Héctor Bellerín
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Hector Bellerin Moruno (1995-yil 19-martda tugʻilgan) — ispaniyalik professional futbolchi, APLning "Arsenal” klubi va Ispaniya terma jamoasida oʻng qanot himoyachisi va hujumkor qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Hector Bellerin Moruno | ||
Tavallud sanasi | 19-mart 1995-yil | ||
Tavallud joyi | Barselona, Kataloniya, Ispaniya | ||
Boʻyi | 1.78 m | ||
Ampluasi | Himoyachi (futbol) | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Arsenal (futbol klubi) | ||
Raqami | 2 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2012- | Arsenal | 183 | (8) |
2013-2014 | Watford (ijara) | 8 | (0) |
2021–2022 | Real Betis (ijara) | 23 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2011 | Ispaniya U16 | 6 | (1) |
2012 | Ispaniya U17 | 6 | (0) |
2013-2014 | Ispaniya U19 | 9 | (0) |
2015-2017 | Ispaniya U21 | 14 | (0) |
2016- | Ispaniya milliy futbol terma jamoasi | 4 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (15-may 2022-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (12-noyabr 2020-yil uchun) |
Bellerin oʻz faoliyatini "Barselona"da boshlagan va 2011-yilda "Arsenal"ga oʻtgan. 2016-yilning 21-noyabrida u klub bilan 2023-yilgacha uzoq muddatli shartnoma imzoladi[1].
Bellerin Ispaniya terma jamoasi safida U16 dan U21 yoshgacha boʻlgan yosh toifasida oʻynagan. U 2016-yilda Ispaniya milliy terma jamoasi safida debyut qilgan va keyinchalik oʻsha yilgi Yevropa chempionati uchun ham tarkibga kiritilgan.
Yoshligi
tahrirKataloniyaning Barselona shahrida tugʻilgan Bellerin futbolchilik faoliyatini "Barselona" yoshlar jamoasida boshlagan. U 2011-yilning yozida "Arsenal"ga oʻtdi va keyingi yili oʻzining birinchi professional shartnomasini imzoladi[2]. "Arsenal"ning yosh oʻyinchisi sifatida Bellerin klubga 2012-13 yilgi NextGen seriyasida toʻrtinchi oʻrinni egallashga yordam berdi.
Jamoalardagi faoliyati
tahrirArsenal
tahrirDastlabki yillar va "Watford"ga ijaraga berilishi
tahrirBellerin 2013-yil 25-sentyabrda Liga kubogining uchinchi turida “West Bromwich”ga qarshi oʻyinda 1:1 hisobidagi durangdan soʻng penaltilar seriyasida 95-daqiqada zaxiradan maydonga tushib debyutini amalga oshirdi[3].
Ikki oy oʻtgach, Bellerin Championship klubi "Watford"ga ikki oylik ijara shartnomasi asosida qoʻshildi va oradan sakkiz kun oʻtib "Yeovil Town"ga qarshi oʻyinda debyut qildi[4]. «Watford»dagi ijara muddati mavsum oxirigacha uzaytirildi[5], ammo 2014-yilning fevralida «Arsenal» uni qayta chaqirib oldi[6].
2014–15: Angliya kubogidagi ilk gʻalaba
tahrirMathieu Debuchy, Calum Chambers va Nacho Monrealning jarohatlari sabab Bellerin Chempionlar ligasidagi debyutini 2014-yilning 16-sentyabrida Dortmundning "Borussiya"siga 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchralgan uchrashuvda oʻtkazdi[7]. U 2015-yilning 1-fevralida “Arsenal” uchun birinchi golini “Aston Villa”ga qarshi oʻyinda (5:0) urishga muvaffaq boʻldi[8] va 4-aprel kuni “Liverpul” ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozonilgan bahsda garchi Raheem Sterlingga qarshi qoʻpol oʻynab penaltidan gol kiritilishiga sababchi boʻlgan esa-da, jamoaning ikkinchi golini kiritib, gʻalabaga oʻz hissasini qoʻshdi[9].
2021–22: Real Betisga ijara
tahrir2021-yil 31-avgustda Bellerin oʻn yildan soʻng Ispaniyaga qaytib, "Real Betis"ga mavsumiy ijara asosida qoʻshildi[10].
