Horacio Cartes

Paragvayning 49-prezidenti

Horasio Manuel Kartes Jara (ispancha: Horacio Manuel Cartes Jara, 1956-yil 5-iyulda tugʻilgan) – paragvaylik tadbirkor, siyosatchi va davlat arbobi. 2023-yil 10-yanvardan beri oʻng qanot milliy respublikachilar uyushmasi (ANR, „Kolorado“ nomi bilan ham tanilgan) partiyasi raisi. 2013-yil 15-avgustdan 2018-yil 28-maygacha Paragvay prezidenti boʻlgan[1][2][3].

Horacio Cartes
Paragvay Prezidenti
Mansab davri
2013-yil 15-avgustdan – 2018-yil 15-avgustgacha
Vitse-prezident Juan Afara
Alicia Pucheta
Oʻtmishdoshi Federico Franco
Vorisi Mario Abdo Benítez
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Horacio Manuel Cartes Jara

5-iyul 1956-yil (1956-07-05) (68 yosh)
Asunsion, Paraguay
Siyosiy partiyasi Colorado
Turmush oʻrtogʻi María Montaña
Bolalari Juan Pablo
Sofía
María Sol
Dini Katolitsizm

Biografiyasi

tahrir

Tamaki, ichimliklar va goʻsht mahsulotlari bilan bogʻliq biznes bilan shugʻullanadi, 12ga yaqin kompaniyaga ega. 1989-yilda Cartes moliyaviy firibgarlikda ayblangan, ammo keyinchalik ayblov olib tashlangan. 2000-yilda politsiya uning mulkida giyohvand moddalar (marixuana va kokain) ortilgan samolyotni ushlab oldi, biroq Cartes samolyot favqulodda qoʻnganini daʼvo qilib, jazodan qutulib qoldi[4][5].

2013-yil aprel oyida Horasio Kartes prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozondi[6].

Faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biri mamlakat shimolida, uning eng qashshoq hududlaridan birida harakat qilayotgan Paragvay xalqi armiyasining chap qanot partizanlariga qarshi kurash edi. Partizanlarga qarshi turish uchun „oʻlim otryadlari“ – armiya va politsiyaning maxsus boʻlinmalari tashkil etildi[7].

2023-yil 26-yanvarda „Paragvayda demokratik institutlarga putur yetkazuvchi keng tarqalgan korrupsiyada ishtirok etgani“ uchun AQSh sanksiyalariga uchradi[8].

Manbalar

tahrir
  1. „Президент Парагвая ушел в отставку“. 2018-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-may.
  2. „Millionaire businessman wins Paraguay presidency“. France 24 (22-aprel 2013). 6-may 2013da asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Archived copy“ (deadlink). 2014-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 16-may. (Wayback Machine saytida 2014-05-17 sanasida arxivlangan)
  4. ʻʻThe Independentʻʻ, 19-aprel]] 2013, Horacio Cartes: Millionaire. Criminal. Business titan. Homophobe. The next president of Paraguay? (Wayback Machine saytida 2015-09-25 sanasida arxivlangan)
  5. „Jonathan Santana se nacionalizó paraguayo“. adnmundo.com. 2015-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyun]] 2015.
  6. „В Парагвае табачный магнат победил на президентских выборах“ (ru). РБК (2013-yil 22-aprel). 2021-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-noyabr.
  7. Кармен Вильяльба. „«Вооружённый защитник беднейшего народа»“ (ru). Страница Александра Тарасова (2016-yil 27-avgust). 2021-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-noyabr.
  8. „США ввели санкции в отношении вице-президента и бывшего президента Парагвая“. TACC. 2023-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-yanvar.