Nezuko Kamado
Nezuko Kamado (yaponcha: 竈門 禰豆子 ) — Koyoharu Gotugening „Demon Slayer: Kimetsu no Yaiba“ mangasidagi xayoliy qahramon. Nezuko va uning katta akasi Tanjiro Kamado butun oilasini demonlar sabab yoʻqotadi, ammo Nezuko hayratlanarli darajada insoniy his-tuygʻular va fikrlash belgilarini oʻzida saqlab qolgan demonga aylanadi va u Tanjironing yagona omon qolgan oila aʼzosi boʻladi. Tanjiro demonlar qotili Giyu Tomioka bilan uchrashgandan soʻng, singlisining yana odamga aylanishi va oilasining oʻlimi uchun qasos olish maqsadida oʻz izlanishlarini boshlaydi.
Nezuko personaji demonga aylangani sabab Tanjironi yanada innovatsion qahramonga aylantirish uchun yaratilgan. Nezukoga dastlabki tanqidiy munosabat ijobiy boʻlgan, qahramonning hikoyada demonga aylanishi deyarli barchani hayajonga soladi, shuningdek, uning serialdagi jang qilish sahnalari tomoshabinlarda koʻproq qiziqishni uygʻotadi. Nezuko „Weekly Playboy“ jurnalining sonida paydo boʻlgan hamda „Demon Slayer“ muxlislari orasida mashhur qahramonga aylangan.
Yaratilishi
tahrirNezukoning personaji manga yozuvchisi Koyoharu Gotouge tomonidan bosh qahramon Tanjiro Kamadoni yanada noyob boʻlishi uchun yaratilgan. Nezuko demon boʻlganligi sababli, Tanjiro oʻzi duch keladigan demonlardan nafratlana olmaydi va ularning demon boʻlishiga achinarli sabablarining guvohi boʻladi. Muallifning muharriri va boshqa hissa qoʻshuvchilarning taʼkidlashicha, bu holat mangada oʻquvchilarni osongina jalb qiladigan oʻzgacha hikoyalar paydo boʻlishiga olib kelgan[1].
Anime „Kamado Tanjiro no Uta“ deb nomlangan saundtrekdan foydalanadi. Qoʻshiqda umidsizlikka choʻkmagan va singlisini himoya qilish uchun kurashayotgan Tanjironing qatʼiyati ifodalangan[2].
Nezukoning yapon ovozli aktyori Akari Kitō Tanjironing ovozli aktyori Natsuki Hanae katta akasidek uni studiyada qoʻllab-quvvatlashini, agar Akari ovoz yozib olishda qiynalayotgan qismlar boʻlsa, Hanae oʻzining ishlari tugagan boʻlsada uni kutib turishini aytgan. Hanaening aytishicha, u ham Kitoni singlisidek koʻradi[3]. Ingliz tilidagi dublyajchi Ebbi Trott Nezukoni „aka-ukalarining yoqimtoy, gʻamxoʻr opasi“ deya taʼriflagan, hatto u jinga aylanganda ham janglarda akasiga yordam beradi. Nezuko tomonidan koʻrsatilgan bu mehribonlik Trott tomonidan oʻziga xos deb topilgan[4].
Koʻrinishlari
tahrirNezuko koʻmir sotuvchining qizi va Tanjironing demonga aylangan singlisi. Muzan Kibutsuji ularning barchasini oʻldirdim deb taxmin qilishiga qaramay, Nezuko demonga aylanib, hushini deyarli yoʻqotgan boʻladi. Nezuko Tanjironi oʻldirib qoʻymaslik uchun yetarlicha xotiralarini saqlab qoladi. Urokodakining ikki yillik gipnoz orqali davolashi tufayli Nezuko barcha odamlarni oʻz oilasi deb biladi va ularga tahdid soladigan har qanday demonga shafqatsizlarcha hujum qiladi. Nezuko inson goʻshtini isteʼmol qilish oʻrniga, uyqudan quvvat oladi. Oʻzini haddan tashqari urintirib qoʻysa, uzoq vaqtga hushini yoʻqotishga moyil boʻladi. Dastlab, u gapira olmaydi va hech kimni tishlab olmaslik uchun ogʻziga bambuk taqib oladi. Biroq keyingi qismlarda ogʻzidan bambuk olib tashlanadi va u 22-jildda nutq kuchiga ega boʻlib barcha hotiralarni eslay boshlaydi. Nezuko quyosh nuri taʼsirida omon qolish qobiliyatini rivojlantirmaguncha, Tanjiro uni yogʻoch qutida (Urokodakining sovgʻasi) olib yuradi. Muzanga qarshi soʻnggi jangda nihoyat Nezukoning ongi va insoniyligi tiklanadi.
Personaj Demon Slayer: Kimetsu no Yaiba — The Hinokami Chronicles videooʻyinida ham paydo boʻladi.[5]
Manbalar
tahrir- ↑ „The birth of "Demon Slayer: Kimetsu no Yaiba"“. Manga Plus. Shueisha. Qaraldi: 16-fevral 2020-yil.
- ↑ Toriko. „"Kamado Tanjiro no Uta" Review“ (yaponcha). Real Sound (4-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 8-noyabr 2021-yil.
- ↑ „「鬼滅の刃」とは?“. Natalie. Qaraldi: 16-fevral 2020-yil.
- ↑ „Press Release: Aniplex announces English cast for Demon Slayer“. ToonamiFaithful. Qaraldi: 6-oktabr 2021-yil.
- ↑ „Play Report #2“. Eagames. Qaraldi: 6-oktabr 2021-yil.