Xalqaro maydonda...
tahrirU19 terma jamoasi bilan 2013-yilgi Yevropa chempionatining yarim finaliga qadar yetib borgan Bellerin[11] 2015-yilning 30-martida Albert Celadesning U21 terma jamoasida debyut qildi va Leonda Belarus ustidan 4:0 hisobidagi zafar quchilgan oʻrtoqlik oʻyinida toʻliq 90 daqiqa harakat qildi[12].
2016-yilning 29-mayida, Yevropa chempionatida asosiy tarkib oʻyinchisi sifatida qayd etilganidan soʻng, Bellerin St. Gallendagi AFG Arenada Bosniya va Gersegovinaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (3:1) maydonga tushib, milliy terma jamoa safida debyut qildi[13]. Ikki kundan soʻng, Dani Karvaxal jarohat tufayli oʻyinni tark etganidan soʻng, u yakuniy tarkibga chaqirildi[14].
Karyera statistikasi
tahrirKlub
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Mamlakat kubogi | Liga kubogi | Yevropa | Boshqa | Jami | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Goals | Oʻyin | Gol | ||
Arsenal | 2012–13 | Premier League | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | |
2013–14 | Premier League | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | — | 1 | 0 | ||
2014–15 | Premier League | 20 | 2 | 3 | 0 | 1 | 0 | 4 | 0 | 0 | 0 | 28 | 2 | |
2015–16 | Premier League | 36 | 1 | 2 | 0 | 0 | 0 | 6 | 0 | 1 | 0 | 44 | 1 | |
2016–17 | Premier League | 33 | 1 | 4 | 0 | 0 | 0 | 5 | 0 | — | 42 | 1 | ||
2017–18 | Premier League | 35 | 2 | 0 | 0 | 3 | 0 | 8 | 1 | 1 | 0 | 47 | 3 | |
2018–19 | Premier League | 19 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 19 | 0 | ||
2019–20 | Premier League | 15 | 1 | 3 | 0 | 2 | 0 | 3 | 0 | — | 23 | 1 | ||
2020–21 | Premier League | 25 | 1 | 1 | 0 | 1 | 0 | 7 | 0 | 1 | 0 | 35 | 1 | |
2021–22 | Premier League | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | 0 | 0 | |||
2022–23 | Premier League | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | ||
Jami | 183 | 8 | 12 | 0 | 8 | 0 | 33 | 1 | 3 | 0 | 239 | 9 | ||
Watford (ijara) | 2013–14 | Championship | 8 | 0 | — | — | — | — | 8 | 0 | ||||
Real Betis (ijara) | 2021–22 | La Liga | 23 | 0 | 5 | 0 | — | 4 | 0 | — | 32 | 0 | ||
Faoliyati boʻyicha jami | 214 | 8 | 17 | 0 | 8 | 0 | 37 | 1 | 3 | 0 | 279 | 9 |
Xalqaro
tahrir- 2020-yil 12-noyabr holatiga ko'ra[17]
Milliy terma jamoa | Yil | Oʻyin | Gol |
---|---|---|---|
Ispaniya | 2016 | 3 | 0 |
2020 | 1 | 0 | |
Jami | 4 | 0 |
Sovrinlar
tahrirArsenal
- Angliya kubogi: 2014–15[18], 2016–17[19], 2019–20[20]
- FA Community Shield: 2015[21], 2017[22], 2020[23]
- EFL Cup kumush medalsohibi: 2017–18[24]
Real Betis
- Qirollik kubogi: 2021–22[25]
Ispaniya U21
Individual
Manbalar
tahrir- ↑ „Arsenal defender Hector Bellerin keen on extending stay with Real Betis“ (8-aprel 2022-yil).
- ↑ „Bellerin – I'm so happy I joined Arsenal“. Arsenal F.C. (29-avgust 2012-yil). 2013-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-sentyabr 2013-yil.
- ↑ Harris. „WBA 1–1 Arsenal (3–4 pens)“. Arsenal F.C. (25-sentyabr 2013-yil). Qaraldi: 26-sentyabr 2013-yil.
- ↑ „Bellerin joins Watford on loan“. Arsenal F.C. (22-noyabr 2013-yil). Qaraldi: 22-noyabr 2013-yil.
- ↑ „OFFICIAL: Bellerin's Back“. Watford F.C. (3-yanvar 2014-yil). 2014-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-sentyabr 2016-yil.
- ↑ „Arsenal have recalled young defender Hector Bellerin from his loan with Watford“. Watford Observer (18-fevral 2014-yil). Qaraldi: 18-fevral 2014-yil.
- ↑ Johnston. „Borussia Dortmund 2–0 Arsenal“. BBC Sport (16-sentyabr 2014-yil). Qaraldi: 17-sentyabr 2014-yil.
- ↑ Dawkes. „Arsenal 5–0 Aston Villa“. BBC Sport (1-fevral 2015-yil). Qaraldi: 1-fevral 2015-yil.
- ↑ McNulty. „Arsenal 4–1 Liverpool“. BBC Sport (4-aprel 2015-yil). Qaraldi: 22-noyabr 2015-yil.
- ↑ „Hector Bellerin moves to Real Betis on loan“. Arsenal F.C. (31-avgust 2021-yil). Qaraldi: 14-sentyabr 2021-yil.
- ↑ „The Future is theirs: Héctor Bellerín, speed embodied in a footballer“. Real Federación Española de Fútbol (16-may 2015-yil). 2015-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-may 2015-yil.
- ↑ Muñoz. „MATCH REPORT: Spain thrashes Belarus (4–0)“. Real Federación Española de Fútbol (30-mart 2015-yil). 2015-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-may 2015-yil.
- ↑ „Arsenal's Hector Bellerin makes Spain debut as defending champions warm up for Euro 2016 with a win“. Daily Mirror (29-may 2016-yil). Qaraldi: 29-may 2016-yil.
- ↑ „Euro 2016: Arsenal's Hector Bellerin in Spain squad after injury forces out Dani Carvajal“. BBC Sport (31-may 2016-yil). Qaraldi: 31-may 2016-yil.
- ↑ Hector Bellerin Soccerbase saytida
- ↑ „H. Bellerin: Summary“. Soccerway. Perform Group. Qaraldi: 21-fevral 2019-yil.
- ↑ „Héctor Bellerín“. EU-football.info. Qaraldi: 31-may 2016-yil.
- ↑ McNulty, Phil. „Arsenal 4–0 Aston Villa“. BBC Sport (30-may 2015-yil). Qaraldi: 24-aprel 2019-yil.
- ↑ McNulty, Phil. „Arsenal 2–1 Chelsea“. BBC Sport (27-may 2017-yil). Qaraldi: 24-aprel 2019-yil.
- ↑ McNulty, Phil. „Arsenal 2–1 Chelsea“. BBC Sport (1-avgust 2020-yil). Qaraldi: 1-avgust 2020-yil.
- ↑ Cryer, Andy. „Arsenal 1–0 Chelsea“. BBC Sport (2-avgust 2015-yil). Qaraldi: 24-aprel 2019-yil.
- ↑ Rostance, Tom. „Arsenal 1–1 Chelsea“. BBC Sport (6-avgust 2017-yil). Qaraldi: 24-aprel 2019-yil.
- ↑ Sanders, Emma. „Arsenal 1–1 Liverpool“. BBC Sport (29-avgust 2020-yil). Qaraldi: 30-avgust 2020-yil.
- ↑ McNulty, Phil. „Arsenal 0–3 Manchester City“. BBC Sport (25-fevral 2018-yil). Qaraldi: 24-aprel 2019-yil.
- ↑ „Real Betis won their first Copa del Rey since 2005 after beating Valencia on penalties in Seville.“. BBC (23-aprel 2022-yil).
- ↑ „Under-21 2017 - History - Spain“. UEFA.com. Union of European Football Associations (29-avgust 2017-yil). Qaraldi: 1-aprel 2020-yil.
- ↑ „Under-21 2017 - History - Matches“. UEFA.com. Union of European Football Associations (29-avgust 2017-yil). Qaraldi: 1-aprel 2020-yil.
- ↑ „Hector Bellerin shares a new picture with his date at the Catalan Awards“. 101 Great Goals.com. 7-oktabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-avgust 2022-yil.
- ↑ „PFA awards: Leicester and Spurs dominate Premier League team“. BBC Sport (21-aprel 2016-yil). Qaraldi: 21-aprel 2016-yil.