Gulnoza Odilova
Gulnoza Odilova (toʻliq ismi: Odilova Gulnoza Komiljonovna; Qarshi shahri, Oʻzbekiston SSR) – shoira va tarjimon[1], filologiya fanlari doktori[2], Toshkent Kimyo xalqaro universiteti professori, Oʻzbekiston Gastronomik turizmi assotsiatsiyasi raisi[3] va „Shuhrat“ medali sohibasi[4]. Xotin-qizlar uchun „Phd sari qadam“ loyihasi tashabbuskori[5]. Shuningdek, ilk pazandachilik ensiklopediyasi boʻlgan „Lazzatli Oʻzbekiston“ loyihasi koordinatori[6].
Gulnoza Odilova | |
---|---|
Tavalludi |
1984 Qarshi |
Istiqomat joylari |
Qarshi Toshkent |
Fuqaroligi |
Oʻzbekiston SSR Oʻzbekiston |
Millati | oʻzbek |
Sohasi | tarjimashunoslik |
Ish joylari |
2007-2013-yillar – Qarshi davlat universiteti 2013-2014-yillar -MirzoUlugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti 2014-2016-yillar– MirzoUlugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti 2016-yil – Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti 2019y–yil – Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti 2020–2021-yillar Toshkent Kimyo xalqaro universiteti |
Akademik rahbarlari | Raʼno Sayfullayeva |
Mashhur ishlari | „Lazzatli Oʻzbekiston“ |
Mukofotlari | |
Veb-sayt | https://kiut.academia.edu/GulnozaOdilova |
Biografiyasi
tahrir1984-yil Qarshi shahrida tugʻilgan. Qarshi shahridagi 3-sonli maktabda tahsil olgan. 2006-yil Qarshi davlat universiteti magistraturasi imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Diplom boʻyicha mutaxassisligi – tarjima nazariyasi va amaliyoti. 2011-yil 27 yoshida Qashqadaryo viloyatida eng yosh olima sifatida filologiya fanlari nomzodi boʻlgan[manba kerak].
Faoliyati
tahrirGulnoza Odilova 2018–2021-yillarda Wisconsin- Madison universitetining zamonaviy oʻzbek adabiyotida taom diskursi va ikki tillik poetik lugʻat yaratish mavzusida maʼruzalar oʻqigan. 2022-yil 11-noyabr kuni Malta davlat universitetida maʼruza oʻqigan[7]. U, shuningdek, „Oʻzbek va ingliz tillarining elektron poetik lugʻatini yaratish“ loyihasi oʻtkazilishi tashabbusi bilan chiqqan[8][9]. Gulnoza Odilova taomlar nomlanishi, atamalar masalasida ham kamchiliklar mavjud ekanligini va bu borada ishlar qilinishi kerakligini taʼkidlagan[10]. Tarjimon sifatida Mark Eduard Riz tomonidan ingliz tiliga oʻgirilgan „Oʻtkan kunlar“ romanini eʼtirof etib, avvalgi tarjimalardagi milliylikni ifodalovch vositalar qayta yaratilmaganligini tanqid qilgan[11].
Gulnoza Odilova 1 ta darslik, 2 ta monografiya, 1 ta oʻquv va 1 ta uslubiy qoʻllanma va 80 dan ortiq ilmiy maqolalarning muallifi[8][12].
Ijodi
tahrirGulnoza Odilovaning „Mitti shamchiroq“, „Koʻngil kengliklari“ sheʼr va tarjimalardan iborat toʻplamlari nashr etilgan[13][14].
Manbalar
tahrir- ↑ „Гулноза Одилова (1984)“ (ru-RU). www.ziyouz.uz (2015-yil 10-avgust). Qaraldi: 2024-yil 24-fevral.
- ↑ „Gulnoza Odilova. Alisher Navoiy g’azaliyoti Amerikada & Denise Provost. Twenty one Ghazals(of) Alisher Navoiy | Xurshid Davron kutubxonasi“. kh-davron.uz. Qaraldi: 2024-yil 24-fevral.
- ↑ „Одилова Гулноза Комилжоновна“ (en-US). Bridge of Friendship: International Online Forum of Tourism and Travel (IOFTT) 2023. Qaraldi: 2024-yil 24-fevral.
- ↑ „8 март – Халқаро хотин-қизлар куни муносабати билан мукофотлаш тўғрисида“ (uz). GOV.UZ. Qaraldi: 2024-yil 24-fevral.
- ↑ Group, Online Service „PhD sari dadil qadam“ (en). yoshlarovozi.uz. Qaraldi: 2024-yil 24-fevral.
- ↑ „Hotel Business Forum“. www.hoteliers.uz. Qaraldi: 2024-yil 24-fevral.
- ↑ Food Discourse in Contemporary Uzbek Literature — Gulnoza Odilova.Gulnoza Odilova 2018-2021 yillar Jahon top mingtaligiga kirgan Wisconsin- Madison universitetida zamonaviy o'zbek adabiyotida taom diskuri va ikki tillik poetik lug'at yaratish mavzusida ma'ruzalar o'qigan.(7.12.18) (inglizcha), qaraldi: 2024-02-24
- ↑ 8,0 8,1 „Badiiy tarjimada innovatsion yangilik: o'zbek tarjimashunoslari elektron poetik lug'at yaratish ustida ish olib bormoqda“ (uz-Latn-UZ). https://yuz.uz. Qaraldi: 2024-yil 24-fevral.
- ↑ „CESSI Lecture: Presentation of Bilingual Uzbek-English Poetic Dictionary“ (en-US). CESSI (2023-yil 29-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 24-fevral.
- ↑ uz, Kun „2019 yilda bir qancha o‘zbek milliy taomlariga jahon brendi berilishi kutilmoqda“ (uz). Kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 24-fevral.
- ↑ „«O‘tkan kunlar» romanini ingliz tiliga o‘girgan tarjimon O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi faxriy a'zosi bo‘ldi“ (uz). Kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 24-fevral.
- ↑ „YTIT“. teachers.kiut.uz. Qaraldi: 2024-yil 24-fevral.
- ↑ „Gulnoza Odilova“ (uz-UZ). Mutolaa.uz. 2024-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-fevral.
- ↑ „Ziyo istagan qalblar uchun! - Gulnoza Odilova (1984)“. www.ziyouz.com. Qaraldi: 2024-yil 24-fevral.