Glitseridlar, atsilglitserinlar — glitserin bilan organik yoki mineral kislotalarning murakkab efirlari. Molekuladagi kislota qoldigʻiga qarab mono-, di- va triglitseridlarga boʻlinadi. Glitseridlarda izomerlar mavjud boʻlib, bu ular tarkibiga kiruvchi qoldiqlarning joylashuviga bogʻliq. Anorganik kislotalar glitseridlaridan nitrat kislota triglitseridi — nitroglitserin katta ahamiyatga ega. Karbon kislotalarning glitseridlari oʻsimlik va hayvon yogʻlarining tarkibiy qismidir. Ular tegishli karbon kislotalarni glitserin bilan eterifikatsiyalab olinadi.

Stearin, olein, palmitin kislotalarning glitseridlari oziq-ovqat yogʻlarining emulgator va stabilizatori, turli kremlar, plastifikatorlar va surkov moylari, sovun olishda xom ashyo sifatida qoʻllanadi. Nitroglitserin shifobaxsh dori hamda portlovchi moddalar komponentidir.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil