Heartless

The Weekndning 2019-yilgi singli

"Heartless" – kanadalik qoʻshiqchi The Weekndning qoʻshigʻi. U 2019-yil 27-noyabrda XO va Republic Records orqali ijodkorning toʻrtinchi studiyaviy albomi, After Hours (2020) ning bosh singli sifatida chiqarildi[3][4][5]. The Weeknd qoʻshiqni Metro Boomin, Illangelo va Dre Moon bilan birgalikda yozgan va ishlab chiqargan[6][7]. Trek electroclash elementlari bilan boyitilgan R&B va trap qoʻshiq hisoblanadi.

„Heartless“
The Weeknd qoʻshigʻi
„After Hours“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 27-noyabr, 2019-yil(2019-11-27)
Studiya
  • XO Studios (Hidden Hills, California)
  • Noble Street (Toronto, Ontario)
Janr
Davomiyligi 3:18[2]
Leybl
  • XO
  • Republic
Matn muallif(lar)i
Prodyuser(lar)
  • Metro Boomin
  • The Weeknd
  • Illangelo
  • Dre Moon
The Weeknd singllari xronologiyasi
„Power Is Power“
(2019)
Heartless
(2019)
„Blinding Lights“
(2019)
Klipi
"Heartless" YouTubeda

„Heartless“ tanqidchilarning olqishlariga sazovor boʻldi, ular qoʻshiqni ishlab chiqarilishi, jozibador musiqasi va The Weekndning ovozini alohida maqtashdi. U Canadian Hot 100 roʻyxatida uchinchi oʻrinni egalladi. Qoʻshiq AQShning Billboard Hot 100 reytingida birinchi oʻrinni egallab, The Weekndning chartdagi toʻrtinchi yetakchi qoʻshigʻiga aylandi, shuningdek, 28 ta boshqa mamlakatlardagi chartlarda ham eng yuqori pogʻonadan joy oldi. Amerikalik reper Lil Uzi Vert ishtirokidagi qoʻshiqning vaporwave remiksi 2020-yil 23-martda albomning deluxe nashri bilan birga chiqarildi[8]. 2020-yil 3-aprelda taqdim etilgan remikslar mini-albomining tarkibida Lil Uzi Vert remiksining kengaytirilgan va oddiy versiyasi bor edi[9].

Tarixi va chiqarilishi

tahrir

The Weeknd birinchi marta 2018-yilning noyabr oyida oʻz chiqishi paytida tomoshabinlarga „Chapter VI was coming soon“ („Tez orada VI bob chiqadi“) deb yangi albom ustida ishlayotganiga shama qilgan edi[10]. 2019-yil davomida chiqarilgan uchta hamkorlikdagi singldan soʻng, u 6-avgust kuni muxlislarini oʻzining toʻrtinchi studiyaviy albomi ustida ishlayotganiga ishontirdi[11]. Keyin, bir muddat sukutdan soʻng, 24-noyabr kuni Mercedes-Benz reklamasida „Blinding Lights“ qoʻshigʻi namoyish etildi[12], bir kun oʻtib „Heartless“ haqidagi xabarlar[13] va uning muqovasi paydo boʻldi[14]. Qoʻshiq premyerasi 2019-yil 27-noyabrda The Weekndning Beats 1 radiosidagi Memento Mori radioshousining yettinchi qismida boʻlib oʻtdi[15]. CR Men nashriga bergan intervyusida The Weeknd „Heartless“ qoʻshigʻi 2018-yilgi My Dear Melancholy mini-albomi chiqqandan keyin „After Hours“ uchun yozilgan birinchi qoʻshiq ekanligini aytib oʻtdi[16].

"Heartless" qoʻshigʻi matniga koʻra, The Weeknd avvalgi munosabatlaridan hafsalasi pir boʻlganidan soʻng oʻzining maishat va kayf-u safoga berilgan turmush tarziga qaytadi. Butun qoʻshiq davomida u oʻzini buzuqlikka berilib, giyohvandlik va spirtli ichimliklarga haddan tashqari koʻp isteʼmol qiladigan „yuraksiz“ odam sifatida tasvirlaydi[17][18]. Qoʻshiq naqarotida The Weekndning amerikalik reper Future bilan hamkorlikdagi „Low Life“ qoʻshigʻiga ishora qiladigan soʻzlar mavjud: „Low life for life 'cause I'm heartless“[19].

Tanqidiy qabul

tahrir

Qoʻshiq tanqidchilarning olqishiga sazovor boʻldi. Koʻpchilik uning ishlab chiqarilishi, jozibadorligi va The Weekndning ovozini maqtashdi. Complex trekni 2019-yilning eng yaxshi 39-qoʻshigʻi deb topdi. Singlning roʻyxatdagi oʻrni eʼlon qilingan bayonotda Jessica McKinney qoʻshiqning ishlab chiqarilishi va oʻziga xos muhitini yuqori baholadi[20]. 2020-yil 6-mart kuni Entertainment Weekly „Heartless“ni The Weekndning 11-eng yaxshi singli deb topdi va „qoʻshiqning har bir qismi ajoyib“ ekanligini taʼkidladi[21].

Mukofotlar

tahrir
Yil Mukofot Nominatsiya Natija Manba
2020 American Music Awards Favorite Song – Soul/R&B Song Gʻolib [22]
2021 ASCAP Pop Music Awards Award Winning Songs Gʻolib [23]

Tijoriy koʻrsatkichlar

tahrir

"Heartless" 2019-yil 7-dekabrdagi Billboard Hot 100 roʻyxatida 32-oʻrindan joy oldi va haftaning eng yuqori oʻrin bilan kirib kelgan singliga aylandi[24]. Keyingi haftada u 31 pogʻonaga koʻtarilib, chartda birinchi oʻrinni egalladi va The Weekndning Qoʻshma Shtatlarda ushbu chartda toʻrtinchi marta birinchi oʻrinni egallashiga sababchi boʻldi[25]. Rojdestvo qoʻshiqlari 2019-yil 21-dekabrdagi sonida chartning yuqori pogʻonalariga koʻtarilgani sababli „Heartless“ 16 pogʻona pastlab 17-oʻringa tushib ketdi. Bu 61 yillik chart tarixidagi birinchi oʻrindan eng koʻp oʻrin yoʻqotish boʻldi[lower-alpha 1]. Keyinchalik qoʻshiq 2020-yil 4-apreldagi chartda After Hours chiqqandan soʻng birinchi oʻntalikka (toʻrtinchi oʻrinda) qaytdi[28]. 2022-yil 5-aprelda „Heartless“ AQShda ikki million nusxada sotilganligi uchun RIAA tomonidan uch karra platina sertifikatiga ega boʻldi[29].

Rolling Stone Top 100 Songs chartida qoʻshiq 14-oʻrinda debyut qildi va ikki kun davomida 11,1 million strimga ega boʻldi[30]. Ikkinchi haftada qoʻshiq birinchi oʻringa koʻtarilib, The Weekndning chartdagi ilk yetakchi qoʻshigʻiga aylandi[31].

Oʻzining vatani Kanadada „Heartless“ Canadian Hot 100 chartida uchinchi oʻrinni egalladi. Buyuk Britaniyada qoʻshiq oʻninchi oʻrinni egalladi va The Weekndning mamlakatdagi yettinchi top-10 likka kirgan hitiga aylandi.

Musiqiy videolar

tahrir

Qoʻshiq uchun rasmiy vertikal lirik video 2019-yil 2-dekabrda chiqdi. Video Nevada shtati Las Vegas shahridagi Plaza Hotel & Casinoʻda[32][33], Nevada shtati Paradise shahridagi Caesars Palace va Flamingo Las-Vegasda suratga olingan. „Heartless“ qoʻshigʻining rasmiy klipi 2019-yil 3-dekabrda chiqdi. Klip ham Las Vegasda suratga olingan va unda The Weeknd va Metro Boomin suratga tushgan[34]. Videoda ikkalasi mast holatda har xil kazino va bazmlarga borishadi, keyinroq The Weeknd bir qurbaqani yalaydi va unda gallyutsinatsiya boshlanadi[35]. Video The Weekndning Fremont koʻchasi boʻylab yugurishi va qayt qilishi bilan yakunlanadi[36]. Video Anton Tammi tomonidan suratga olingan boʻlib, u Fear and Loathing in Las Vegas nomli filmdan ilhomlangan[37]. Qoʻshiqning Lil Uzi Vert remiksi uchun rasmiy musiqiy video 2020-yil 14-aprelda chiqarilgan[38].

Jonli ijrodagi chiqishlar

tahrir

„Heartless“ning ilk jonli ijrosi 2019-yil 5-dekabrda The Late Show with Stephen Colbertda boʻlib oʻtdi. Chiqish vaqtida The Weeknd Ed Sullivan teatrining sahna koridorlariga tushib kuylaydi, atrofidagi bino devorlari bukilib, uning atrofida harakatlanadi[39]. Ertasi kuni shu shouda „Blinding Lights“ ham jonli ijroda kuylanadi[40].

Remikslar

tahrir

Qoʻshiqning birinchi rasmiy remiksi reper Lil Uzi Vert bilan yozilgan va „Heartless (Vapor Wave Remix)“ deb nomlangan[41]. Complex'dan Jessica McKinney hamkorlik haqida shunday deydi: „Yilning ikkita eng yirik albomi chiqarilganidan soʻng, The Weeknd va Lil Uzi Vert gʻalabali yoʻlda ekanligi aniq boʻldi“[41]. Ikkinchi vaporwave boʻlmagan va kengaytirilgan remiks versiyasi 2020-yil 3-aprelda After Hours (Remixes) remikslar mini-albomi tarkibida chiqarildi[42].

Xodimlar

tahrir

Maʼlumotlar The Weekndning rasmiy vebsayti va Tidal'dan olingan[6][7].

  • The Weeknd – solist, muallif, ishlab chiqarish, dasturlash, klavishlar
  • Metro Boomin – muallif, ishlab chiqarish, dasturlash, klavishlar
  • Illangelo – muallif, production, ishlab chiqarish, klavishlar, muhandis, miksing
  • Dre Moon – muallif, ishlab chiqarish
  • Shin Kamiyama – muhandis
  • Dave Kutch – mastering
  • Kevin Peterson – mastering

Chartlar

tahrir

Sertifikatsiya

tahrir
„Heartless“ning sertifikatsiyasi
Hudud Sertifikatsiya Sertifikatlangan birliklar/sotuvlar
Avstraliya (ARIA) 3× Platina 210,000
Birlashgan Qirollik (BPI) Oltin 600,000
Braziliya (Pro-Música Brasil) 3× Platina 120,000
Daniya (IFPI Danmark) Oltin 45,000
Fransiya (SNEP) Oltin 100,000
Kanada (Music Canada) 3× Platina 240,000
Ispaniya (PROMUSICAE) Oltin 30,000
Italiya (FIMI) Oltin 50,000
Polsha (ZPAV) Platina 50,000
Portugaliya (AFP) Platina 10,000
Qoʻshma Shtatlar (RIAA) 3× Platina 3,000,000
Striming
Gretsiya (IFPI Greece) Platina 2,000,000
Shvetsiya (GLF) Platina 8,000,000

Chiqarilish tarixi

tahrir
Hudud Sana Format(lar) Leybl(lar) Manba
Har xil 2019-yil 27-noyabr
  • raqamli yuklab olish
  • striming
  • XO
  • Republic
[93]
Kanada Contemporary hit radio Republic [94]
Italiya 2019-yil 29-noyabr Radio Universal [95]
AQSh 2019-yil 3-dekabr
  • Contemporary hit radio
  • rhythmic contemporary
  • XO
  • Republic
[96][97]

Izohlar

tahrir
  1. 6ix9ine va Nicki Minajning "Trollz" qoʻshigʻi 2020-yil yozida 34 ta oʻrin yoʻqotib yangi rekordni oʻrnatdi[26][27]

Manbalar

tahrir
  1. Billboard. „Five Burning Questions: Billboard Staffers Discuss The Weeknd's Top 40 Debut For 'Heartless'“ (2019-yil 3-dekabr).
  2. YouTube Music. „Screenshots of YouTube Music on November 26, 2019“. 2019-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  3. HotNewHipHop. „The Weeknd's Excited To Start "New Brain Melting Psychotic Chapter"“ (2019-yil 26-noyabr).
  4. „The Weeknd torna aquesta setmana amb nou senzill • Ràdio Capital de l'Empordà“ (2019-yil 26-noyabr).
  5. Guerra, Bruno „The Weeknd lançará 2 singles inéditos nessa semana, segundo reportes“ (2019-yil 25-noyabr).
  6. 6,0 6,1 „ALL | T H E W E E K N D S H O P“ (2019-yil 2-dekabr). 2019-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  7. 7,0 7,1 Tidal. „Heartless / The Weeknd – Tidal“.
  8. Pitchfork. „The Weeknd Shares Deluxe Version of After Hours: Listen“ (2020-yil 23-mart).
  9. Apple Music. „After Hours (Remixes) by The Weeknd“.
  10. NME. „The Weeknd teases 'Chapter VI' album, shares new artwork“ (2018-yil 27-noyabr).
  11. NME. „Is The Weeknd's new album finally on its way?“ (2019-yil 7-avgust).
  12. Rap-Up. „The Weeknd to Release New Single 'Blinding Lights' on Black Friday“.
  13. Rap-Up. „The Weeknd Teases New Music“.
  14. Exclaim. „The Weeknd Hints at New Music Arriving This Week“.
  15. „Screenshots of Instagram Story on November 26, 2019“. 2019-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  16. Highsnobiety. „The Weeknd Talks Drug Use & His New Album in New Interview“ (2020-yil 20-fevral).
  17. Legaspi, Althea „The Weeknd Hits Las Vegas for Hallucinogenic New 'Heartless' Video“ (2019-yil 4-dekabr).
  18. Roth, Madeline „The Weeknd Goes On A Psychedelic Bender In His Dizzying 'Heartless' Video“. 2019-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  19. Mamo, Heran „Here Are the Lyrics to The Weeknd's 'Heartless'“ (2019-yil 3-dekabr).
  20. Complex. „The Best Songs of 2019“.
  21. McDuffie, Candace „The Weeknd's singles, ranked“ (2020-yil 6-mart).
  22. Warner, Denise „The Weeknd, Roddy Ricch Top 2020 AMAs Nominations“ (2020-yil 26-oktyabr).
  23. ASCAP. „Winning Songwriters & Publishers“.
  24. Billboard. „Top 100 Songs | Billboard Hot 100 Chart“.
  25. Billboard. „The Weeknd's 'Heartless' Hits No. 1 on Hot 100, Mariah Carey's 'All I Want for Christmas Is You' Returns to No. 3 High“.
  26. Billboard. „Brenda Lee's 'Rockin' Around the Christmas Tree' Hits No. 3 on Hot 100; Juice WRLD, Tones and I & Burl Ives All Top 10“.
  27. Trust, Gary „DaBaby & Roddy Ricch's 'Rockstar' Returns to No. 1 on Hot 100, Jack Harlow & Lil Mosey Earn Their First Top 10s“ (2020-yil 29-iyun).
  28. Billboard. „Weeknd's 'Blinding Lights" No. 1, 'Say So' Top 10“ (2020-yil 30-mart).
  29. RIAA. „Heartless Certification“ (2021-yil 9-mart).
  30. Rolling Stone. „RS Charts: Post Malone's 'Circles' Returns to Number One“ (2019-yil 2-dekabr).
  31. Rolling Stone. „RS Charts: The Weeknd's 'Heartless' Nabs Number One“ (2019-yil 10-dekabr).
  32. @JonathanJossel. „I recognize these lights 💡 @PlazaLasVegas“ (2019-yil 28-noyabr).
  33. @TheWeeknd. „LYRIC VIDEO LETS GO“ (2019-yil 2-dekabr).
  34. @TheWeeknd. „heartless official video dropping today. STAY TUNED !!!!“ (2019-yil 3-dekabr).
  35. Pitchfork. „Watch the Weeknd's New "Heartless" Video“ (en) (2019-yil 3-dekabr).
  36. Rap-Up. „The Weeknd Debuts 'Heartless' Video“ (en-US).
  37. Pitchfork. „Watch the Weeknd's New "Heartless" Video“ (2019-yil 3-dekabr).
  38. HYPEBEAST. „The Weeknd Just Dropped a Surprise "Heartless" Remix Visual With Lil Uzi Vert“ (2020-yil 14-aprel).
  39. Zemler, Emily „Watch the Weeknd Perform Recent Single 'Heartless' on 'Colbert'“ (en-US) (2019-yil 6-dekabr).
  40. Rolling Stone. „The Weeknd Releases Full Version of New Song 'Blinding Lights'“.
  41. 41,0 41,1 McKinney, Jessica „Best New Music This Week: PARTYNEXTDOOR, Fivio Foreign, Murda Beatz, and More“ (2020-yil 27-mart).
  42. Run The Trap: The Best EDM, Hip Hop & Trap Music. „The Weeknd Teases Upcoming 'After Hours' Remix EP“ (2020-yil 1-aprel).
  43. "The Weeknd – Heartless". ARIA Top 50 Singles. Qaraldi: 2019-yil 7-dekabr.
  44. „ARIA Australia Top 40 Urban Singles“. Australian Recording Industry Association (2020-yil 30-mart). Qaraldi: 2020-yil 30-mart.
  45. "The Weeknd – Heartless" (olmoncha). Ö3 Austria Top 40. Qaraldi: 2019-yil 12-dekabr.
  46. "The Weeknd – Heartless" (niderlandcha). Ultratop 50. Qaraldi: 2019-yil 7-dekabr.
  47. "The Weeknd – Heartless" (fransuzcha). Ultratip. Qaraldi: 2019-yil 14-dekabr.
  48. "The Weeknd Chart History (Canadian Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2019-yil 10-dekabr.
  49. "The Weeknd Chart History (Canada CHR/Top 40)". Billboard. Qaraldi: 2020-yil 3-mart.
  50. "The Weeknd Chart History (Canada Hot AC)". Billboard. Qaraldi: 2020-yil 9-mart.
  51. "ČNS IFPI" (chexcha). Hitparáda – Radio Top 100 Oficiální. IFPI Czech Republic. Note: Change the chart to CZ – RADIO – TOP 100 and insert 202007 into search. Qaraldi: 2020-yil 18-fevral.
  52. "ČNS IFPI" (chexcha). Hitparáda – Digital Top 100 Oficiální. IFPI Czech Republic. Note: Change the chart to CZ – SINGLES DIGITAL – TOP 100 and insert 201949 into search. Qaraldi: 2019-yil 10-dekabr.
  53. "The Weeknd: Heartless" (finncha). Musiikkituottajat – IFPI Finland. Qaraldi: 2019-yil 8-dekabr.
  54. "The Weeknd – Heartless" (fransuzcha). Les classement single. Qaraldi: 2020-yil 14-iyun.
  55. "The Weeknd – Heartless" (olmoncha). GfK Entertainment Charts. Qaraldi: 2019-yil 6-dekabr.
  56. "The Weeknd Chart History (Global 200)". Billboard. Qaraldi: 2022-yil 27-yanvar.
  57. „IFPI Charts Digital Singles Chart (International) Week 48 2019“. IFPI Greece. Qaraldi: 2019-yil 9-dekabr.
  58. "Archívum – Slágerlisták – MAHASZ" (vengercha). Single (track) Top 40 lista. Magyar Hanglemezkiadók Szövetsége. Qaraldi: 2019-yil 12-dekabr.
  59. "Archívum – Slágerlisták – MAHASZ" (vengercha). Stream Top 40 slágerlista. Magyar Hanglemezkiadók Szövetsége. Qaraldi: 2019-yil 12-dekabr.
  60. „Tónlistinn – Lög“ [The Music – Songs] (is). Plötutíðindi. 2020-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-iyul.
  61. "Irish-charts.com – Discography The Weeknd". Irish Singles Chart. Qaraldi: 2019-yil 7-dekabr.
  62. "The Weeknd – Heartless". Top Digital Download. Qaraldi: 2020-yil 14-iyun.
  63. „Mūzikas Patēriņa Tops/ 49. nedēļa“ (lv). LAIPA (2019-yil 6-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 14-dekabr.
  64. „The Official Lebanese Top 20 - The Weeknd“. The Official Lebanese Top 20. Qaraldi: 2020-yil 1-fevral.
