Gulnora Bo‘rixodjayeva
Gulnora Boʻrixodjayeva Hulkarovna (ruscha:Гулнора Буриходжаева Хулкаровна) — tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent, akusher-genekolog, pedagok.[1]
Gulnora Boʻrixodjayeva Hulkarovna Гулнора Буриходжаева Хулкаровна | |
---|---|
Tavalludi |
7-iyul 1958-yil Toshkent |
Istiqomat joylari | Toshkent |
Fuqaroligi | O'zbekiston |
Millati | oʻzbek |
Sohasi | tibbiyot |
Ish joylari | Toshkent tibbiyot akademiyasi, Uchtepa tumanidagi 22-oilaviy poliklinika |
Institutlar | Toshkent tibbiyot akademiyasi |
Ilmiy unvoni | tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent |
Hayoti
tahrirBoʻrixodjayeva Gulnora Hulkarovna 1958-yili Toshkent shahrining „Ishchilar shaharchasi“da ziyolilar oilasida tugʻilgan. Gulnora Hulkarovna tumandagi 50-maktabni tamomlab, 1975-yili ToshMIga oʻqishga kiradi.[2]
Oilasi
tahrirOtasi — Jamolov Hulkar Moskvadagi „Aviatsiya“ institutini tugallab, 84-TAPOVICh zavodida uzoq yillar samarali mehnat qilgan, soʻngra esa Respublika kasaba uyushmalari qoʻmitasining raisi sifatida faoliyat yuritgan.
Onasi — Muyassar Jamolova Xorijiy tillar institutini tugatib, avval konservatoriyada, keyin Irrigatsiya va melioratsiya institutining xorijiy tillar kafedrasida mudira boʻlib ishlagan.[2]
Turmush oʻrtogʻi — Gʻulomjon Noʻmonovich ham ToshMIning jarrohlik faukltettini tamomlagan. Uzoq yillar „Boʻston“ sanatoriyasida, shuningdek, Respublika Narkologiya markazida hambosh shifokor boʻlib faoliyat yuritgan.
Katta oʻgʻli — Furqat Politexnika institutiti qoshidagi Malayziya universitetining „Menejment“ ixtisosligini tamomlab, hozirda Angliyaga qarashli kompaniyaning vakolatxonasida yetakchi mutaxassis sifatida faoliyat yuritadi.
Kichik oʻgʻli — Farhodjon Irrigatsiya va melioratsiya institutini „Iqtisod“ yoʻnalishi boʻyicha tugallagan. Hozirda qoʻshma korxonada import amaliyotlari boʻyicha mutaxassisdir.[2]
Mehnat faoliyati
tahrirBoʻrixodjayeva Gulnora Hulkarovna ToshMIni bitirgacha tumandagi -tibbiyot institutida oʻz mehnat faoliyatini yalabalarga saboq berishdan boshlaydi.[3] Olima koʻpillar Uchtepa tumanidagi 22-oilaviy poliklinika bosh shifokori sifatida ham ishladi.[1][2]
lmiy faoliyati
tahrirGulnora Hulkarovna ilm qilishni maqsad qiliadi va aspiranturaga kirib, „Ayollarda homiladorlik davrining asoratlari“ mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqladi. 1997—1998-yillarda esa Amerikaning yetakchi farmatsevt kompaniyasida ishchilarni oʻqitish boʻyicha trening-menejer sifatida faoliyat yuritadi.[2]