Husnbonu G‘azanfar
Husnbonu Gʻazanfar (dariycha: حسن بانو غضنفر), (1957-yil 1-fevralda tugʻilgan) — afgʻon siyosatchisi, avval Ayollar masalari vaziri boʻlib ishlagan. U, shuningdek, yozuvchi, shoir va notiq.
Husnbonu Gʻazanfar | |
---|---|
حسن بانو غضنفر | |
Husnbonu Gʻazanfar, 2011-yil fevral | |
Ayollar masalalari vaziri | |
Mansab davri 2006-yil iyul – 2015-yil | |
Prezident | Hamid Karzay |
Oʻtmishdoshi | Maʼsuda Jalol |
Vorisi | Dilbar Nazariy |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1-fevral 1957-yil Balx viloyati, Afgʻoniston |
Fuqaroligi | Afgʻoniston |
Millati | oʻzbek |
Dastlabki hayoti va taʼlimi
tahrirAbdulgʻafarning qizi Gʻazanfar 1957-yil 1-fevralda Balx viloyatida tugʻilgan. U Mozori-Sharifdagi Sulton Roziya nomidagi o‘rta maktabni tamomlagan va Stavropolda adabiyot va sotsiologiya bo‘yicha bakalavr va magistr darajasini olgan. Taxminan 1983-yilda u Kobul universitetining adabiyot fakulteti dasturiga jalb qilingan. Taxminan ikki yil oʻtgach, u filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga bordi. Etnik oʻzbek[1], dariy (fors), pushtu, oʻzbek, rus tillarini mukammal biladi, turk va ingliz tillarini esa bir oz biladi[2].
Karyerasi
tahrir2003-yilda Adabiyot fakulteti mudiri etib tayinlandi. 2006-yil iyul oyida Gʻazanfar Afgʻoniston Milliy Assambleyasidan (parlament) Ayollar ishlari vaziri boʻlish uchun ishonch ovozini oldi.
G‘azanfar quyidagi lavozimlarda ham ishlagan:
- Oliy taʼlim vazirligi Oliy Kengashi aʼzosi
- Speranto Xalqaro Ayollar Uyushmasi aʼzosi
- Turkiyzabon xalqaro uyushmasi aʼzosi
- Hakim Nosir Xisro Balxiy uyushmasi boshqaruv kengashi aʼzosi.
Bir qator ilmiy maqola va esselar yozgan, ular respublika va xalqaro gazetalarda chop etilgan. G‘azanfar, shuningdek, shoira va adabiy asarlar yozadi, uning kitoblari "Inson taqdiri", "XXI asrdagi yirtqichlar", „Goʻzallik va jozibadorlik sirlari“. Oʻzini anglash kitobi u tomonidan tarjima qilingan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Afghan Government 2009“. Markaziy Razvedka Boshqarmasi (MRB) (2009-yil 28-sentyabr). 2011-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 10-iyul.
- ↑ Ghazanfar, Professor. Dr. Husn Bano Banu
Tashqi havolalar
tahrir- Doktor Husnbonu Gʻazanfarning tarjimai holi (Wayback Machine saytida 2011-05-03 sanasida arxivlangan)
Oʻtmishdoshi: Maʼsuda Jalol |
Ayollar masalalari vaziri 2006-yil iyul–2015 |
Vorisi: Dilbar Nazariy |