Hoji Muhammadxon, Hojimxon (1519–1602, Urganch) – Xorazm davlatida (Xiva xonligi) 1558–1594 va 1598–1602-yillarda hukmronlik qilgan Arabshohiylar oʻzbek sulolasining oʻninchi vakili.

Hoji Muhammadxon
Xiva xoni
Vorisi Arab Muhammadxon
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1519-yil
Vafoti 1602-yil
Urganch
Bolalari Arab Muhammadxon
Muhammad Ibrohim
Otasi Og'atoyxon
Dini Sunniy islom

Hoji Muhammadxon Agatayxonning oʻgʻli va oʻzbek ulusi hukmdori Yodgorxonning avlodi edi. Hoji Muhammadxon 1558-yilda Vazirda taxtga oʻtirdi. „Tajribali, adolatli va taqvodor hukmdor“ deb hisoblangan Hoji Muhammadxonning nisbatan uzoq hukmronligi davrida mamlakatni birlashtirish va markaziy hokimiyatning mavqeini mustahkamlashga urinishlar qilingan. Hoji Muhammadxon davrida Xorazm hukmdorlarining bosh qarorgohini Xiva shahriga koʻchirish bosqichma-bosqich jarayoni boshlandi. Hoji Muhammadxon 1602-yilda vafot etdi va uning oʻgʻli Arab Muhammadxon Xorazmda hokimiyat tepasiga keldi.

Hokimiyatga koʻtarilish

tahrir

Hoji Muhammadxon Avaneshxonning oʻgʻli Ali Sultonning koʻmagida va Bujugʻxonning oʻgʻli Doʻstxon vafotidan soʻng 1558-yilda ogʻir siyosiy jarayonlar davrida Vazir taxtiga oʻtirdi. Koʻrsatilgan yordam evaziga Ali Sulton oʻziga meros qolgan Dorundan tashqari Urganch, Hazorasp va Katni ham oldi.

„Tajribali, adolatli va taqvodor podshoh“ hisoblangan Hoji Muhammadxonning nisbatan uzoq davom etgan hukmronligi davrida mamlakatni birlashtirish va markaziy hukumat mavqeyini mustahkamlashga harakat qilgan, biroq bu yoʻnalishda yaqqol muvaffaqiyatga erishmadi[1].

Hoji Muhammadxon davrida Xorazm hukmdorlarining asosiy qarorgohlarini Xiva shahriga koʻchirish boʻyicha bosqichma-bosqich jarayon boshlandi va bu jarayon Abulgʻozixon (1643–1663) davrida yakunlandi.

Tashqi siyosat

tahrir

Hoji Muhammadxonning hukmronligi davrida mamlakatga ingliz sayohatchisi Antoni Jenkinson tashrif buyurgan.

1564-yilda Hoji Muhammadxon rus podshosi Ivan Grozniy huzuriga elchi yuboradi[2].

Xonning qarorgohi dastlab Vazir shahrida joylashgan edi, keyin esa Urganchga koʻchirildi[3].

Hoji Muhammadxon hukmronligi davri Buxoro xoni Abdullaxon II ning Xorazmga uch marta yurishiga qaramay, nisbatan tinch siyosat yuritgani bilan ajralib turadi.


Hojimxon va Abdullaxon II

tahrir

Buxoro xonligi hukmdori Abdullaxon II Usmonlilar imperiyasi bilan diplomatik ittifoq tuzgan. 1591-yilda Buxoro hukmdorining boy sovgʻalar bilan jihozlangan elchixonasi Urganch va Shirvon orqali Istanbulga yoʻl oladi va kutilmaganda karvon Hojimxonning oʻgʻli Muhammad Ibrohim tomonidan Xorazmda talon-taroj qilinadi. Elchixona tarkibiga ikki yaqin hamkor Hofiz Kutay va Sayid Quli kirgan. Ular Murod III nomiga yozilgan maktubni koʻtarib olishgan, unda Abdullaxon II Sultonga doʻstona niyatlarini bildirgan.

Hojimxon Safaviylar davlati bilan diplomatik aloqa oʻrnatgan. Safaviylarga qarshi Buxoro xonligi va Usmonlilar imperiyasi kurashgan. Usmonlilar bilan sulh tuzilgandan soʻng Safaviylar hukmdori Abbos I (1587–1623) Buxoro va Balx qoʻshinlari tomonidan bosib olingan hududlarni himoya qila boshladi. Ayni vaqtda Xorazm hukmdori Hojimxon Abdullaxon II ga qarshi isyon koʻtarib, urush boshlaydi.

1593-yilda Abdullaxon II oʻz oʻgʻli Abdulmoʻminxon boshchiligida Xurosonga qoʻshin yuboradi. 1593–1594-yillarda Abdullaxon II Hojimxonni magʻlub etadi. Xorazm Abdullaxon tomonidan zabt etiladi. Hojimxon oʻgʻillari va nabiralari bilan birgalikda Safaviy shohi Abbos I huzuriga, Qazvinga qochib, panoh topishga majbur boʻladi. U keyinchalik ham Xorazmda oʻz taʼsirini kuchaytirish uchun Safaviylarning yordamiga umid qildi. Abdullaxon II Xorazmga qilgan yurishidan soʻng darhol 1593-yilda Istanbulga qimmatbaho sovgʻalar bilan elchi yuboradi.

1598-yilda Abdullaxon II vafotidan keyingina Hojimxonning Xorazmda taxtni qayta egallashga boʻlgan urinishlari muvaffaqiyatli boʻldi[4].

Vafoti

tahrir

1602-yilda Hoji Muhammadxon vafot etadi. Xiva xonligida uning oʻgʻli Arab Muhammadxon hokimiyatga keladi.

Manbalar

tahrir
  1. Ртвеладзе Э. В., Алимова Д. А. Хорезм в истории государственности Узбекистана. Ташкент: «Узбекистан файласуфлари миллий жамияти», 2013 — 156-bet. 
  2. Жуковский С. В. Сношения России с Бухарой и Хивой за последнее трехсотлетие. Петроград, 1915, с.10
  3. Веселовский Н. И. Очерк историко-географических сведений о Хивинском ханстве. Спб., 1877,с.111,123
  4. „Hoji Muhammadxon“. ziyouz.com (12.03.2012avtor). Qaraldi: 8-oktabr 2023-yil.

Adabiyotlar

tahrir
  • Yoʻldoshev M., Xiva xonligida feodal yer egaligi va davlat tuzilishi, T., 1959;
  • Gulyamov Ya. G., Pamyatniki goroda Xivi, T., 1941;
  • Xudoyberganov K., Xiva – 2500. Xiva xonlari shajarasi, Xiva, 1996.
  • Gulyamov Y. G., Istoriya orosheniya Xorezma s drevneyshikh vremen do nashikh dney. Tashkent. 1957
  • Istoriya Uzbekistana. T.3. T.,1993.
  • Istoriya Xorezma. Pod redaktsiyey I. M. Muminova. Tashkent, 1976
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil