Nikolay Gribachyov
(Gribachyov Nikolay Matveevichdan yoʻnaltirildi)
Nikolay Matveevich Gribachyov [1910.6(19).12, Bryansk viloyati — 1992, Moskva] — rus yozuvchisi, jamoat arbobi. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941-45). "Shimoli-Gʻarb" (1935), "Urush yoʻllari boʻylab" (1945) sheʼriy toʻplamlari muallifi. "Gʻalaba"da bahor" (1948) dostonida, "Momaqaldiroqdan soʻng" (1952), "Aziz hamshaharlar" (1954), "Oʻy" (1955) sheʼriy va "Avgust oyi yulduzlari" (1958), "Tungi momaqaldiroq" (1964), "Mening daydi sevgim" (1967) nasriy toʻplamlarida zamondoshlarining mehnati va maʼnaviy goʻzalligi aks ettirilgan. "Amerika bilan yuzmayuz" (1959) asari xalqaro mavzuda. G.ning "Bahs" (1963) toʻplami adabiyotshunoslik masalalariga bagʻishlangan.
Nikolay Gribachyov | |
---|---|
Tavalludi | 6 (19) dekabr 1910 va 19-dekabr 1910 |
Vafoti | 10-mart 1992 |
Ijod qilgan tillari | Rus tili |
Fuqaroligi | SSSR |
Manbalar
tahrir- Dala kapalagi [Sheʼrlar, balladalar, dostonlar], T., 1980.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |