Hermann Joseph Muller
Hermann Joseph Muller (1890.21.12, Nyu-York — 1967.5.4, Indianapolis, Indiana shtati) — amerikalik genetik. Radiatsion genetika asoschilaridan. 1933—37 yillarda SSSRda ishlagan. Texas (1925-32), 1945-yildan Indiana shtatidagi universitet professor Rentgen nuri taʼsirida sunʼiy mutatsiyalar paydo qilish mumkinligini tajribada isbotlagan (1927). Irsiyatning xromosoma nazariyasi kashfiyotchilaridan. Nobel mukofoti laureata (1946).[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |