Horst Bulau
Horst Hardy Bulau — (1962-yil 14-avgustda tugʻilgan) Kanada terma jamoasi uchun kurashgan kanadalik sobiq changʻichi[1].
Horst Bulau | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Fuqaroligi | Kanada |
Tavallud sanasi |
14-avgust 1962-yil Ottawa, Ontario, Kanada |
Sport | |
Qaysi sport | (Changʻida sakrash) |
Faoliyati
tahrirFaoliyatining oxirigi yilllaridagi sarhoblarga koʻra, Hardy Jahon kubogida oʻn uchta gʻalabaga erishgan, bu Kanada tarixidagi changʻichilar orasidagi eng koʻp natija hisoblanadi. U yigirma toʻqqizta Jahon kubogi musobaqalarida kuchli uchlikdan oʻrin olgan, shuningdek, koʻplab eng yaxshi oʻntalikdan joy olgan. Bulay 1981-yildan 1983-yilgacha turli darajadagi jahon kubogida oʻzining oʻn uchta gʻalabasini qoʻlga kiritgan va umumiy Jahon kubogi jadvalida 3 (1981-yil), 3 (1982-yil) va 2 (1983-yil) oʻrinlarini egallagan. Uning 1979-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati kanadalik uchun birinchi Shimoliy musobaqada chempioni boʻlgani alohida etiborga loyiq.
Bulau 4 karra olimpiyachi hisoblanadi, chunki u 1980-yil (Leyk Plasid, AQSh), 1984-yil (Sarayevo, Yugoslaviya), 1988-yil (Kalgari, Alberta, Kanada) va 1992-yil (Albertvil, Fransiya) Qishki Olimpiya oʻyinlarida qatnashgan . 1988-yilda Kalgarida boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiada oʻyinlarida u katta tepalikdagi yakka tartibli musobaqada yettinchi oʻrinni egallagan, bu kanadalik changʻidan sakrash sportchi uchun eng yaxshi olimpiada koʻrsatkichidir.
Bulau 1993-yilda Kanada Olimpiya shon-shuhrat zaliga, 1994-yilda Kanada changʻi shon-shuhrat zaliga taklif etilgan va 1998-yilda Ottava sport shon-shuhrat zaliga taklif etilgan[2]. 2014-yil 22-oktyabrda Horst Bulau Kanadaning sport shon-shuhrat zaliga taqdirlash marosimiga taklif etilgan[3], Oilasi katta boʻlib Hoest uning rafiqasi Kerri va uchta farzandi Kifer, Zofiya va Raynerlardan iborat.
Bulau Ottava janubidagi Blossom parkida oʻsgan, u yerda otasi Otto (1926—2005-yillar) Sharqiy Prussiyadan qochqin sifatida Kanadaga kelgan va urushdan keyin rafiqasi Xelene (1928—1995-yil) bilan Ottavaga joylashishgan. Oilada toʻrt farzand boʻlishgan, ulardan Horst uchinchisi — yagona oʻgʻli farzand hisoblangan.
Horst koʻk togʻli Jozo Weider Alp poyga jamoasining maxsus maslahatchisi sifatida havaskor sport bilan shugʻullanishda davom etmoqda.
Jahon chempionati
tahrirTurnir jadvali
tahrirMavsum | Umumiy natijalar | 4H | SF |
---|---|---|---|
1979—1980-yil | 38 | 58 | Yoʻq |
1980—1981-yil | 10 | Yoʻq | |
1981—1982-yil | 24 | Yoʻq | |
1982—1983-yil | Yoʻq | ||
1983—1984-yil | 8 | 25 | Yoʻq |
1984—1985-yil | 19 | 11 | Yoʻq |
1985—1986-yil | 12 | 33 | Yoʻq |
1986—1987-yil | 47 | 67 | Yoʻq |
1987—1988-yil | 30 | 17 | Yoʻq |
1990—1991-yil | 31 | 52 | — |
1991—1992-yil | — | 74 | — |
Manbalar
tahrir- ↑ „Horst Hardy Bulau“. 2021-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-oktyabr.
- ↑ „Ottawa Sports Hall of Fame“. ottawasporthalloffame.ca. 2021-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-oktyabr.
- ↑ „Canada's Sports Hall of Fame“. sportshall.ca. 2018-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-oktyabr.