Gulchehra Navroʻzova
Gulchehra Neʼmatovna Navroʻzova — (1952-yil, 23-mart, Hisor tumani, Tojikiston SSR, SSSR) — taniqli oʻzbekistonlik faylasuf olima. Falsafa fanlari doktori (2002), professor (2010).
Gulchehra Navro’zova | |
---|---|
Tavalludi |
23.03.1952 Hisor, Tojikiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Millati | oʻzbek |
Sohasi | falsafa |
Ish joylari | Buxoro davlat universiteti |
Tarjimayi holi
tahrirGulchehra Navroʻzova Tojikistonning Hisor tumanida 1952-yil 23-martda tugʻilgan. Uning otasi Neʼmat Navroʻzov (1912-1958) Buxoro tumanidagi Talipoch qishlogʻida tugʻilgan boʻlib, koʻp yillar davomida Tojikistonda yashagan va faoliyat koʻrsatgan[1]. U 1969-yilda maktabni imtiyozli tugatib, Buxoro davlat pedagogika instituti (Buxoro davlat universiteti)ning Tarix-geografiya fakultetiga oʻqishga kirgan. 1974-yilda Buxoro davlat pedagogika institutining tarix-geografiya fakultetini tugatib, Buxoro shahridagi 14-maktabda oʻqituvchilik qilib boshlaydi. 1981-yildan Gulchehra Navroʻzova Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutiga ishga kirib, u yerda koʻp yillar davomida faoliyat koʻrsatdi.
Ilmiy faoliyati
tahrirOlima 1990-yilda nomzodlik disertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qiladi. Gulchehra Navroʻzova Naqshbandshunos olim sifatida tanilgan. Uning ushbu mavzuda 35 ta maqolalari respublika va xorijiy jurnallarda, 90 dan ortiq maqolalari esa respublika anjumanlarida chop etilgan. Olimaning 10 dan ortiq ilmiy risollari nashr etilgan. Gulchehra Navroʻzova Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq instituti bilan muntazam aloqada boʻlib, tadqiqot ishlarini olib boradi. Uning rahbarlarida koʻplab yoshlar tasavvuf taʼlimoti va tarixi, komil inson tarbiyasi kabi masalalarni oʻrganmoqdalar. U Buxoroda Ibrohim Moʻminov falsafiy oʻqishlarini oʻtkazish masalasini olib chiqdi va 2004-yil Buxoroda respublika miqiyosida „Ibrohim Moʻminov falsafiy oʻkinglari“ mavzusida anjuman boʻlib oʻtdi. 2002-yilda „Naqshbandiya tasavvufiy taʼlimoti va barkamol inson tarbiyasi“ mavzusida doktorlik disertatsiyasini himoya qilgan. U koʻplab risola, monografiya, oʻquv qoʻllanmalari va ilmiy maqolalar muallifi. Antik dunyo xalqaro akademiyasi aʼzosi (2004 yildan)[2].
Risolalari
tahrir- Navroʻzova G. Amir Kulol va Bahovuddin Naqshbandning tasavvufiy dunyoqarashlari. Buxoro. 1996.
- Navroʻzova G. Abduxoliq Gʻijduvoniy komil inson tarbiyasi haqida. Buxoro. 2000.
- Navroʻzova G. Naqshbandiya tasavvufiy taʼlimoti. Buxoro. 2003.
Manbalar
tahrirBu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |