Tomioka Giyu (yaponcha: 冨岡 義勇, Tomioka Giyū) Koyoharu Gotouge tomonidan yaratilgan „Demon Slayer: Kimetsu no Yaiba“ anime va manga seriyasining asosiy ikkinchi darajali qahramoni hisoblanadi. Seriya boshida, oʻrmonda sodir etilgan qotillikni oʻrganish uchun yuborilgan Tomioka oʻrmonda demon borligini payqaydi va uni oʻldirish uchun shoshiladi. Shunda u animening bosh qahramoni Tanjirou Kamadoni uchratadi. Avvaliga demonni oʻldirishga qaror qilgan Tomioka birozdan soʻng demondagi insoniy hislatlarni koʻrib Tanjirou va Nezukoga tegmaydi va ularni oʻzining ustozi Sakonji Urokodakining oldiga yuboradi. Avvaliga boshqalarga befarq va ayrim hollarda jahldor koʻringan Tomiokani seriya davomida oʻziga qadrdon insonlar uchun nimlarga tayyorligini ilgʻash qiyin emas. Manganing soʻngida uchinchi darajali yuqori Kizuki Akaza bilan boʻlib oʻtgan shiddatli jangdan soʻng u demon;ar qiroli Muzan Kibutsuji bilan ham toʻqnash keladi va bir qoʻlidan ayriladi. Biroq vafot etmaydi.[1]

  1. „https://hero.fandom.com/wiki/Giyu_Tomioka“.