George Grosvenor Thomas (talaffuzi: Jorj Grosvenor Tomas; 1856, Sidney, Avstraliya – 1923, London, Buyuk Britaniya) – avstraliyalik va britaniyalik postimpressionist rassom, Shotlandiyadagi Glasgow Boys rassomchilik guruhi aʼzosi[1].

George Grosvenor Thomas
Tavalludi 1856-yil
Sidney, Avstraliya
Vafoti 1923-yil
London, Buyuk Britaniya
Sohasi rassomchilik (peyzaj)
Oqim postimpressionizm

Hayoti va ijodi

tahrir

Grosvenor Thomas 1856-yilda Sidneyda tugʻilgan[2][3]. Yoshligida rassom Angliyaga koʻchib oʻtadi. Rassom 1885—1886-yillarda Glazgoga tashrifidan soʻng, fransuz realistlarining Barbizon maktabi va postimpressionistlar tamoyillariga sodiq qolgan rassomlar guruhi Glasgow Boys aʼzolari bilan uchrashadi va shundan keyin rassomchilikkka qiziqib, rasm chizishni boshlaydi. Thomas akvarel va moyli boʻyoqlarda asosan peyzaj va natyurmortlarni chizgan[2]. Koro Kamil va Charles-François Daubignyning sanʼat asarlari rassomning ijodiga sezilarli darjada taʼsir koʻrsatgan.

Grosvenor Thomas qirollik sanʼat akademiyasida, Shotlandiya Qirollik akademiyasida va Shotlandiya qirollik akvarel rassomlari jamiyatida bir necha bor oʻz ishlariini namoyish etgan. Rassomning suratlari Myunxen va Drezdendagi koʻrgazmalarda oltin medallar bilan taqdirlangan.

1892-yildan Grosvenor Thomas Shotlandiya qirollik akvarel rassomlari jamiyatining aʼzosi. Londonda yashaganiga hamda koʻp marotaba sayohat qilganiga qaramay, Thomas badiiy doiralarda doimo Glasgow Boysning aʼzosi hisoblangan[2].

Grosvenor Thomas 1923-yilda Londonda vafot etgan[1].

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir