Grozdana Oluich
Grozdana Oluich (serbcha: Гроздана Олујић) — zamonaviy serb adabiyotining eng muhim namoyandalaridan biri, yozuvchi, tarjimon, tanqidchi, antolog. Romanlar, hikoyalar toʻplamlari, povestlar, bolalar va yoshlar uchun asarlar muallifi. Yarim asrdan ortiq adabiy faoliyati davomida Oluich Serbiya va Yugoslaviyaning eng nufuzli adabiy mukofotlari laureati va adabiy yutuqlari uchun Danebrog ordeni bilan taqdirlangan.
Grozdana Oluich | |
---|---|
Tavalludi |
30-avgust 1934-yil |
Vafoti |
16-mart 2019-yil (84 yoshda) Belgrad, Serbiya |
Kasbi |
|
Ijod qilgan tillari | Serbian[1] va Ingliz tili |
Fuqaroligi | Yugoslaviya qirolligi, Territory of the Military Commander in Serbia, Democratic Federal Yugoslavia, Federal People's Republic of Yugoslavia, Socialist Federal Republic of Yugoslavia, Federal Republic of Yugoslavia, Serbiya va Chernogoriya va Serbiya |
Alma mater | Belgrad universiteti filologiya fakulteti |
Biografiyasi
tahrirGrozdana Oluich 1934-yil 30-avgustda Serbiyaning Yerdevik qishlogʻida tugʻilgan va maktabni Bechey shahrida tugatgan. Belgrad universitetining falsafa fakultetida ingliz tili va adabiyoti boʻyicha magistrlik darajasini olgan. Shon-sharaf Grozdana Oluichga erta keldi. 1958-yil 24 yoshida ilk romani „Izlet u nebo“ ashr etilgan. Kitob bestsellerga aylangan, bir qancha Yevropa tillariga tarjima qilingan va Yugoslaviya Respublikasining eng yaxshi romani uchun Xalq maʼrifati mukofotiga sazovor boʻlgan. Roman sahnaga moslashtirilgan va 1962-yilda kitob asosida Yugoslaviya rejissyori Yovan Zivanovich „Chudna devojka“ („Ajoyib qiz“) melodramasini yaratgan[2].
60-yillarda nashr etilgan „Glasam za ljubav“, „Ne budi zaspale pse“ va „Divlje seme“ romanlari, Grozdana Oluichni Yugoslaviya adabiyotining yetakchi mualliflaridan biri sifatida tanitgan.
1985-yilda nashr etilgan „Africka ljubičica“ toʻplamidagi „Igra“ qisqa hikoyasi Arnsberg (Germaniya) xalqaro tanlovining bosh mukofotiga sazovor boʻlgan. Toʻplamdagi deyarli barcha hikoyalar xorijiy tillarga tarjima qilingan va butun dunyo boʻylab (Germaniya, AQSh, Ukraina, Rossiya, Isroil, Hindiston, Buyuk Britaniya, Fransiya va boshqalar) qisqa nasriy antologiyalariga kiritilgan. 2009-yilda yozuvchi „Glasovi u vetru“ romani bilan Serbiyaning asosiy adabiy mukofoti — NIN haftalik mukofoti laureati boʻlgan[3] .
Grozdana Oluich bolalar va yoshlar uchun bir qancha mashhur kitoblar muallifi. Uning qalamidan „Volshebnaya metla“ ertaklar toʻplami SSSRda 1985-yilda yuz ming nusxada nashr etilgan.
Ijodiga boʻlgan baholar
tahrir2010-yilda Tel-Avivda boʻlib oʻtgan „Mapping Boundaries, Identities and Contention: Twenty years after the fall of Yugoslavia“ simpoziumida isroillik tanqidchi va esseist Dina Katan Ben-Sion „Golosa na vetru“ romaniga: "Bundan buyon serb adabiyotining oʻziga xos „Yolgʻizlikning yuz yili“ bor deya taʼrif bergan[4][5].
Asarlari
tahrirRomanlar
tahrirHikoyalar toʻplamlari
tahrirBolalar va yoshlar uchun asarlar, ertaklar toʻplamlari
tahrirManbalar
tahrir- ↑ (unspecified title)
- ↑ „Čudna devojka“. www.filmovi.com. 2011-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-noyabr.
- ↑ „GROZDANI OLUJIĆ NINOVA NAGRADA“ (sr-RS). City Magazine - Besplatni magazin za urbani životni stil. 2019-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-noyabr.
- ↑ „Des voix dans le vent“ (fr). Gaia (2013-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 2-noyabr.
- ↑ Radmima Gorup. Grozdana Olujic, Glasovi u vetru. Journal of the North American Society for Serbian Studies, 2009, vol.23, No.1