
- ↑ „ГЕОРГИЙ ПОЛЕЖАЕВ“. www.kino-teatr.ru. Qaraldi: 17-noyabr 2023-yil.