Gubskaya Vera Nikolayevna [1906.26.8 (8.9), Kerch - 1953.19.10, Toshkent] -balet artisti, baletmeyster, pedagog . Oʻzbekiston xalq artisti (1944). Toshkent rus opera va balet teatrida balet artisti (1930 - 35). 1939 - 42-yillar Navoiy teatrida baletmeyster va pedagog . 1943 — 48-yillar Muqimiy, Toshsovet nomidagi va Yangiyoʻl teatrlarida bosh baletmeyster. Tamaraxonim nomidagi Respublika balet maktabida oʻqituvchilik qilgan (1935 — 41). G. inson feʼl-atvori, his-tuygʻusi va fikrlarini mumtoz raqs harakatlari orqali ishonarli tasvirlay olgan. Eng yaxshi partiyalari: Raymonda ("Raymonda"), Kitri ("Don Kixot"), Zarema ("Boqchasaroy favvorasi"), Odetta — Odiliya ("Oqqush koʻli") va b. Oʻzbek va mumtoz raqs shakllarini uygʻunlashtiradigan "Bahor", "Quvonch", "Paxta" va b. xoreografik miniatyuralarni, shuningdek, "Gulandom" (Usta Olim Komilov, Tamaraxonim, I. Arbatov bilan hamkorliqda), "Uyqudagi goʻzal", "Baxt sohili" baletlarini, 20 dan ortiq musiqiy-dramatik spektakllar raqsini sahnaga qoʻygan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil