Guljahon Jumanazarova
Guljahon Umirzoqovna Jumanazarova (1980-yil 21-dekabr, Baxmal tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, filologiya fanlari doktori, professor.
Guljahon Umirzoqovna Jumanazarova | |
---|---|
Tavalludi |
21-dekabr 1980-yil Baxmal tumani, Jizzax viloyati Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | filolog |
Sohasi | filologiya |
Taʼlimi | Jizzax davlat pedagogika instituti |
Ilmiy darajasi | filologiya fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Biografiyasi
tahrirGuljahon Jumanazarova 1980-yil 21-dekabr Baxmal tumanida tugʻilgan[1][2]. 1998—2004-yillarda Jizzax davlat pedagogika instituti oʻzbek tili va adabiyoti fakultetida bakalavr, 2004—2006-yillarda shu institutning oʻzbek tili yoʻnalishi boʻyicha magistratura, 2007—2009-yillarda oʻzbek tili yoʻnalishi boʻyicha aspiranturasida tahsil olgan. 2001—2004-yillarda ushbu institutning boshlangʻich taʼlim til va adabiyoti kafedrasi laboranti, 2005—2006-yillarda boshlangʻich taʼlim uslubiyati kafedrasi oʻqituvchisi, 2009—2010-yillarda kafedra katta oʻqituvchisi, 2010—2017-yillarda shu kafedra dotsenti vazifasini bajaruvchi, 2017—2018-yillarda boshlangʻich taʼlim metodikasi kafedrasi mudiri vazifasida ishlagan. 2018-yildan boshlangʻich taʼlim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri[1].
Ilmiy faoliyati
tahrir2008-yilda „Shirin bilan Shakar“ dostonining lugʻaviy va lingvopoetik xususiyatlari (Fozil Yoʻldosh oʻgʻli varianti asosida) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 2017-yilda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida „Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li dostonlari tilining lingvopoetikasi (leksik-semantik, lingvostilistik va lingvostatistik tahlil)“ mavzusida doktrorlik dissertatsiyasini himoya qilib, filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan[2]. 2019-yil 26-dekabrda dotsent ilmiy unvoni berilgan. 200 ta ilmiy ishlar, jumladan 10 ta tadqiqot-lug‘at, 3 ta izohli lug‘at, 1 ta elektron lug‘at, 12 ta monografiya 3 ta o‘quv qo‘llanma, 6 ta risola muallifi[1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.
- ↑ 2,0 2,1 „OLIMALAR KLUBI“.