Hasan ibn Ali Marg‘inoniy
Hasan ibn Ali Marg‘inoniy (arabcha: حسن بن علي المرغيناني — Hasan ibn Ali Marg‘inoniy — Toʻliq ismi: Hasan ibn Ali Zahiriddin Kabir ibn Abdulaziz (vafoti XII asr.)) — Faqih.
Hasan ibn Ali Marg‘inoniy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | faqih |
Faoliyati
tahrirHasan ibn Ali Marg‘inoniy fiqh ilmining Zahiriddin Abulmahosin nomi bilan tanilgan namoyandasi. Faqih va muhaddis bo‘lib, shu ilmlarning mintaqada ravnaq topishi va tarqalishiga katta hissa qo‘shgan. Unga Abdulaziz ibn Umar ibn Moza, Shamsulaimma Mahmud O‘zgandiy, Zakiyuddin Xatib Mas’ud ibn Hasan Koshoniylar ustozlik qilishgan. Shogirdlari qatorida esa Iftixoruddin Tohir, Zahiriddin Muhammad ibn Ahmad, Faxriddin Hasan ibn Mansur O‘zgandiy kabi taniqli faqihlar bo‘lgan. Uning oila aʼzolaridan ham ko‘plab islom olimlari yetishib chiqqan.[1]
Asarlari
tahrir- „Kitobu-l-aqdiya“ („Qozilik haqidagi kitob“)
- „Kitobu-sh-shurut“ („Shartlar bayoni haqidagi kitob“)
- „Kitobu-l-fatovo“ („Fatvolar kitobi“)
- „Kitobu-l-favoid“ („Foydali narsalar haqidagi kitob“) va b. as. muallifi bo‘lgan.
Manbalar
tahrir- ↑ O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 421.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |