Ibn ar-Rumiy
Ali ibn al-Abbos ibn Jurayj, Ibn ar-Rumiy (arab. عبن الرومي; 836 yil 21 iyun, Bag‘dod — 896 yil 14 iyun, o‘sha yerda) — arab shoiri va yozuvchisi.Al-Buxturiyning zamondoshi shoir Ibn ar-Rumiyning taqdiri fojiali bo‘lgan. U Bag‘dodda tug‘ilgan va hayotining katta qismini o‘sha yerda o‘tkazgan. Shoirning otasi yunon, onasi fors bo‘lgan. Tabiiy qobiliyatlari bo‘lg‘usi shoirga bolaligidayoq yunon falsafasi, matematika sohasida keng miqyosli bilimga ega bo‘lish hamda islom ilohiyoti va arab tilini chuqur o‘rganishda yordam beradi. Ma’lumotlilik shoirni butun hayoti davomida unga hamrohlik qilgan qayg‘u va mahrumliklardan asramadi.
Ibn ar-Rumiy «qadimgi davrga qaytish» harakatining tarafdori bo‘lmagan. U Bashar ibn Burda yoki Abu Nuvas singari ushbu yo‘nalishlarning faol dushmani ham bo‘lmagan. U sof adabiy masalalarda betaraf bo‘lsa-da, siyosiy kurashda mavlya tarafida turgan.
Shoirning saroy a’yonlariga salbiy munosabati sir bo‘lmagan va uni na xalifalar, na uning yaqinlari qo‘llab-quvvatlamaganlar. Uning badiiy jihatdan o‘rtacha darajadagi og‘ir an’anaviy madhiyalari, homiy yetarlicha saxiy bo‘lmagani aniqlangan zahoti, darhol yuqori martabali homiyga qarshi o‘tkir hajviyalar bilan almashgan.
Shoirning shialarga xayrixohligi, arab aristokratiyasidan nafratlanishi va zaharxandaligi uning hayotiga zomin bo‘ldi. Xalifa al-Mu’tadidning buyrug‘i bilan shoir zaharlab o‘ldirildi.
Arablar Ibn ar-Rumiyning hajviya bobidagi iste’dodini yuksak baholaydilar va satirik sifatida uni hattoki al-Hutey’i, al-Farazdak va Jarirdan ham ustun qo‘yadilar. U ayniqsa epigrammalar borasida muvaffaqiyat qozongan. Ularda shoir insondagi xunuklik, baxillik, nodonlik kabi nuqsonlar ustidan kulgan.
Ibn ar-Rumiy peyzaj lirikasining buyuk ustasi bo‘lgan. Tabiat shoirning nafaqt ijodiy kuchini uyg‘otgan, balki turmushdagi ranj-alamlar vaqtida tabiatdan taskin topgan. Shoir tabiatni ongli kuch sifatida idrok etgan, uni jonli obrazlar orqali ifodalashdan foydalangan, ko‘pincha inson hayotini tabiatdagi hodisalarga qiyoslagan. Ar-Rumiy noyob tasviriy iste’dodga ega bo‘lgan. Uning badiiy tasvirlari (zarisovki s naturoy) (...jarayonlarini, harakatlarni, tabiat go‘zalliklarini, turli-tuman hodisalarni tavsiflashi) shoirning nihoyatda kuzatuvchanligidan, tasvirlanayotgan narsalarning shakli va rangini his qila olishidan dalolat beradi.
Zamondoshlari bo‘lgan va o‘z she’rlarini atayin murakkablashtirgan hamda fikrlarini har doim ham tushunarli bo‘lmagan shamalar bilan ifodalagan boshqa shoirlardan (Abu Tammamdan) farqli o‘laroq, Ibn ar-Rumiy aniq-ravshanlik va batafsillikka intilgan. U o‘z zamonidagi boshqa shoirlar kabi har bir baytning an’anaviy ma’no mustaqilligidan voz kechgan. Bu esa qasidaning ifodalash imkoniyatlarini kengaytirgan va unga mazmuniy yaxlitlik bag‘ishlagan.
Adabiyotlar
tahrir- Ибн ар-Руми (БРЭ).
- Ибн ар-Руми // Большая советская энциклопедия : [в 30 т.] / гл. ред. А. М. Прохоров. — 3-е изд. — М. : Советская энциклопедия, 1969—1978.
- аль-Фахури Х., История арабской литературы, т. 2, М., 1961.
- Gruendler, Beatrice. Medieval Arabic Praise Poetry: Ibn Al-Rūmī and the Patron's Redemption (англ.). — Routledge, 2003. — ISBN 0-7007-1490-1.
- Said Boustany (1967): Ibn ar-Rūmī. Sa vie et son oeuvre. I. Ibn ar-Rūmī dans son milieu. Beirut, 1967.
- Julius Germanus (1956): «Ibn-Rūmī's Dichtkunst», en Acta Orientalia (Academiae Scientiarum Hungaricae) 6, pp. 215–286.
- Beatrice Gruendler (2002): Medieval Arabic Praise Poetry. Ibn Al-Rumi and the Patron’s Redemption. — Routledge, Londres, 2002, pp. 42–47. ISBN 978-0-7007-1490-2
- Rhuvon Guest (1944): Life and Works of Ibn er Rûmî (…), A Baghdad Poet of the 9th Century of the Christian Era. His Life and Poetry. Londres, 1944.
- Hugh Kennedy (2004): La corte de los califas. — Crítica, Barcelona, 2008. ISBN 978-84-8432-974-9
- Geert Jan van Gelder (1998): «Ibn al-Rūmī», en Julie Scott Meisami y Paul Starkey (eds.): Encyclopedia of Arabic Literature. — Routledge, Londres, 1998, p. 364. ISBN 0-415-18571-8
- Ali A. el-Huni. The Poetry of Ibn al-Rumi (PhD thesis, Glasgow Univ., 1996).
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |