Tajan (Turkmaniston chegarasidan tashqaridagi qismi Herirud) — Afgʻoniston, Eron va Turkmanistondagi dare. Uzunligi 1150 km. Havzasining maydoni 70600 km². Afgʻoniston hududida taxminan 3000 m balandlikdan boshlanadi. Hirot vohasigacha togʻlar orasidan tor vodiyda, ostonalar orqali oqadi. Hirot va Tajan vohasida vodiysi keng . Eng yirik irmoklari: Ishlan va Kashafrud. T. suvidan sugorishda keng foydalaniladi. Dare Hirot vohasidan chiqqach, Eron bilan Afgʻoniston chegarasidan, soʻngra Turkmaniston bilan Eron chegarasidan oqadi. T. Tajan vohasida irrigatsiya kanallariga taralib, soʻng tugaydi. Suvi juda loyka. Dare, asosan, krrdan, kisman, yomgʻirdan suv oladi. Mart — may oylarida toʻlib oqadi. Qishda muzlamaydi. Oʻrtacha suv sarfi Puli Xotun yakinida (dare tugagan joydan 325 km yukrrida) 30 moʻsek., eng kup suv sarfi 990 m³/sek. Daryoning Turkmaniston bilan Eron chegarasidan utgan kismi yoz oxirida kupincha qurib qoladi. T.ga Turkmaniston hududida ikkita suv ombori — Tajan (hajmi 142 mln. m³) va Tajan2 (hajmi 180 mln. m³) qurilgan. 1960 yildan Amudaryo suvining bir qismi Qoraqum kanali orqali T.ga quyilmoqda. T. boʻyida Tajan sh. bor.

Tajan
[[Tasvir:|250px|]]
Tavsif
Uzunligi 1 150
Maydoni 70 600 km²
Suv sarfi m³/s
Joylashuvi
Davlat Afgʻoniston/Eron/Turkmaniston
Tajan (daryo)

Manbalar

tahrir

[1]

  1. „Tajan (daryo)“ OʻzME. T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil