Hillel (Harry) Furstenberg (ivritcha: הלל (הארי) פורסטנברג) (talaffuzi: Hillel (Herri) Furstenberg) (1935-yil 29-sentyabrda tugʻilgan) — amerikalik-isroillik matematik. Furstenberg ehtimollar nazariyasi hamda ergodik teoriyani matematikaning boshqa sohalariga, jumladan, sonlar nazariyasi hamda Lie guruhlariga tatbiq qilib tanilgan. 2006/07-yilgi Wolf mukofoti hamda 2020-yili Abel mukofoti bilan bilan taqdirlangan.

Hillel Furstenberg
Tavalludi 29-sentyabr 1935-yil (1935-09-29) (89 yosh)
Berlin, Germaniya
Fuqaroligi Isroil
AQSh
Sohasi Matematika
Institutlar Minnesota universiteti
Quddus yahudiy universiteti
Taʼlimi Princeton universiteti
Akademik rahbarlari Salomon Bochner
Mashhur shogirdlari Alexander Lubotzky
Vitaliy Bergelson
Shahar Mozes
Yuval Peres
Tamar Ziegler
Mukofotlari Isroil mukofoti stipendiyasi (1993)
Harvey mukofoti (1933)
Wolf mukofoti (2006/07)
Abel mukofoti (2020)

Furstenberg 1935-yil Germaniyada tugʻilgan. 1939-yil oilasi bilan AQShga koʻchib ketgan. 1955-yil Yeshiva universitetini tamomlagan. 1958-yil Princeton universitetidan PhD darajasini olgan. Avvaliga Minnesota universitetida, 1965-yildan Quddus yahudiy universitetida ishlagan.

Furstenberg 1955-yil tub sonlar cheksizligini yangicha topologik isbotini taklif qilgan. 1977-yil Szemerédi teoremasini isbotlagan. Furstenberg–Sárközy teoremasi uning nomi bilan ataladi.