40°25′45″N 49°49′28″E / 40.42917°N 49.82444°E / 40.42917; 49.82444

Masjid
Haydar masjidi
ozarbayjoncha: Heydər Məscidi
Mamlakat  Ozarbayjon
Hudud Boku
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Shirvon-Absheron me'morchilik uslubi
Binokorlik 20122014
Asosiy sana:
2014-yil 26-dekabr - masjidning rasmiy ochilishi
Holati amaldagi

Haydar masjidi (ozarbayjoncha: Heydər Məscidi) — Ozarbayjonning sobiq prezidenti Haydar Aliyev[1] nomidagi masjid, Boku shahrining Binaqadi tumanidagi masjiddir.[2]

Tarixi

tahrir

Haydar masjidini qurish buyrug‘ini Haydar Aliyevning o‘g‘li va vorisi, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 2012-yil o‘rtalarida bergan edi. Qurilish ishlari 2012-yil sentabr oyida boshlangan va 2014-yil oxirida rekord muddatda yakunlangan.

2014-yil 26-dekabr kuni masjidning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, unda Ozarbayjon Respublikasi rahbari Ilhom Aliyev, uning rafiqasi Mehribon Aliyeva, Shimoliy Kavkaz muftiylari muvofiqlashtiruvchi kengashi raisi va Qorachoy-Cherkasiya muftiysi Ismoil Berdiev, Rus pravoslav cherkovi Boku va Ozarbayjon yeparxiyasi rahbari - Aleksandr ota, Boku tog‘ yahudiylari diniy jamiyati raisi Melih Yevdayev, Kavkaz musulmonlari idorasining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatli vakili Shafikir Pshixachev va Kavkaz musulmonlari idorasi shayx ul-islomi Allohshukur Poshozoda ishtirok etgan[3].

Arxitekturasi

tahrir

Masjidning umumiy maydoni atrofi bilan birga 12 000 m² ni tashkil qiladi. Masjidning maydoni 4200 m². Fasadi Shirvon-Absheron me'morchiligi uslubidagi maxsus tosh bilan qoplangan. To‘rt minoraning har birining balandligi 95 metrni tashkil qiladi. Masjid ichkarisida maxsus bezak elementlaridan foydalanilgan bo‘lib, gumbaz chetlarida Qur’oni Karim oyatlari o‘yib yozilgan. Bosh gumbazning balandligi 55 metr, ikkinchi gumbazning balandligi 35 metr.

Masjid manzili

tahrir

Masjid Boku shahri, Binaqadi tumani, Hamza Babashov ko‘chasi, AZ 1107 manzilida joylashgan[4].

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir