Gulruh xotun (turkcha: Gülruh Hatun) – Usmonlilar imperiyasi sultoni Boyazid II ning rafiqasi va uning ikki farzandi onasi.

Gulruh xotun
turkcha: Gülruh Hatun

Gulruh xotun qabri, Bursa.
Tavalludi 16-aprel 1454
Vafoti 3-iyun 1528
Bursa, Usmonlilar imperiyasi
Fuqaroligi Usmonli imperiyasi
Turmush oʻrtogʻi Boyazid II
Bolalari Shahzoda Alemshoh, Kamer sulton

Hayoti

tahrir

Gulruh xotunning haramga qanday kelib qolgani va ungacha boʻlgan oilaviy sharoiti haqida hech qanday maʼlumot yoʻq. Turk tarixchilari Nejdet Sakaoʻgʻli va Chagʻatoy Uluchayning yozishicha, haram hujjatlarida uning otasi Abdulhay ismli shaxs deb koʻrsatilgan[1][2], bu esa Gulruhning asli kelib chiqishi musulmon boʻlmagan kanizak boʻlganidan dalolat beradi[1]. Gulruh xotun haramga 1466-yildan avval kelgan, chunki Entoni Alderson oʻzining „Usmonlilar sulolasining tuzilishi“ asarida oʻgʻlining tugʻilgan kunini 1467-yil deb koʻrsatgan[3]. Gulruhning Sulton Boyazid II dan boʻlgan oʻgʻli shahzoda Alemshohdan tashqari, Mustafo beyga turmushga chiqqanidan keyin tugʻilgan Kamer sulton ismli qizi ham boʻlgan[2][1][2].

 
Gulruh maqbarasidagi lavha

Boshqa shahzodalar singari Alemshoh ham viloyatlar boshqaruvida turgan holda taʼlim olishiga toʻgʻri keldi: masalan, 1504-1507-yillarda u ketma-ket Kastamonu va Saruxana sanjakbeyi boʻlgan[4]. Anʼanaga koʻra, Gulruh oʻgʻli viloyatlarda boʻlganida unga hamrohlik qilgan[2]. Gulruhning Sulton Boyazidga oʻgʻli Manisa shahri sanjakbeyi boʻlganida yozgan, „valide-i Alemshoh“ (turkcha: valide-i Alemşah – „Alemshohning onasi“) maktubi oʻsha davr voqealarining muhim dalilidir. Maktubda aytilishicha, Gulruh Alemshohni kichikligida oʻzi himoya qilib, ulgʻaytirgan. U oʻsmirlik yoshiga yetganida din va tinchlik olib keladigan musulmon lala kerak boʻlgan. Maktubda Gulruh xotun oʻgʻlining yomon munosabatda boʻlganidan, bekorchi hayot kechirayotganidan[1] va ichkilikka mukkasidan ketganidan[2] arz qilagan. Bu vzaiyat uning sogʻligʻini deyarli barbod qilib yuborayotgani uchun sultondan taqvodor laluni Shehzodaga yuborishni soʻragan. 1510-yildan keyin yozgan ikkinchi, qisqaroq maktubida Gulruh Sultonga shahzoda Alemshohning spirtli ichimliklarga qaramlikdan vafot etganini tushuntirgan[1].

1510-yilda oʻgʻli vafotidan soʻng Gulruh Bursaga koʻchib ketgan va u yerda Alemshohning qizlari Oysha va Fotimani tarbiyalagan[1]. 1512-yilda Boyazid II vafotidan soʻng taxtga[2] yangi sulton Salim I kelgan va u Gulruh hamda Alemshoh oilasining moddiy taʼminotini oʻz zimmasiga olgan. Gulruh xotun Sulton Sulaymon I hukmronligining boshida (1520-yildan keyin) vafot etgan va Bursadagi Muradiye masjididagi oʻzining nomi berilgan maqbaraga dafn etilgan[2][1]. Shahzoda Alemshohning qizlari esa Sulton Sulaymon I ning onasi Hafsa xotunning vasiyligiga topshirilgan[1].

Gulruh ham koʻplab sultonlarning xotinlari va merosxoʻr onalari singari xayriya ishlari bilan shugʻullangan. Uning mablagʻlari evaziga Oqhisorda masjidlar va imoratlar[1][2], shuningdek, Goʻrdesh, Demirje, Nazil, Birgi va boshqa shaharlarda doʻkon, hammom, karvonsaroy va boshqa binolar qurilgan[1][2].

Farzandlari

tahrir

Boyazid II bilan birga Gulruhning ikki oʻgʻli bor edi:

  • Kamershoh Sulton (Amasya, 1476-yil – Konstantinopol, 1520-yil), Kamer Sulton nomi bilan ham tanilgan. U 1491-yilda Malkarada yashagan Damat Koja Mustafo Posho bilan oila quradi. U 1512-yilda beva qolgan va oʻsha yili Damat Nishanji Kara Dovud Poshoga uylangan. Uning birinchi turmushidan farzandlari bor edi;
  • Shahzoda Alemshah (Amasya, 1477-yil – Manisa, 1502-yil). Mentese va Manisa gubernatori, ichkilikbozligi va oʻzi olib borgan intizomsiz hayoti bilan bogʻliq muammolar tufayli vafot etadi. Uning Shahzoda Usmon Shah (1492—1512) ismli oʻgʻli va Oysha Sulton (amakivachchasi Sultonzoda Mehmed Chalabiyga uylangan, Fatma Sultonning oʻgʻli, Boyazid II ning qizi) va Fatma Sulton (1493 – 1522) ismli ikki qizi bor edi.

Manbalar

tahrir
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 Sakaoğlu 2015.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 2,7 2,8 Uluçay 2011.
  3. Alderson 1956.
  4. Süreyya, 1 Cild 1996.

Adabiyotlar

tahrir
  • Narodna biblioteka "Sv. sv. Kiril i Metodiĭ. Orientalski otdel, International Centre for Minority Studies and Intercultural Relations, Research Centre for Islamic History, Art, and Culture. Inventory of Ottoman Turkish documents about Waqf preserved in the Oriental Department at the St. St. Cyril and Methodius National Library: Registers. Narodna biblioteka "Sv. sv. Kiril i Metodiĭ, 2003. 
  • Peirce, Leslie P.. The Imperial Harem: Women and Sovereignty in the Ottoman Empire. Oxford University Press, 1993. ISBN 978-0-195-08677-5. 
  • Sakaoğlu, Necdet. Bu mülkün kadın sultanları: Vâlide sultanlar, hâtunlar, hasekiler, kadınefendiler, sultanefendiler. Oğlak Yayıncılık, 2008. ISBN 978-9-753-29623-6. 
  • Süleyman I (Sultan of the Turks). Kanunî armaǧani. Türk Tarih Kurumu Basimevi, 1970. 
  • Türk Tarih Kurumu. Publications de la Société d'histoire turque. Türk Tarih Kurumu Basımevı, 1970. 
  • Uluçay, Mustafa Çağatay. Padişahların kadınları ve kızları. Ankara: Ötüken, 2011. ISBN 978-9-754-37840-5.