Gogenbaden
Hohenbaden qal’asi (nemischa: Schloss Hohenbaden ) ― mahalliy aholi orasida Eski qal’a (nemischa: Altes Schloss ) Germaniyaning Baden-Württemberg yeridagi Baden-Baden shahrida joylashgan.
Tarixi
tahrirHohenbaden qal’asi Margrave Hermann II buyrugʻi bilan dengiz sathidan 410 metr balandlikdagi Buttert qoyalari ustida barpo qilingan. Qal’a oʻrta asrlardagi binolarning kanalizatsiya tizimiga ega boʻlgan eng qadimgi namunalaridan biri hisoblanadi. XI asrdan XVasrgacha Xohenbaden Zähringen sulolasidan Baden markgraflarining qarorgohi boʻlgan. Yangi qal’a qurilganidan soʻng, qarorgoh unga koʻchirilib, eski Xohenbaden qal’asi 1599-yilda yongʻin natijasida vayron boʻlgan.
1999-yili mashhur musiqachi Ryudiger Opperman ishtirokida qal’aning ritsarlar zalida shamol eol arfasi oʻrnatilgan. Hozirgi vaqtda qal’a xarobalari shaharning asosiy sayyohlik maskanlaridan biri hisoblanadi.