Hiloldoshlar
Hiloldoshlar (Cyperaceae), bar-didoshlar — koʻp yillik, baʼzan bir yillik bir urugʻpallali oʻsimliklar oilasi, asosan oʻtlar. 85 turkum 3500 dan ortiq turni oʻz ichiga oladi. Yer sharining hamma mintaqalarida uchraydi. Koʻproq Shimoliy yarimsharning moʻʼtadil va sovuq mintaqalarida tarqalgan. Asosan, zax, botqoq yerlarda, ariqlar boʻyida, bir qancha turi choʻl, adir, togʻ va yaylovlarda oʻsadi. H.ga bardi, qamish, papirus, salomalaykum va boshqa kiradi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |