Ibrohim surasi
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Ibrohim surasi (arabcha: سورة إبراهيم, nomining maʼnosi — Ibrohim (nom)[8][9]) — Qurʼonning 14-surasi. Makkiy suralardan biri, 52 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 255–261[10]-sahifasida va 13-juzida joylashgan. 72-boʻlib nozil boʻlgan.
Ibrohim surasi — سورة إبراهيم | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Suraning arabcha matni | |||||||||||||
Nomining maʼnosi | Ibrohim (nom)[1][2] | ||||||||||||
Tasnifi | Makkiy sura[3] | ||||||||||||
Statistika | |||||||||||||
Sahifasi | 255–261[4] | ||||||||||||
Juz | 13 | ||||||||||||
Sura raqami | 14 | ||||||||||||
Oyatlar soni | 52 | ||||||||||||
Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
Rukuʼlar soni | 7[5] | ||||||||||||
Muqattaot harflari | Alif, lom, ro.[6] | ||||||||||||
Soʻzlar soni | 831 | ||||||||||||
Harflar soni | 3461 | ||||||||||||
Nozil boʻlish tartibi | 72[7] | ||||||||||||
| |||||||||||||
Arabcha matni |
ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
Tarjimalari |
QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Asosiy maʼnosi
tahrirBu surada ham Makka suralarining aksarisida boʻlgani kabi eʼtiqod, vahiy, tavhid — Allohning birligiga iymon keltirish, qayta tirilish va xususan qiyomat kunida boʻladigan hisob-kitob va jazo-mukofot toʻgʻrilarida batafsil soʻz yurtiladi.
Sura paygʻambarlar zimmasiga yuklatilgan vazifa insoniyatni zulmatlardan nurga olib chiqish ekanini bayon etuvchi oyat bilan boshlanadi. Bu bilan birinchidan, hayotda zulmatlar – egri-notoʻgʻri yoʻllar koʻp, nur — haqiqat yoʻli esa tanho boʻlishi bayon qilinsa, ikkinchidan, oʻsha yagona nurga faqat paygʻambarlar — Allohning elchilariga nozil boʻlgan vahiy vositasidagina yetish mumkinligi uqtiriladi. Yana bu suradan Muso paygʻambarning oʻz qavmi bilan boʻlgan muloqotlaridan biri haqidagi oyatlar ham joy olgandir.
Suraning «Ibrohim» deb atilishiga sabab unda paygʻambarlar otasi Ibrohim alayhis-salomning Makkaga kelishlari va u yerda Tangri taologa qilgan duo-iltijolari xususida mufassal hikoya qilinganidir.
Manbalar
tahrir- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼondan koʻrilgan.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
IBROHIM SURASI (Wayback Machine saytida 2012-06-30 sanasida arxivlangan)
Keyingisi: Hijr surasi | 14-sura — arabcha matni | Oldingisi: Raʼd surasi |