Giorgio Chiellini

professional italiya futbolchisi

Giorgio Chiellini 14-avgust 1984-yil) Italiyalik sobiq professional futbolchi boʻlib, markaziy ximoyachi yoki chap qanot ximoyachi sifatida toʻp surgan. Oʻz davrining eng yaxshi himoyachilar biri sifatida tanilgan Chiellini oʻzining kuch-quvvat, hujumkorligi va futbolchilarni egallash, shuningdek, uch yoki toʻrt kishidan iborat himoya qilish qobiliyati bilan tanilgan[3][4]. U karyerasida ham chap himoyachi sifatida oʻynagan.

Giorgio Chiellini
Chiellini 2021-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Giorgio Chiellini[1]
Tavallud sanasi 14-avgust 1984-yil (1984-08-14) (40 yosh)
Tavallud joyi Pisa, Italy
Boʻyi 1.87 m[2]
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Los Angeles FC (murabbiy)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1990–2000 Livorno
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2000–2002 Livorno 8 (0)
2002–2004 Roma 0 (0)
2002–2004Livorno (loan) 47 (4)
2004–2022 Juventus 425 (27)
2004–2005Fiorentina 37 (3)
2022–2023 Los Angeles FC 31 (1)
Milliy terma jamoa
2000 Italy U15 8 (0)
2000–2001 Italy U16 12 (2)
2001 Italy U17 1 (0)
2002 Italy U18 6 (1)
2001–2003 Italy U19 18 (1)
2004–2007 Italy U21 26 (6)
2004 Italy Olympic 2 (0)
2004–2022 Italy 117 (8)
Boshqargan klublari
2024– Los Angeles FC (murabbiy)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klub safida Professional futbolchi sifatida Chiellini 2000-yilda Livorno safida karyerasini boshladi, keyinchalik Fiorentina uchun ham ijara asosida toʻp surdi. 2005-yilda Juventus safiga oʻtganidan soʻng, u 2012-yildan 2020-yilgacha klub bilan jami toʻqqizta Serie A titulini, shuningdek, beshta Coppa Italia va beshta Supercoppa Italiana trofeyasini qoʻlga kiritdi. Chiellini besh marta Serie A yil jamoasiga kiritilgan va 2008 - 2010-yillar oʻrtasida uch marta ketma-ket eng yaxshi ximoyachi sifatida tanilgan[5][6][7][8]. 2022-yilda Los-Anjeles FCga qoʻshilish uchun u Qoʻshma Shtatlarga ketib, birinchi mavsum Supporters' Shield va MLS kubokini qoʻlga kiritdi.

Xalqaro safdagi debyutini Italiya safida 2004-yil qiladi, Chiellini 2004-yilgi Yozgi Olimpia Oʻyinlariga milliy terma jamoa safiga qoʻshib olinadi va bronza medal sohibiga aylanadi. U shuningdek 4 ta UEFA Yevropa Chempionatida Italya safida toʻp suradi, ikta FIFA Jahon chempionatida va ikkita FIFA Konferensional kubogida Italiya uchun oʻynaydi. U UEFA Evro-2020 chempioni sardori boʻlgan, shuningdek, Evro-2012 finaliga chiqqan va 2013-yilgi Konfederatsiyalar kubogida uchinchi oʻrinni egallagan jamoalarning bir qismi edi. Chiellini 2022-yilda 117 oʻyin oʻtkazib, terma jamoadagi faoliyatini yakunladi va u Italiya terma jamoasining eng koʻp oʻyin oʻtkazgan beshinchi oʻyinchisiga aylandi.

Jamoadagi faoliyati

tahrir

Livorno

tahrir

Kyellini olti yoshida Livornodagi yoshlar jamoalariga qoʻshildi va markaziy yarim himoyachi sifatida ish boshladi. Voyaga etganida, u qanot himoyachisi sifatida oʻynashga oʻtdi va nihoyat u chap qanot himoyachisi sifatida oʻz oʻrnini topdi. U 1990-yildan 2000-yilgacha klubning yoshlar akademiyasida oʻynagan. 2000-yilda u Torneo di Arkoda „Milan“ning U-17 jamoasida oʻyinchi sifatida ishtirok etgan; Yoshlar murabbiyi Davide Ballardini qoniqarli deb baholaganiga qaramay, unga doimiy ravishda jamoaga qoʻshilish taklifi tushmadi. 2000/2001 seriya C1 mavsumida Kyellini kattalar jamoasiga birinchi chaqiruvlarni qabul qila boshladi va oxir-oqibat uchta oʻyinda maydonga tushdi va keyingi mavsumda yana beshta oʻyinda maydonga tushdi.

2002-yil iyun oyida Kyellini 3,1 million yevro evaziga „Roma“ bilan birgalikda egalik qilish shartnomasini imzoladi (bunda Marko Ameliya ham 2,8 million yevro evaziga qarama-qarshi yoʻnalishda harakat qilgan); Biroq, u koʻtarilganidan soʻng, 2002/2003-yil B Seriya mavsumi uchun Livornoga ijaraga berildi. B seriyadagi birinchi mavsumida Kyellini oltita mavsumiy oʻyinda maydonga tushdi va Italiya kubogida debyut qildi. B seriyaning ikkinchi mavsumida Kyellini klub uchun asosiy tarkibga kirdi va 42 ta rasmiy oʻyinda maydonga tushdi va chap qanot himoyachisidan 4 ta gol urdi.

2004 yilning iyun oyida Livorno jamoasi Chiellinini 3 million evroga sotib oldi[9]. Chiellini klubda birinchi tarkibda toʻrtta mavsum davomida jami 57 ta oʻyin oʻtkazdi va „Yuventus“ga oʻtishdan oldin 4 ta gol urdi.

Fiorentina

tahrir

Chiellini 2004-yil yozida Livorno-dan 6,5 million evroga Juventus bilan shartnoma imzoladi, lekin kutilmaganda 3,5 million evro evaziga Fiorentina jamoasiga sotildi va 2004-2005-yilgi Serie A mavsumida Florentin jamoasi safida oʻynadi[10]. Ushbu murakkab bitimda Juventus Roma oʻrtasida 3 million evroga, Fiorentina esa Livorno oʻrtasida 3,5 million evroga sotib olgan. Chiellini klub bilan ijara mavsumida klubning asosiy tarkibida doimiy ishtirok etdi va 42 ta rasmiy oʻyin oʻtkazdi.

Juventus

tahrir

2005-2011: dastlabki yillar, Kalciopoli va kurashlar

tahrir
 
2009-yilda Chiellini „Juventus“ safida

Seriya A-da birinchi mavsumida yaxshi oʻynaganidan soʻng, Chiellini 2005-06 mavsum oʻz nomini qaytardi va Juventus uning shartnomasining qolgan qismi uchun 4,3 million evro toʻladi. U Fabio Capello boshchiligida asosiy tarkib oʻyinchisi boʻlib toʻp surdi, klub bilan birinchi mavsumida 23 ta oʻyin oʻtkazdi va Juventusga 29-skudettoga yordam berdi (keyinchlik 2006-yilgi „Calciopoli“ skandalida Inter bilan shartnoma imzoladi).

 
Chiellini (oʻrta), 2016-yilgi Coppa Italia finalida Juventusning kapitanidir, Italiya Respublikasi Prezidenti Sergio Mattarella tomonidan trofeyani oladi (oʻng).
 
Chiellini 2021-yilda Juventus bilan

Manbalar

tahrir
  1. „2014 FIFA World Cup Brazil: List of Players: Italy“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (2014-yil 14-iyul). 2019-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Giorgio Chiellini“. Juventus F.C.. 2018-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-iyun.
  3. Gregor MacGregor. „The 11 best defenders in the world“. FourFourTwo (2015-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 12-may.
  4. „Best Italian Defenders of all time“. SportMob (2021-yil 20-yanvar). 2020-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-may.
  5. „"Oscar Del Calcio AIC 2010" Italian Football Awards“. Qaraldi: 2015-yil 5-mart.
  6. „Oscar del calcio: Vidal e Pirlo sono il top. La Juve è la più forte d'Italia“ (it). Tuttosport (2014-yil 27-yanvar). 2015-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-iyun.
  7. „Oscar del Calcio, dominio Juve. Buffon: "Donnarumma ha doti da grande"“ (it). La Gazzetta dello Sport (2015-yil 14-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 14-dekabr.
  8. „Gran Galà del calcio, la Juventus fa incetta di premi“ (it). Il Corriere della Sera (2017-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 31-yanvar.
  9. „Approvazione Situazione Mensile al 31 maggio 2004“ (it). AS Roma (2004-yil 30-iyun). 2011-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 23-sentyabr.
  10. „Reports and Financial Statements at 30 June 2004“. Juventus FC (2004-yil 26-oktyabr). Qaraldi: 2012-yil 28-noyabr.

Havolalar

tahrir