Gibraltar boʻgʻozi
Gibraltar boʻgʻozi — Pirenei yarim orolning janubiy chekkasi (Yevropa) bilan Afrikaning shim.-gʻarbiy uchi oʻrtasidagi boʻgʻoz. Atlantika okeanini Oʻrta dengiz bilan birlashtirib turadi. Uzunligi 65 km, eni 14—44 km, chuq. 1181 m gacha, eng sayoz joyi farvaterida 53 m. Shim. da Gibraltar qoyasi, jan.da yunon afsonalariga koʻra, Gerakl (Gerkules) oʻrnatgan Gerkules ustunlari deb nomlanuvchi Jabal-Muso togʻi bor. Suvning ostki qismi (oʻrtacha temperaturasi 13,5°, shoʻrligi 33%o) Atlantika okeaniga, ustki qismi (oʻrtacha temperaturasi 17°, shoʻrligi 36%o) Oʻrta dengizga okadi. Gibraltar boʻgʻozi qulay geografik oʻrin egallaganligi uchun iqtisodiy va strategik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Shim.da Alxesiras va jan.da Tanjer porti bor. Gibraltar boʻgʻoziga kiraverishda Buyuk Britaniya mulki — Gibraltar joylashgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil