Haybar dovoni
Haybar dovoni - Safedkoʻh tizmasidagi dovon, Afgʻoniston bilan Pokiston chegarasida. Uzunligi 53 km, eni 15–130 m. Eng baland joyi 1030 m. Temir yoʻl (Pokiston hududida) va avtomobil yoʻli oʻtgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |