Hazratishoh
Hazratishoh - Tojikiston Respublikasi janubidagi togʻ tizmasi. Xat-lon viloyatida, Darvoz tizmasining gʻarbiy qismiga yondosh. Uzunligi 55 km. Konglomeratlardan tashkil topgan. Eng baland joyi 4088 m. Yon bagʻirlari dasht oʻsimliklari va yarim ksero-fil butazorlar bilan qoplangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |