Granada shartnomasi
Granada shartnomasi — 1500-yil 11-noyabrda imzolangan aragonlik Ferdinand II va Fransiya qiroli Lyudovik XII oʻrtasida Neapol qirolligini boʻlib olishga oid maxfiy shartnoma[1].
Tarixi
tahrir1481-yilda Anju qiroli Karl IV vafotidan soʻng, Neapol qirolligiga qonuniy daʼvo 1483-yildan Lyudovik XI ga, soʻngra uning oʻgʻli fransiyalik Karl VIII ga oʻtdi. Karl 1494-1495-yillardagi Italiya urushida Neapolni nisbatan oson bosib olgan boʻlsa-da, Fransiyaga qaytganidan soʻng, aragonlik Ferdinand II tezda o'z qirolligi Neapolni qaytarib oldi. U buni qoʻshni Sitsiliya qirolligining hukmdori sifatida Janubiy Italiyada fransuz ekspansiyasini tahdid deb hisoblagan uzoq qarindoshi aragonlik Frederik koʻmagida qildi. 1496-yil sentabr oyida Neapol taxtiga Ferdinandning oʻrniga amakisi Frederik keldi.
Karl VIII 1498-yil aprelda vafot etdi va uning Neapol va Milan gersogligiga daʼvolari vorisi Lui(Lyudovik) XII tomonidan qabul qilindi. Italiyadagi fransuz askarlari tufayli yuzaga kelgan dushmanlik natijasida 1498-yil iyul oyida Lui Angliya bilan 1492-yilgi Etapol tinchlik shartnomasini yangiladi va Fransiyaning Burgundiya bilan chegaralarini tasdiqlovchi shartnomani imzoladi. Avgust oyida u aragonlik Ferdinand bilan Markoussis shartnomasini imzoladi. Garchi u ikki davlat oʻrtasidagi hal qilinmagan hududiy nizolarni ijobiy amalga oshirmagan boʻlsa-da, u ikki davlatning „Rim papasidan tashqari barcha dushmanlari umumiy boʻlishi“ haqida kelishib olishdi. 1499-yilda Milanni qoʻlga kiritgandan soʻng, Lui Fransiyaga qaytib keldi va aragonlik Ferdinand bilan Neapol qirolligini ikkiga boʻlish taklifi bilan muzokaralar boshladi.
Shunday qilib, Lui qimmat urushdan qochishga umid qildi. Shuningdek, Ferdinandning qarindoshi va uzoq muddatli ittifoqchisi Frederikga qarshi yordamini oldi. Shartnoma Lui tomonidan 10-oktabrda Chambordda, keyin esa Ferdinand tomonidan 11-noyabrda Granadada imzolangan. Garchi ikki tomon bu boʻlinishni maʼqullagan va Luini Neapol qiroli deb tan olgan Papa Aleksandr VI ga xabar bergan boʻlsalarda, bu sir ancha payt saqlanib qoldi.
Qoidalar
tahrirShartnoma shartlariga koʻra, Lui qirollikning shimoliy hududlarini, jumladan Abruzzo, Terra di Lavoro, Gaeta va Neapolning oʻzini qoʻlga kiritdi. Ferdinand janubiy hududlarni, xususan, Sitsiliya bilan bevosita tutashgan Kalabriyani, hozir Apuliyaning bir qismi boʻlgan Terra di Bari va Terra di Otrantoni oldi[2] (Xaritaga qarang).
Biroq, uchta tuman, Bazilikata, Prinsipato va Kapitanat hududlari o'zgarishsiz qoldi. Oldingi maʼmuriy tuzilishga asoslanib, Ferdinand birinchi ikkitasi Kalabriyaga tegishli, uchinchisi esa Apuliyaning bir qismi, shuning uchun o'zining nazorati doirasiga kiritishni xohlardi. Bu daʼvo fransuzlar tomonidan eʼtiroz bildirildi. Ulardan eng muhimi Kapitanat hududi edi. Asosan bu yer chorvachilik hududi boʻlib, uning soliqlari yoki dogana delle pecore Neapolitan davlati uchun asosiy daromad manbai boʻlgan[3].
Shartnoma Nikollo Makiavelli kabi zamondoshlari va zamonaviy tarixchilar tomonidan qattiq tanqid qilindi. Ular Ferdinand 1499-yilgi Markoussis shartnomasida betaraf qolishga rozi boʻlganligini taʼkidladilar. Ispaniya tomonni Neapolga taklif qilish va bu hududlarning taqsimlanishini aniq belgilamaslik faqat Lui zarariga olib kelishi mumkin edi[4].
Natija
tahrir1501-yilning yozida fransuzlar va ispanlar qirollikni tezda bosib olishdi. Ayniqsa Ferdinandning amakisi Frederikka omad kulib qoldi. U Kalabriyaga ispan kuchlari uni qoʻllab-quvvatlash uchun u yerda ekanligiga ishonch hosil qilgandan soʻng keldi. 24-iyulda fransuz armiyasi Kapuani egallab oldi. Bu yurishda shaharning katta qismi vayron qilingan, ayollar ommaviy zoʻrlangan va qullikka sotilgan, oʻlganlar soni esa 2000 dan 4000 gacha boʻlgan. ushbu harakatlar butun Italiyani hayratga soldi. Qarshilik kuchlari yengildi hamda oʻsha yilning avgust oyida Frederik Neapolni fransuzlarga topshirdi. Uning oʻzi esa Fransiyaga surgunga joʻnatilgan va u yerda 1504-yilda vafot etgan[5].
Ispaniya Otrantoni qamal qilish bilan mashgʻul boʻlganida, fransuzlar bahsli hududlarni nazorat ostiga olishdi va ularni topshirishdan bosh tortdilar. Muammoni muzokaralar yoʻli bilan hal qilishga urinishlar muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Qisman neapolitan zodagonlarining koʻpchiligi qirollikning har ikki qismida yerlarga ega boʻlib, yechim toʻgʻrisida kelisha olmadi. 1502-yil oxirida ikki tomon oʻrtasidagi kichik toʻqnashuvlar toʻliq miqyosdagi urushga olib keldi. 1503-yil oxiriga kelib, fransuzlar yana Neapoldan haydab chiqarildi va Ferdinand butun qirollikni oʻz nazoratiga oldi[6][7].
Shartnoma matni
tahrirManbalar
tahrir- ↑ https://books.google.co.uz/books?id=Plzdph3xt9MC&hl=es&redir_esc=y
- ↑ http://www.historyofwar.org/articles/treaty_granada_1500.html
- ↑ https://books.google.es/books?id=wa8LAAAAYAAJ&hl=ru
- ↑ https://archive.org/details/crnicasdelgran00rodruoft
- ↑ https://web.archive.org/web/20071209121554/http://www.dpz.es/ifc2/libros/2584/ebook2584.asp
- ↑ https://books.google.es/books?id=AjoVAAAAQAAJ
- ↑ https://books.google.es/books?id=wWEEAAAAQAAJ
Adabiyotlar
tahrir- Baumgartner, Frederic J. Louis XII. St Martin's Press, 1994. ISBN 0-312-12072-9.
- Bowd, Stephen. Renaissance Mass Murder: Civilians and Soldiers During the Italian Wars. OUP, 2018. ISBN 978-0198832614.
- Mallett, Michael; Shaw, Christine. The Italian Wars: 1494–1559. Pearson Education, 2012. ISBN 978-0-582-05758-6.
- Romane, Julian. The First and Second Italian Wars 1494-1504: Fearless Knights, Ruthless Princes and the Coming of Gunpowder Armies. Pen and Sword Military, 2020. ISBN 978-1526750518.