Guansi-Chjuan muxtor rayoni
Guansi-chjuan muxtor rayoni — Xitoyning jan.dagi milliy maʼmuriy birlik. Sitszyan daryosi havzasida. 1958 yilda avvalgi Guansi provinsiyasi oʻrnidatashkil etilgan. Maydon 236 ming km2. Aholisi 46,7 mln.dan ziyod kishi (1998). Maʼmuriy markazi — Nannin sh.
Hududining katta qismi togʻ va tepaliklar. Koʻp qismining bal. 1000 m dan past. Eng baland joyi 2070 m. R-nning shimolida karst relyef shakllari koʻp uchraydi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi shimolida 6°, janubta 14°, iyulniki 24 — 28°. Tuprogi, asosan, laterit. Doim yashil oʻrmonlar bor. Subtropik va tropik oʻsimiklar oʻsadi.
Iqtisodiyotining yetakchi tarmoqi — qishloq xoʻjaligi R-n yer maydonining 11,5%i ishlanadi. Asosiy ekini — sholi (ekin mayd. 64%), shuningdek, batat, shakarqamish, yer yongʻoq, kunjut, indov, raps, tamaki, meva, choy, tung , kofe, paxta; ziravorlardan dolchin, arpabodiyon, muskat yongʻogʻi, zanjabil va b. yetishtiriladi. Ekinlardan yiliga 2 — 3 marta hosil olinadi. Chorvachilik yordamchi ahamiyatga ega; parrandachilik rivojlangan. Junszyan daryosi vodiysining yuqori qismida yogʻoch tayyorlanadi. Sanoatida koʻproq sholi oqlash, yogʻ, shakarqand, yogʻochsozlik, qogʻoz, toʻqimachilik tarmoqlari rivojlangan. Yer osti boyliklaridan qalay, marganes, qoʻrgʻoshin va pyx, toshkoʻmir qazib chiqariladi. Metallurgiya va mashinasozlik, kimyo korxonalari bor. Hunarmandchilik bilan ham shugʻullaniladi (Binyanda chinni ishlab chiqariladi). Eng katta sanoat markazi — Nannin va Lyuchjou. Sitszyan va uning irmoqlarida kema qatnaydi. Syanguy kanali orqali Yanszi daryosiga oʻtiladi. Rayon temir yoʻl orqali boshqa hududlar bilan bogʻlangan. Koʻplab oliy oʻquv yurtlari bor.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |