Harbiy unvonlar
Harbiy unvonlar — qurolli kuchlarning har bir harbiy xizmatchisi va zaxiradagi harbiy majburiyatli shaxsga ularning xizmat mavqei, harbiy va maxsus tayyorgarligi, oʻtagan xizmati muddati, qaysi qoʻshin yoki xizmat turiga mansub ekanligiga, shuningdek, koʻrsatgan xizmatlariga koʻra beriladigan unvon. Harbiy unvonlar harbiy xizmatchilarning oʻzaro munosabatlaridagi mavqelarini belgilaydi.[1]
Oʻzbekistonda harbiy unvonlar
tahrirOʻzbekiston Respublikasi "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida" qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 16-maydagi "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar shtat tuzilishini takomillashtirish haqida"gi farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi unvonlar tabaqalanishi tasdiqlangan.[2]
Yuridik yoki tibbiy yoʻnalishdagi harbiy hisobdagi ixtisoslikka ega boʻlgan harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majburning harbiy unvoniga tegishli „adliya“ yoki „tibbiy xizmat“ soʻzlari qoʻshiladi.
Ofitserlar Harbiy unvonida mavjud boʻlgan „kichik leytenant“, shartnoma-kontrakt asosida xizmat qiluvchi harbiy xizmatchilarda mavjud boʻlgan „praporshchik“ unvonlari bekor qilindi.
„Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida“gi qonunda harbiy unvonlar koʻrsatilgan boʻlib, ushbu qonunning 9-moddasiga koʻra, harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga boʻlinadi.
- Ofitserlar tarkibi kichik ofitserlar, katta ofitserlar va generallar tarkibiga boʻlinadi.
Har bir harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majbur fuqaroga tegishli harbiy unvon beriladi. Qurolli Kuchlardagi harbiy unvonlar qoʻshin unvonlari va kema tarkibidagi unvonlarga boʻlinadi.
Qurolli Kuchlarda quyidagi harbiy unvonlar joriy etiladi:
Harbiy xizmatchilar tarkibi[3] | Qoʻshin unvonlari | Kema tarkibidagi unvonlar |
---|---|---|
Oddiy askarlar tarkibi | Oddiy askar | Matros |
Serjantlar tarkibi | Kichik serjant | Starshina |
III darajali serjant | III darajali starshina | |
II darajali serjant | II darajali starshina | |
I darajali serjant | I darajali starshina | |
Katta serjant | Bosh starshina | |
Kichik ofitserlar tarkibi | ||
Leytenant | Leytinant | |
Katta leytenant | Katta leytenant | |
Kapitan | Kapitan-leytenant | |
Katta ofitserlar tarkibi | ||
Mayor | III rang kapitani | |
Podpolkovnik | II rang kapitani | |
Polkovnik | I rang kapitani | |
Generallar tarkibi | ||
General-mayor | ||
General-leytenant | ||
General-polkovnik | ||
Armiya generali |
Qurolli Kuchlardagi oliy harbiy unvon armiya generali boʻlib, bu unvon (urush davrida) Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qoʻmondoniga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziriga beriladi.
Harbiy sohaning yuridik yoki tibbiy yoʻnalishdagi ixtisosligiga ega boʻlgan harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majbur fuqaroning harbiy unvoniga tegishlicha „adliya“ yoki „tibbiy xizmat“ soʻzlari qoʻshiladi.
Rezervdagi, zaxiradagi yoki isteʼfodagi fuqarolarning harbiy unvoniga tegishlicha „rezervdagi“, „zaxiradagi“ yoki „isteʼfodagi“ degan soʻzlar qoʻshiladi.
Harbiy unvon berish va harbiy unvondan mahrum qilish, shuningdek, harbiy unvonini pasaytirish hamda harbiy unvonini tiklash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Harbiy burchni jiddiy tarzda buzganlik, hokimiyatni suiisteʼmol qilganlik, zimmasiga qonunlar va harbiy ustavlar bilan yuklatilgan talablar va majburiyatlarni favqulodda vaziyatlarda bajarmaganlik uchun katta ofitserlar va generallar tarkibidagi shaxslarning harbiy unvonlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti — Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh qoʻmondonining qarori bilan pasaytirilishi mumkin. Ofitserlar tarkibiga kiruvchilarni harbiy unvondan ular ogʻir va oʻta ogʻir jinoyat uchun hukm etilganlarida faqat sudning qarori bilan mahrum qilish mumkin.
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻzbekiston Pespublikasining orden va medallari.Harbiy unvonlar va farqlash belgilari., 2013-09-28da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-09-26
- ↑ Harbiy unvonlar haqida qayerdan maʼlumot topsam boʻladi?, 2013-09-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-09-26
- ↑ https://lex.uz/docs/-4513434
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |