Giorgi Gaxariya
Giorgi Zaurovich Gaxariya (gruzincha: გიორგი ზაურის ძე გახარია) — Gruziya davlat va siyosat arbobi. Avvalroq u 2019-yil 9-sentyabrdan[1] 2021-yil 18-fevralgacha[2] Gruziya Bosh vaziri, Gruziya Ichki ishlar vaziri va Bosh vazir o‘rinbosari (2017-2019), Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri (2016-2017) bo‘lgan.
Giorgi Zaurovich Gaxariya | |
---|---|
გიორგი ზაურის ძე გახარია | |
14-Gruziya Bosh vaziri | |
Mansab davri 2019-yil 9-sentyabr – 2021-yil 18-fevral | |
Prezident | Salome Zurabishvili |
Oʻtmishdoshi | Mamuka Baxtadze |
Vorisi | Mayya Tskitishvili (v.b.) |
Gruziya Ichki ishlar vaziri | |
Mansab davri 2017-yil 13-noyabr – 2019-yil 9-sentyabr | |
Bosh vazir |
Giorgi Kvirikashvili Mamuka Baxtadze |
Oʻtmishdoshi | Giorgi Mgebrishvili |
Vorisi | Vaxtang Gomelauri |
Gruziya Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri | |
Mansab davri 2016-yil 26-noyabr – 2017-yil 13-noyabr | |
Bosh vazir | Giorgi Kvirikashvili |
Oʻtmishdoshi | Dmitriy Kumsishvili |
Vorisi | Dmitriy Kumsishvili |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
19-mart, 1975-yil Tbilisi, Gruziya SSR, SSSR |
Siyosiy partiyasi | Gruziya uchun (2021-yil may oyidan) |
Taʼlim |
1) Tbilisi Davlat universiteti (tarix fakulteti) 2) MDU (politologiya fakulteti, 2000) 3) MDU (biznes-maktab, 2004) |
Kasbi | tarixchi, politolog, tadbirkor, siyosatchi |
Kabinet | MDU |
Imzosi |
Biografiyasi
tahrirTaʼlim
tahrirGiorgi Gaxariya Tbilisi Davlat universitetining tarix fakultetini tamomlagan. 1994-2000-yillarda Moskva Davlat universitetida (siyosiy fanlar fakulteti, siyosatshunoslik magistri) tahsil olgan. 2002-2004 yillarda Moskva davlat universitetining Oliy biznes maktabida tahsil olgan.
Gruziya hukumatida ishlash
tahrirXususiy biznesda ishlagandan soʻng (SFK Groupda - Bosh direktor; Lufthansa Service Holding AGda - Sharqiy Yevropa, MDH va Rossiya boʻylab biznesni rivojlantirish boʻyicha direktor), 2013-yil mart oyida u Gruziya biznes-ombudsmanı etib tayinlandi. 2014-yil dekabr oyidan boshlab u Gruziya hukumati iqtisodiy kengashi kotibi lavozimini birlashtirdi. Giorgi Kvirikashvili bosh vazir boʻlgach, 2016-yilning noyabrida Giorgi Gaxariyani Iqtisodiyot vaziri lavozimiga oʻzining oʻrniga tayinlagan edi. 2017-yil 13-noyabrda Gaxariya Gruziya ichki ishlar vaziri etib tayinlandi. Gruziya bosh vaziri oʻrinbosari lavozimini ham egalladi.
2019-yil 3-sentyabrda Mamuka Baxtadze isteʼfoga chiqqanidan soʻng u Gruziya Bosh vaziri lavozimiga nomzod sifatida koʻrsatilgan[3]. 9-sentyabr, dushanba kuni u hukumat rahbari lavozimini egalladi. 2021-yil 18-fevralda Giorgi Gaxariya muxolifatchi siyosatchi Nikanor (Nika) Meliyani hibsga olish qarori yuzasidan partiyadoshlari bilan kelishmovchiliklar tufayli isteʼfoga chiqdi[4].
Oʻz partiyasini yaratish
tahrir2021-yilning may oyida u “Gruziya uchun” partiyasiga asos solgan va Tbilisi meri uchun saylovda ushbu partiyadan ishtirok etgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Президент Грузии подписала указ о назначении Гахарии премьером — Новости — Мир — Коммерсантъ“. 2019-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 11-sentyabr.
- ↑ „Георгий Гахария ушел в отставку“. 2021-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-fevral.
- ↑ „Кандидатом на пост премьера Грузии стал глава МВД Гахария — Новости — Мир — Коммерсантъ“. 2019-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-sentyabr.
- ↑ „Премьер Грузии объявил об отставке из-за ареста оппозиционного политика“. РБК (2021-yil 18-fevral). 2021-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-fevral.