Hu Shuli Caixin Media jurnalistlar tashkiloti asoschisi va noshiri. U, shuningdek, Sun Yat-sen universitetining Aloqa va dizayn maktabida professor[1] va Xitoyning Renmin universiteti jurnalistika va kommunikatsiya maktabida yordamchi professor sifatida ishlaydi.[2]

Hu Shuli Tyanjin shahrida boʻlib oʻtgan Jahon Iqtisodiy Forumida yangi chempionlarning yillik yigʻilishida, 2012- yil

Caixin Media homiyligidagi Century Weekly jurnalining birinchi soni 2010-yil 4-yanvarda nashr etilgan.

Hu Reuters tahririyatining maslahat kengashi hamda Jahon iqtisodiy forumi Xalqaro media kengashlari aʼzosi sifatida faoliyat olib boradi. U United Way Worldwide global boshqaruv kengashida ham aʼzo sifatida faoliyat yuritadi.

Hayoti va Kariyerasi

tahrir

Hu Shuli 1953-yilda Pekinda taniqli jurnalistlar oilasida tavallud topgan: uning bobosi Xu Chjunchi mashhur tarjimon va Shen Bao gazetasida muharrir boʻlgan. Akasi Hu Yuji (1896-1986), "til islohotining dastlabki tarafdori, esperanto tilidan foydalanish va adabiyotda realizm " mavzusini tahrirlash va nashr etish bilan shug‘ullangan.[3] Uning onasi Hu Lingsheng Workers' Daily gazetasida katta muharrir boʻlgan. Uning otasi Kao Qifeng kasaba uyushmasida oʻrta darajadagi lavozimga ega edi.

Hu Shuli Pekindagi nufuzli 101-oʻrta maktabda oʻqigan . Madaniy inqilob davri uning oilasiga qiyinchiliklar olib keldi. Onasi uy qamogʻiga olindi. U esa Qizil gvardiya harakatiga qoʻshilib, mamlakat bo‘ylab sayohat qildi, oʻz safari davomida o‘qishga harakat qildi. Ikki yildan soʻng u Xalq ozodlik armiyasi safiga qoʻshildi va 1978-yilda oliy taʼlim darslari qayta boshlanganida, u Xitoyning Renmin universiteti(Xitoy Xalq universiteti)ga kirish huquqini qoʻlga kiritdi. 1982-yilda shu universitetning jurnalistika fakultetini tamomladi. U 1994-yilda Stenford universitetida Ritsar jurnalistika stipendiyasi dasturi doirasida rivojlanish iqtisodiyotini oʻrgandi va 2002-yilda Fordham universiteti va Pekin universiteti qoshidagi Xitoy iqtisodiy tadqiqotlar markazida aspirantura darajasiga ega boʻlgan.

Caijing jurnalini tashkil qilishdan oldin u Xitoyning ikkinchi yirik gazetasi boʻlgan Worker’s Dailyda muharrir yordamchisi, muxbir va xalqaro muharrir boʻlib ishlagan. U 1992-yilda China Business Times gazetasiga xalqaro muharrir sifatida qoʻshildi va 1995-yilda shu gazetada bosh muxbir boʻldi, 1998-yilda Caijing jurnalini tashkil etish uchun isteʼfoga chiqdi. Bundan tashqari, Hu 2001-yilda Feniks TVda moliyaviy yangiliklar boʻlimi boshligʻi boʻlib ishladi.

U bir qancha kitoblar ham yozgan, masalan, „ Yangi moliyaviy vaqt“, "Islohotlarda romantika yo‘q „ va “Amerika gazetalari ortidagi sahnalar" kitoblari shular jumlasidandir. U BusinessWeek jurnalining „Osiyo yulduzlari: 50 ta yetakchi o‘zgarishlarning boshida“ reytingiga kiritilgan.[4] 2006-yilda Xu Financial Times tomonidan Xitoydagi eng kuchli sharhlovchilardan biri deb tan olindi va The Wall Street Journal uni Osiyodagi „Koʻrish kerak boʻlgan oʻn ayol“ qatoriga kiritdi.

U 1994-yilda Stenfordda ritsar jurnalistika stipendiat boʻlgan.[5] U World Press Review tomonidan 2003-yil Xalqaro Yil muharriri[6] va 2007-yilda Garvard universitetidagi Nieman jamgʻarmasi tomonidan jurnalistikada vijdon va halollik uchun Lui Lion mukofoti bilan taqdirlangan.[7] U 2012-yilda Missuri jurnalistika maktabi tomonidan Jurnalistikada ko‘rsatgan xizmatlari uchun Missuri faxriy medali bilan taqdirlangan. U Forbes jurnalida biznesdagi muvaffaqiyati va taʼsiri uchun „2013-yil ayollari“ ning eng yaxshi 50 taligiga kiritildi.

AQShning " Foreign Policy " jurnali uni 2008-yil may oyida Noam Chomskiy, Umberto Eko va Salmon Rushdi kabilar bilan[8] bir qatorda dunyodagi eng yaxshi 100 ta jamoat ziyolilaridan biri deb eʼtirof etdi.

U 1998 yilda Caijing[sayt ishlamaydi] jurnaliga asos soldi. 2009-yil noyabr oyida Hu Shuli, Dafne Vu Chuanxui va biznes boʻlimining 70 ga yaqin xodimi isteʼfoga chiqqanidan bir necha hafta oʻtgach, Caijing jurnalistlarining 90 foizi bilan birga Caijingdan isteʼfoga chiqdi[9] va yangi media guruhini yaratdi. Bu Caixin Media edi. Hu Caixin Medianing bosh muharriri boʻldi[10] Vaziyatni kuzatar ekan, Dayan Vakka „Oʻzgarish uchun ayollar ovozi“da xitoylik bloger Xesaytoudan iqtibos keltirdi: "Uning pichogʻida qon bor, kiyimidan porox hidi bor.[11]

Mukofotlar

tahrir

2001-yilda BusinessWeek jurnalida „Osiyoning ellik yulduzi“ dan biri sifatida qayd etildi.

2003-yilda World Press Review tomonidan yilning eng yaxshi xalqaro muharriri deb topildi.

2006-yilda Hu Shuli Financial Times tomonidan Xitoyning eng kuchli sharhlovchisi deb tan olindi va The Wall Street Journal uni Osiyodagi koʻrish kerak boʻlgan oʻnta ayoldan biri sifatida tilga oldi.

2007-yilda u Garvard universitetidagi Nieman jamgʻarmasi tomonidan jurnalistikada vijdon va halollik uchun Lui Lion mukofotiga loyiq koʻrildi.

2009-va 2010-yillarda Foreign Policy jurnali tomonidan ikki marta Top 100 global mutafakkirlar roʻyxatiga kiritildi.

2011-yilda u Tayvanning Xsing Yun jurnalistika mukofotiga sazovor boʻldi.

2011-yilda uning rahbarligidagi Caixin tahririyat jamoasi Stenford universitetining Shorenshteyn jurnalistika mukofotini qoʻlga kiritdi.

2011-yilda Hu Shuli Time jurnali tomonidan yilning eng nufuzli 100 kishisi roʻyxatiga kiritilgan.

2012-yilda Jurnalistikadagi yuqori xizmatlari uchun Missuri faxriy medali bilan taqdirlangan .

2014-yilda Ramon Magsaysay mukofotiga loyiq koʻrildi.

2016-yilda u Prinston universitetining faxriy doktori unvoni bilan taqdirlandi.[12]

2017-yilda Hu Shuli Fortune tomonidan dunyoning eng buyuk yetakchilaridan biri deb topildi.[13]

Manbalar:

tahrir
  1. Barboza, David. „Pioneering Editor Takes Over New Magazine in China“. The New York Times (2009-yil 31-dekabr). Qaraldi: 2010-yil 14-yanvar.
  2. „校友讲坛第十五期 | 财新传媒创始人胡舒立:新闻付费阅读“. Sohu. 2019-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  3. Kirk A. Denton, Modern Chinese Literary Thought: Writings on Literature, 1893-1945 (Stanford University Press, 1996: ISBN 0-8047-2559-4), p. 500.
  4. Clifford, Mark L. „The Stars of Asia“. BusinessWeek (2001-yil 2-iyul). 2010-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 14-yanvar.
  5. „China's Changing Media Landscape“. China's Media Landscape.
  6. {{Cite press release}} andozasidan foydalanishda title parametri belgilanishi kerak.
  7. {{Cite press release}} andozasidan foydalanishda title parametri belgilanishi kerak.
  8. „The Top 100 Public Intellectuals--the Final Rankings“. Foreign Policy (2008-yil iyun). Qaraldi: 2010-yil 14-yanvar.
  9. Hu Yinan. „Caijing Magazine rocked by resignations“. China Daily (2009-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 2010-yil 2-yanvar.
  10. Ansfield, Jonathan. „Editor Departs China Magazine After High-Profile Tussle“. The New York Times (2009-yil 9-noyabr). Qaraldi: 2010-yil 2-yanvar.
  11. Vacca, Diane. „Journalist Flouts Beijing, Part 2: "She's got blood on her blade and her clothing smells of gunpowder"“. Women's Voices for Change (2009-yil 15-dekabr). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  12. „Princeton awards six honorary degrees“.
  13. „Archived copy“. 2019-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-mart.

Havolalar

tahrir