Hayotxon Ortiqboyeva (1946-yil 10-oktyabr Sirdaryo viloyati, Oʻzbekiston) – Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashi deputati, 2004–2009-yillar oraligʻida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, shuningdek, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati boʻlimi mas’ul rahbari[1][2].

Hayotxon Ortiqboyeva
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1946-yil 10-oktyabr
Sirdaryo viloyati, Oʻzbekiston
Millati Oʻzbek
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi
Taʼlim Toshkent davlat pedagogika universiteti
Kasbi Senator
Mukofotlari

Tarjimai holi

tahrir

Hayotxon Ortiqboyeva 1946-yining 10-oktyabr sanasida Sirdaryo viloyati, Guliston tumanining Yulduz qishlogʻida dehqonlar oilasida tavllud topgan. Maktabni bitirgach 1964 – 1969-yillar oraligʻida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining tarix fakultetiga oʻqishgan. Ish faoliyatini birinchi boʻlib maktabda oʻqituvchilikdan boshlagan. Keyinchalik bogʻcha mudirasi, 1979 – 1989-yillarda „Sirdaryo haqiqati“ gazetasida, boʻlim mudiri, bosh muharrir oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1989 – 1990-yilda Guliston yangiliklari (ruscha: Гулистанские новости) gazetasida bosh muharriri lavozimida ishlagan.

1991-yildan Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Sirdaryo viloyati Kengashi raisining mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida, 1998-yildan boshlab Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati boʻlimining rahbari sifatida ish olib boradi[3]. 2002 – 2005-yil oraligʻida Sirdaryo viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbarining oʻrinbosari vazifasida ish olib borgan[4].

Ortiqboyeva 1989-yildan beri Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashi deputati, 2004 – 2009-yillarda esa Oʻzbekiston respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi boʻlib xizmat qilgan[1][5].

Ortiqboyevaning „Koʻklam ertaklari“, „Feruza oqshomlar“, „Humolari qaytgan yurt“, „Koʻklam ertaklari“, „Oy qoʻngan ayvon“ „Humolari qaytgan yurt“, „Ne baxt bu diydor“, „Oy qoʻngan ayvon“ sheʼriy toʻplamlari chiqarilgan. Shu bilan birga, respublika va viloyat gazeta va jurnallarida doimiy tarzda sheʼrlari, hikoyalari, publitsistik maqolalari chop qilinib boriladi.

Mukofotlari

tahrir

Hayotxon Ortiqboyevaga 2004-yili Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi unvoni, 2008-yilda esa „El-yurt hurmati“ ordeni berilgan.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha kengash tarkibi tasdiqlandi“ (2022-yil 20-may). Qaraldi: 2024-yil 6-avgust.
  2. https://teletype.in/@yosh_kitobxon_kitoblari_bot/lIxQGj8DJ Manba sanasi: 2020-yil 21-avgust. „Yosh kitobxon“ kitoblari
  3. „Senat shakllantirildi. Ilk majlis sanasi ham belgilandi“ (2020-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 6-avgust.
  4. „Hayotxon Ortiqboyeva haqida ma'lumot“.
  5. „IBRATLI HAYOT YO‘LI“ (2023-yil 6-mart). Qaraldi: 2024-yil 6-avgust.