Hi-Tech bank
„Hi-Tech“ bank XATB— xususiy aksiyadorlik tijorat banki boʻlib, Oʻzbekistonda bankrot sifatida tugatilgan banklardan biri[1]. 2023-yil 17-martdagi Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi qarori bilan bankrot deb topilgan[1].
Hi-Tech bank | |
---|---|
Asosiy maʼlumotlar | |
Turi | AJ |
Shiori | Biz trendlarni yaratamiz |
Litsenziyasi | №80 2015-yil 18-aprel |
Faoliyati | chakana bank, korporativ bank |
Asos solingan | 2010-yil 9-yanvar |
Yopilgan yil | 2022-yil 7-oktyabr |
Tarixi
tahrirHi-Tech bank 2010-yil 9-yanvarda xususiy yopiq aksiyadorlik banki sifatida tashkil etilgan. 2015-yil mart oyida bank XATBga oʻzgartirildi va 18-aprelda bank faoliyatini amalga oshirish litsenziyasini yangiladi[2].
2019-yil bank yuridik manzili Toshkent shahar Shahrisabz koʻchasi 15a-uyga koʻchirildi.
2020-yil iyunda Hi-Tech bank rebrendingni amalga oshirdi[3].
2022-yil aprel oyida Hi-Tech bankning 97,21 mlrd soʻm qarzdorligi mavjud ekanligi maʼlum boʻldi. Ushbu mablagʻlarning 26,12 mlrd soʻmi Ipoteka bank, 24,51 mlrd soʻmi Xalq banki, 24,6 mlrd soʻmi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, 13,5 mlrd soʻmi Coca-Cola ichimligi Oʻzbekiston kompaniyasi, 8,10 mlrd soʻmi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan bankka qoʻyilgan depozit mablagʻlari hisoblanadi[4].
2022-yil iyun oyida bankning Mirobod tumanidagi bosh ofisi binosi 11,57 milliard soʻm boshlangʻich narx bilan E-auksion platformasida sotuvga qoʻyildi[5]. Bank tugatilganidan keyin, 2023-yil noyabr oyida ushbu bino 25,3 mlrd soʻm boshlangʻich narx bilan auksionga qoʻyildi va auksionda 27,9 mlrd soʻm narx taklifi bilan WBM Hazorasp kompaniyasi yutib oldi. Bankning 60 mlrd soʻm boshlangʻich narx bilan auksionga chiqarilgan yana bir binosini esa 69 mlrd soʻm taklif qilgan Oʻzbekinvest sugʻurta kompaniyasi sotib oldi[6].
2022-yil 7-oktyabrdagi Markaziy bank boshqaruvining 22/2-sonli qaroriga asosan, „Hi-Tech bank“ XATBdan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya chaqirib olingan. Bunga asos sifatida „Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida“gi qonunning 54 va 77-moddalaridagi qoidabuzarliklar keltirib oʻtilgan[7].
2022-yil 27-oktyabr kuni Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov matbuot anjumanida fuqarolarning Hi-Tech bankda taxminan 5 mlrd soʻm mablagʻlari borligini, ushbu mablagʻlar agent-bank sifatida tanlangan Qishloq qurilish bank tomonidan qaytarilishini maʼlum qildi[8].
2022-yil dekabr oyida Hi-Tech bank Markaziy bankni litsenziyani chaqirib olgani uchun sudga berdi, biroq sud bankning daʼvosini rad etgan[9].
2023-yil 17-martdagi Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi qarori bilan bankrot deb topildi.
Bank infratuzilmalari geografiyasi
tahrirBank bosh ofisi va Markaziy amaliyot boshqarmasi orqali mijozlarga xizmat koʻrsatgan[10].
Korporativ boshqaruvi
tahrirBank tugatilayotgan paytda quyidagilar bank Kuzatuv kengashi aʼzolari edi[11]:
- Azamatjon Toxtasinov — „WBM Romitex“ MChJ;
- Marat Kadirov — „Asia Pipeplast“ MChJ;
- Jamshit Baxritdinov — „Mega Oil Biznes“ MChJ;
- Nuriddin Ishanxodjayev — „Xabib Xamid“ XK;
- Aslidin Uzoqov — Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi.
Moliyaviy koʻrsatkichlari
tahrirHi-Tech bank 2022-yil yarim yillikni 7,9 mlrd soʻm zarar bilan yakunlagan.
Bankning tugatilishigacha boʻlgan 5 yildagi moliyaviy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida quyidagi jadvalda maʼlumot berilgan:
Yillar | 2018-yil 1-yanvar[12] | 2019-yil 1-yanvar[13] | 2020-yil 1-yanvar[14] | 2021-yil 1-yanvar[15] | 2022-yil 1-yanvar[16] | 2022-yil 1-iyul[17] |
---|---|---|---|---|---|---|
Aktiv | 188 | 162 | 354 | 382 | 315 | 258 |
Kredit | 73 | 130 | 247 | 243 | 160 | 120 |
Kapital | 47 | 82 | 120 | 139 | 105 | 93 |
Depozit | 55 | 74 | 161 | 144 | 131 | 102 |
Sof foyda | - | 3,5 | - | 2,0 (30-oʻrin)[18] | −35,5 (30-oʻrin)[19] | −7,9 (29-oʻrin)[20] |
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Hi-tech bank bankrot deb e’lon qilindi“. Gazeta.uz. Afisha Media (2023-yil 1-mart). Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
- ↑ „XATB "Hi-Tech Bank"“. bank.uz. Qaraldi: 1-aprel 2024-yil.
- ↑ „"Hi Tech bank" ребрендинг қилибди.“ (2020-yil 17-iyun). Qaraldi: 1-aprel 2024-yil.
- ↑ „2022 йил 11 апрель ҳолатига кўра, "Hi-Tech Bank" ХАТБнинг ўз вақтида тўланмаган қарздорлиги 97,21 млрд. сўмга етди“. Bankers.uz (2022-yil 4-aprel). Qaraldi: 1-aprel 2024-yil.
- ↑ „Hi-Tech Bank бош офиси биноси банкнинг қарзлари сабабли қайта аукционга қўйилди“. Bankers.uz (2022-yil 7-iyun). Qaraldi: 1-aprel 2024-yil.
- ↑ „Проданы два здания, принадлежавшие HI-Tech Bank“ (ru). Kapital.uz (2023-yil 7-noyabr). Qaraldi: 1-aprel 2024-yil.
- ↑ „«Туркистон» ва Hi-tech bank`нинг лицензияси бекор қилинди“. Gazeta.uz. Afisha Media (2022-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 1-aprel 2024-yil.
- ↑ „Turkiston Bankda aholining taxminan 368 mlrd, Hi-Tech Bankda esa 5 mlrd so‘m mablag‘lari bor — Mamarizo Nurmuratov“. Spot.uz. Afisha Media (2022-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 1-aprel 2024-yil.
- ↑ „Hi-Tech Bank подал в суд на решение Центробанка об отзыве лицензии“ (ru). Gazeta.uz. Afisha Media (2022-yil 26-dekabr). Qaraldi: 1-aprel 2024-yil.
- ↑ „Hi-Tech Bank filiallari“. bank.uz. Qaraldi: 1-aprel 2024-yil.
- ↑ „Hi-Tech Bank Кузатув кенгаши янги таркибда сайланди“. Bankers.uz (2022-yil 31-avgust). Qaraldi: 1-aprel 2024-yil.
- ↑ „Тижорат банклари фаолиятининг асосий кўрсаткичлари тўғрисида 2018 йил 1 январь ҳолатига маълумот“. cbu.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki. Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
- ↑ „Тижорат банклари фаолиятининг асосий кўрсаткичлари тўғрисида 2019 йил 1 январь ҳолатига (банклар кесимида) МАЪЛУМОТ“. cbu.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki. Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
- ↑ „Тижорат банклари фаолиятининг асосий кўрсаткичлари тўғрисида 2020 йил 1 январь ҳолатига (банклар кесимида) МАЪЛУМОТ“. cbu.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki. Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
- ↑ „Тижорат банклари фаолиятининг асосий кўрсаткичлари тўғрисида 2021 йил 1 январь ҳолатига маълумот“. cbu.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki. Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
- ↑ „Тижорат банклари фаолиятининг асосий кўрсаткичлари тўғрисида 2022 йил 1 январь ҳолатига маълумот“. cbu.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki. Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
- ↑ „Тижорат банклари фаолиятининг асосий кўрсаткичлари тўғрисида 2022 йил 1 июль ҳолатига маълумот“. cbu.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki. Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
- ↑ „2020 йил якунлари бўйича Ўзбекистон банкларининг баланс соф фойдаси.“. Bankers.uz (2021-yil 16-yanvar). Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
- ↑ „Тўртта банк 2021 йилни молиявий зарар билан якунлади“. Bankers.uz (2022-yil 17-yanvar). Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
- ↑ „Тижорат банкларининг жами соф фойдаси 2022 йил 1-ярим йиллик якунлари бўйича 4 трлн. 755 млрд. сўмни ташкил қилган“. Bankers.uz (2022-yil 18-iyul). Qaraldi: 31-mart 2024-yil.