Hazrat Oxuni Kalon (Yusuf Qarabog‘iy)
Hazrat Oxuni Kalon (Yusuf Qarabog‘iy) — (?—1645) — alloma va avliyo. Hazrati Oxuni Kalon nomi bilan mashhur bo‘lgan zotning asli ismi shariflari Muhammadjon Yusuf al-Qarabog‘iy al-Muhammad Shohiydir. Ulug’ avliyo, tarbiyachi, hikmat va kalom ilmlari ustodi, faqih, tilshunos, tasavvufshunos alloma, shoir Mavlono Muhammadjon Yusuf al- Qarabog‘iy al-Muhammad Shohiy Ozarbayjonning Qorabog‘ shahrida tavallud topgan. Mavlono Yusuf Hazrat Mirzojon Sheroziydan taʼlim olib, hikmat (falsafa), kalom ilmini o‘rganadi. Mavlono Yusuf Qarabog‘iy Samarqandga kelib, kubraviya tariqatining piri murshidi Hazrat Xalilulloh Badaxshiyga murid bo‘lgan. Badaxshiydan ijozat olgandan so‘ng Buxoroyi sharifga kelib, tolibi ilmlarga shariatu tariqat ilmidan saboq bergan. Yusuf Qarabog‘iy haqida “Samarat ul-mashoyix”, “Tuhfat az-zoirin”, “Maʼnaviyatimiz yulduzlari” va boshka manbalarda ma’lumotlar berilgan. U mantiq, arab tili, riyoziyot, lug‘atshunoslikka doir yigirma to‘rtta asar yozgan. G‘azallar “Devoni” ham bo‘lgan. Allomaning “Risolai botiniya” (bu “Yetti jannat” deb ham ataladi), “Risolayi xilvatiya”, “Fi taʼrifil ilm”, “Risolai fi bayonil juz layatajazza”, “Mafotih” kabi asarlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi ning Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanmoqda[1]. “Tuhfat az-zoirin”da yozilishicha, Imomqulixon hukmronligi davrida (1611—1642) Hazrat Mavlono Yusuf bilan o‘sha asrning allomasi Hazrat Shayx Husayn ibn Mavlono Poyanda Soktaregiy oralarida ko‘p bahsu munozaralar bo‘lib o‘tgan ekan va oxirida bu ikki fozil zot bir-biri bilan do‘st bo‘lgan. Mavlono Yusuf Qarabog‘iy Buxoro tumani, Sepulon qishlog‘ida yashaganlar va shu yerda 1645-yil vafot etgan va uning qabri ayni shu kunlarda Buxoro tumani, Losha qishlog‘i yo‘lida bo‘lib, bu oltinchi kichik nohiya hududidadir[2].
Avliyo | |
---|---|
Ism |
Hazrat Oxuni Kalon (Yusuf Qarabog‘iy) |
Tavalludi |
|
Vafoti |
1645-yil |
Falsafa maktabi |
|
Manbalar
tahrir- ↑ Sadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. Buxoro: Durdona nashriyoti, 2012 — 291-bet.
- ↑ Насир ад-Дин ал-Ханафи ал-Хасани ал-Бухари. Тухфат аз-заирин («Подарок паломникам») Автор перевода с таджикско-персидского, предисловия и комментариев: Халим Тураев. Toshkent: Splendid Idea, 2021 — 204-bet.