Hasaniylar
Hasaniylar (arabcha: بنو حسن yoki حسنيون) – islom paygʻambari Muhammadning nabirasi, Husayn ibn Alining akasi Hasan ibn Alining avlodlari. Alilar (Ali ibn Abu Tolibning avlodlari) tarmogʻidan hisoblanadi. Shuningdek, ashraflarning (sharif) ikki muhim tarmogʻidan biridir (ashraflarning ikkinchi tarmogʻi Hasanning ukasi Husaynning avlodlari Husayniylardir)[1].
Bagʻdod xalifaligidan boʻlgan Husayniylardan farqli oʻlaroq, Hasaniylar xalifalikning musulmon olamiga rahbarlik qilish huquqiga qarshi chiqqan va 762 hamda 786-yillarda qoʻzgʻolon koʻtargan. Biroq ushbu qoʻzgʻolon muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan[2]. Ular tomonidan amalga oshirilgan ikkinchi qoʻzgʻolon ham bostirilganidan soʻng Hasaniylarning Idrisiylar boʻlimi Marokashning shimoliy qismiga koʻchib ketgan va oʻsha yerga joylashgan[2].
Marokashda Hasaniy atamasi, asosan, Muhammad an-Nafs az-Zakiyya avlodlariga nisbatan ularni Idrisiylardan ajratish maqsadida qoʻllanadi. Marokashlik Hasaniylar ikki sulolani – Saʼdiylar va Alaviylar sulolasini barpo etgan boʻlib, ular bugungi kunda ham mamlakatda hukmronlik qilib kelmoqda[1].
Sulolalar
tahrirIslom dunyosi tomonidan tan olinadigan Hasaniy sulolalari:
- Marokashdagi Alaviylar sulolasi[1]
- Tabaristondagi Alaviylar sulolasi
- Markaziy Arabistondagi Banu Uxaydir sulolasi
- Bruneydagi Bolkiah sulolasi
- Ispaniya janubidagi Hammudiylar sulolasi
- Marokashdagi Idrisiylar sulolasi
- Makka shariflari boʻlgan turli sulolalar, jumladan, Hijoz, Suriya va Iroqdagi Hoshimiylar (Banu Qatoda) hozirda faqat Iordaniyada hukmronlik qilmoqda
- Yamandagi Rosiylar sulolasi
- Marokashdagi Saʼdiylar sulolasi[1]
- Jazoir va Liviyadagi Sanusiylar sulolasi
- Makka, Jizan va Yamandagi Sulaymoniylar
- Gʻarbiy Jazoirdagi Sulaymoniylar sulolasi
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Deverdun 1971.
- ↑ 2,0 2,1 Brett 2001.
Adabiyotlar
tahrir- Brett, Michael. The Rise of the Fatimids: The World of the Mediterranean and the Middle East in the Fourth Century of the Hijra, Tenth Century CE, The Medieval Mediterranean. Leiden: Brill, 2001. ISBN 9004117415.
- Deverdun, G. (1971). "Ḥasanī". in Lewis, B.. Encyclopaedia of Islam. Volume III: H–Iram (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. OCLC 495469525. https://referenceworks.brillonline.com/search?s.q=%E1%B8%A4asan%C4%AB&s.f.s2_parent=s.f.book.encyclopaedia-of-islam-2&search-go=Search.