Hamid Rahmatullayev
Hamid Turgʻunovich Rahmatullayev 1942-yil 28-yanvarda tavallud topgan. 1978-yil 17-yanvar kuni Toshkentda vafot etgan — sovet futbolchisi, hujumchi. SSSR sport ustasi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy (1972-yil).
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Hamid Turgʻunovich Rahmatullayev | ||
Tavallud sanasi | 28-yanvar 1942-yil 28-yanvar 1942-yil | ||
Tavallud joyi | Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR | ||
Vafot sanasi |
17-aprel 1978-yil (36 yoshda) | ||
Vafot joyi | Toshkent, Oʻzbekiston SSR | ||
Boʻyi | 169 sm | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Mukofotlari | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1960—1971 | Paxtakor | 192 | (20) |
Boshqargan klublari | |||
1972—1978 | Paxtakor murabbiyi | ||
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Faoliyati
tahrir1960-yilda „Paxtakor“ (Toshkent) futbol maktabining uchinchi sonini tamomlagan. 1960-yil 1-oktabrda SSSR chempionatida debyut qilgan. 1963-yilni jarohat tufayli oʻtkazib yuborgan. Rahmatullayev faoliyati davomida 192 oʻyinda muvaffaqiyatli ishtirok etib, 20 ta gol urgan va jamoa sardori boʻlgan. 1970-yilda oʻz faoliyatini yakunlagan. 1972-yildan klubda jamoa rahbari va murabbiy sifatida ish boshlagan. 1967—1968-yilgi SSSR kubogi finalchisi. 1978-yilda avtohalokatga uchrab vafot etgan[1]. 2011-yilda Vladimir Safarovning „Hamid Rahmatullayev — Oʻzbek Pelesi“ kitobi nashr etilgan.
Toshkentning Shayxontohur tumanida „Paxtakor“ stadionidan uncha uzoq boʻlmagan koʻchaga — uning nomi berilgan va yodgorlik lavhasi ochilgan.
Shaxsiy hayoti
tahrirOʻgʻli Sardor Rahmatullayev — Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bosh kotibi, vitse-prezidenti lavozimlarida 2010—2017-yillarda ishlagan.[2]
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrir- Profil na sayte FootballFacts.ru