Heiko Herrlich
Heiko Herrlich (1971-yil 3-dekabrda tugʻilgan) — nemis futbol murabbiyi va sobiq futbolchisi, faoliyati davomida hujumchi sifatida oʻynagan. U oxirgi marta „Augsburg“ klubini boshqargan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 3-dekabr 1971-yil | ||
Tavallud joyi | Mannheim, Germaniya | ||
Boʻyi | 1.89 m[1] | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1978-1984 | FC Kollnau | ||
1984-1986 | FC Emmendingen | ||
1986-1989 | SC Freiburg | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1989-1993 | Bayer Leverkusen | 75 | (6) |
1993-1995 | Borussia Mönchengladbach | 55 | (28) |
1995-2004 | Borussia Dortmund | 128 | (41) |
Milliy terma jamoa | |||
1990-1993 | Germany U-21 | 20 | (17) |
1995 | Germaniya | 5 | (1) |
Boshqargan klublari | |||
2007-2008 | Germaniya U-17 | ||
2008-2009 | Germaniya U-19 | ||
2009-2010 | VfL Bochum | ||
2011-2012 | SpVgg Unterhaching | ||
2015-2017 | Jahn Regensburg | ||
2017-2018 | Bayer Leverkusen | ||
2020-2021 | FC Augsburg | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Faoliyati
tahrirHerrlich Germaniya Bundesligasida 258 ta oʻyin oʻtkazib(1989-2004), „Bayer 04“, „Borussia Mönchengladbach“ va „Borussia Dortmund“ jamoalari tarkibida 75 ta gol urgan[2]. Dortmundning „Borussiya“ jamoasi bilan 1996 va 2002-yillarda Germaniya chempioni, 1997-yilda Chempionlar Ligasi va Qitʼalararo kubogi gʻolibi, „Borussiya Myonxengladbax“ jamoasi bilan esa 1995-yilda DFB-Pokal gʻolibi boʻlgan.
2000-yil kuzida uning miyasida xavfli oʻsma borligi aniqlandi. U radiatsion nur terapiyasi bilan muvaffaqiyatli davolandi va 2001-yilda Bundesligaga qaytd. Ammo futbolchi sifatidagi mavqeyini qayta tiklay olmadi. U bir qancha jarohatlardan soʻng 2004-yilda professional faoliyatini yakunlaydi.
Xalqaro faoliyati
tahrir1995-yilda Herrlich Germaniya terma jamoasi safida UEFA Yevro-1996 saralash oʻyinlarida jami beshta oʻyin oʻtkazgan[3]. U Uelsga qarshi oʻyinda gol uradi, ammo jarohati tufayli final turnirini oʻtkazib yuboradi.
Murabbiylik faoliyati
tahrirHerrlich 2005-yilda murabbiylik litsenziyasini oldi va Borussiya Dortmundning yoshlar jamoasini boshqara boshladi. 2007-yil iyul oyida u Germaniya U-17 terma jamoasiga murabbiy etib tayinlandi va 2007-yilda Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Jahon chempionatida uchinchi oʻrinni egalladi[4]. 2009-yil 27-oktyabrda u Germaniya futbol assotsiatsiyasidan ozod qilinadi[5]. Keyinchalik u 2009-yilning 27-oktyabridan 2010-yilning 29-apreliga qadar VfL Bochum bosh murabbiyi boʻladi[6]. U Bochum jamoasidagi faoliyati davomida to‘rtta g‘alaba, sakkizta durang va 10ta mag‘lubiyat qayd etgan[6].
2011-2012-yilgi mavsum boshida u SpVgg Unterhachingga yangi murabbiy etib tayinlandi[7]. U 2012-yilning 25-may kuni shaxsiy sabablarga koʻra klubni tark etdi[8]. U SpVgg Unterhaching jamoasi bilan 13 gʻalaba, 8 durang va 19 magʻlubiyat qayd etgan[7].
2013-yilning 21-iyunida u „Bavariya“ U-17 jamoasining bosh murabbiyi bo‘ldi[9]. 2015-yil iyun oyida Myunxenning „Bavariya“ yoshlar boʻlimi qayta tuzildi va Herrlich Myunxenni tark etdi[10].
2015-yil 20-dekabrda u Jan Regensburg jamoasiga murabbiy etib tayinlandi[11]. Uning shartnomasi 2015-2016-yilgi mavsum oxirigacha tuzilgan boʻlib, agar Jahn 3-oʻringa koʻtarilsa, yana bir yilga uzaytirilishi rejalashtirilgan edi[12] Regensburg klubi Herrlich hukmronligi davrida ketma-ket koʻtarilib, 2-oʻringa chiqib oladi.
2017-yilning 9-iyunida Herrlichning Bayer Leverkusenga yangi bosh murabbiy sifatida qaytishi malum boʻldi[13].
U 2020-yil 10-martda „Augsburg“ klubining yangi bosh murabbiyi etib tayinlangan[14] va 2021-yil 26-aprelida jamoani tark etgan[15].
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Germaniya kubogi | Yevropa | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Liga | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
Bayer Leverkusen | 1989-90 | Bundesliga | 16 | 0 | 1 | 0 | — | — | 17 | 0 | ||
1990-91 | 18 | 3 | 1 | 0 | 3 | 1 | — | 22 | 4 | |||
1991-92 | 28 | 3 | 5 | 2 | — | — | 33 | 5 | ||||
1992-93 | 13 | 0 | 0 | 0 | — | — | 13 | 0 | ||||
Jami | 75 | 6 | 7 | 2 | 3 | 1 | 0 | 0 | 85 | 9 | ||
Borussia Mönchengladbach | 1993-94 | Bundesliga | 23 | 8 | 2 | 0 | — | — | 25 | 8 | ||
1994-95 | 32 | 20 | 6 | 6 | — | — | 38 | 26 | ||||
Jami | 55 | 28 | 8 | 6 | 0 | 0 | 0 | 0 | 63 | 34 | ||
Borussia Dortmund | 1995-96 | Bundesliga | 16 | 7 | 4 | 1 | 6 | 1 | — | 26 | 9 | |
1996-97 | 23 | 8 | 1 | 1 | 9 | 3 | — | 33 | 12 | |||
1997-98 | 21 | 7 | 3 | 2 | 7 | 2 | 3 | 1 | 34 | 12 | ||
1998-99 | 21 | 6 | 2 | 0 | — | — | 23 | 6 | ||||
1999-2000 | 22 | 6 | 1 | 0 | 9 | 1 | 1 | 0 | 33 | 7 | ||
2000-01 | 10 | 7 | 2 | 3 | — | — | 12 | 10 | ||||
2001-02 | 10 | 0 | 0 | 0 | 3 | 1 | — | 13 | 1 | |||
2002-03 | 5 | 0 | 2 | 0 | 2 | 0 | — | 9 | 0 | |||
Jami | 128 | 41 | 15 | 7 | 36 | 4 | 4 | 1 | 183 | 53 | ||
Faoliyatida | 258 | 75 | 30 | 15 | 39 | 5 | 4 | 1 | 331 | 96 |
Xalqaro
tahrirYoʻq. | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 1995-yil 26-aprel | Rheinstadion, Dyusseldorf, Germaniya | Uels | 1-1 | 1-1 | UEFA Yevro-1996 saralashi |
Yutuqlari
tahrirOʻyinchi sifatida
tahrirBayer Leverkusen
- DFB-Pokal : 1992-1993[16]
Borussia Mönchengladbach
- DFB-Pokal: 1994-1995
Borussiya Dortmund
- Bundesliga : 1995-1996, 2001-2002
- UEFA Chempionlar Ligasi : 1996-1997
- Qitʼalararo kubok : 1997-yil
- UEFA kubogi sohibi: 2001-2002
- UEFA Superkubogi sohibi : 1997-yil
Individual
- Bundesliganing eng yaxshi toʻpurari : 1994-19995 (Mario Basler bilan birga)
Murabbiy sifatida
tahrirGermaniya U17
- FIFA U-17 Jahon chempionatida uchinchi oʻrin: 2007
Individual
- 17 yoshgacha boʻlgan eng yaxshi murabbiy: 2008-yil
Manbala
tahrir- ↑ „Heiko Herrlich – Spielerprofil – DFB“ (de). dfb.de. Qaraldi: 2020-yil 18-oktyabr.
- ↑ Arnhold. „Heiko Herrlich – Matches and Goals in Bundesliga“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (2015-yil 4-iyun). Qaraldi: 2015-yil 11-iyun.
- ↑ Arnhold. „Heiko Herrlich – International Appearances“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (2015-yil 4-iyun). Qaraldi: 2015-yil 11-iyun.
- ↑ „Heiko Herrlich betreut U 17 bei der Weltmeisterschaft in Korea“ (de). DFB (2007-yil 14-may). 2009-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 29-avgust.
- ↑ „Herrlich neuer Trainer in Bochum“ (de). DFB (2009-yil 27-oktyabr). 2009-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 29-avgust.
- ↑ 6,0 6,1 „VfL Bochum“ (de). kicker.de. kicker. Qaraldi: 2017-yil 25-yanvar.
- ↑ 7,0 7,1 „SpVgg Unterhaching“ (de). kicker.de. kicker. Qaraldi: 2017-yil 25-yanvar.
- ↑ „Herrlich geht, Schromm übernimmt“ (de). kicker.de (2012-yil 25-may). Qaraldi: 2012-yil 9-noyabr.
- ↑ „Heiko Herrlich neuer U17-Coach“ (de). FC Bayern Munich (2013-yil 21-iyun). Qaraldi: 2013-yil 22-iyun.
- ↑ „FCB stellt 'wichtige Weichen für die Zukunft'“ (de). FC Bayern Munich (2015-yil 9-iyun). Qaraldi: 2016-yil 8-yanvar.
- ↑ „Jahn Regensburg“ (de). kicker.de. kicker. Qaraldi: 2017-yil 25-yanvar.
- ↑ „Heiko Herrlich Übernimmt!“ (de). SSV Jahn Regensburg (2015-yil 20-dekabr). 2016-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-yanvar.
- ↑ „Herrlich – Bayer 04 hat neuen Cheftrainer“ (de). bayer04.de (2017-yil 9-iyun). 2022-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-iyun.
- ↑ „FCA präsentiert Schmidt-Nachfolger: Herrlich übernimmt“ (de). kicker.de. kicker (2020-yil 10-mart). Qaraldi: 2020-yil 10-mart.
- ↑ „FCA part ways with Heiko Herrlich – Markus Weinzierl new head coach“. fcaugsburg.de (2021-yil 26-aprel). Qaraldi: 2021-yil 26-aprel.
- ↑ „Heiko Herrlich“ (de). fussballdaten.de. Qaraldi: 2016-yil 8-yanvar.