  65. „2019 49-os savaitės klausomiausi (TOP 100)“ (lt). AGATA (2019-yil 6-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 6-dekabr.
  66. „Top 20 Most Streamed International & Domestic Singles In Malaysia“ (en). Recording Industry Association of Malaysia. Recording Industry Association of Malaysia. Qaraldi: 2019-yil 15-dekabr.
  67. "The Weeknd – Heartless" (niderlandcha). Single Top 100. Qaraldi: 2019-yil 7-dekabr.
  68. "The Weeknd – Heartless". Top 40 Singles. Qaraldi: 2020-yil 14-iyun.
  69. "The Weeknd – Heartless". VG-lista. Qaraldi: 2020-yil 14-iyun.
  70. "The Weeknd – Heartless". AFP Top 100 Singles. Qaraldi: 2019-yil 15-dekabr.
  71. „Airplay 100 – 22 decembrie 2019“ (ro). Media Forest. Kiss FM (2019-yil 22-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 23-dekabr.
  72. "Official Scottish Singles Sales Chart Top 100". Official Charts Company. Qaraldi: 2019-yil 7-dekabr.
  73. „RIAS International Top Charts Week 49“. Recording Industry Association (Singapore). 2019-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  74. "The Weeknd – Heartless" Canciones Top 50. Qaraldi: 2020-yil 14-iyun.
  75. "The Weeknd – Heartless". Singles Top 100. Qaraldi: 2020-yil 14-iyun.
  76. "The Weeknd – Heartless". Swiss Singles Chart. Qaraldi: 2019-yil 9-dekabr.
  77. "Official Singles Chart Top 100". Official Charts Company. Qaraldi: 2019-yil 7-dekabr.
  78. "Official R&B Singles Chart Top 40". Official Charts Company. Qaraldi: 2019-yil 7-dekabr.
  79. "The Weeknd Chart History (Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2019-yil 10-dekabr.
  80. "The Weeknd Chart History (Adult Pop Songs)". Billboard. Qaraldi: 2020-yil 31-mart.
  81. "The Weeknd Chart History (Dance Mix/Show Airplay)". Billboard. Qaraldi: 2020-yil 16-mart.
  82. "The Weeknd Chart History (Hot R&B/Hip-Hop Songs)". Billboard. Qaraldi: 2019-yil 10-dekabr.
  83. "The Weeknd Chart History (Pop Songs)". Billboard. Qaraldi: 2020-yil 3-mart.
  84. "The Weeknd Chart History (Hot R&B/Hip-Hop Airplay)". Billboard. Qaraldi: 2022-yil 28-mart.
  85. "The Weeknd Chart History (Rhythmic)". Billboard. Qaraldi: 2020-yil 4-fevral.
  86. „Top 100 Songs, November 29 – December 5, 2019“. Rolling Stone. December 5, 2019. December 10, 2019da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: December 11, 2019.
  87. „Canadian Hot 100 – Year-End 2020“. Billboard. Qaraldi: December 4, 2020.
  88. „Hot 100 Songs – Year-End 2020“. Billboard. Qaraldi: December 4, 2020.
  89. „Dance/Mix Show Songs – Year-End 2020“. Billboard. Qaraldi: December 4, 2020.
  90. „Hot R&B/Hip-Hop Songs – Year-End 2020“. Billboard. Qaraldi: December 4, 2020.
  91. „Pop Songs – Year-End 2020“. Billboard. Qaraldi: December 4, 2020.
  92. „Rhythmic Songs – Year-End 2020“. Billboard. Qaraldi: December 4, 2020.
  93. Hiphop-n-more. „The Weeknd to Release 2 New Singles 'Blinding Lights' & 'Heartless' This Week“ (2019-yil 26-noyabr).
  94. Play MPE. „The Weeknd - Heartless“ (2019-yil 27-noyabr).
  95. Radio Date. „Heartless THE WEEKEND“.
  96. All Access. „Top 40/M“ (2019-yil 3-dekabr). 2019-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  97. All Access Music Group. „Top 40/R Future Releases“ (2019-yil 3-dekabr). 2019-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.

Havolalar

tahrir